VI. Davlat korxonasining filiallari va vakolatxonalari
Oldingi tahrirga qarang.
21. Davlat korxonasi muassis bilan kelishuv bo‘yicha, qonunchilik talablariga rioya qilgan holda filiallar tashkil etishi va vakolatxonalar ochishi mumkin.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Filial yoki vakolatxona tashkil etilgandan keyin bir hafta muddatda davlat korxonasi bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasining Davlat aktivlarini boshqarish agentligini (uning hududiy organini) xabardor qilishi shart.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
22. Davlat korxonasining filiallari va vakolatxonalari ularni tashkil etgan davlat korxonasi nomidan, davlat korxonasi tomonidan tasdiqlangan nizomlar asosida faoliyat ko‘rsatadi va uni tashkil etgan davlat korxonasi mulkiga ega bo‘ladi.
23. Davlat korxonasi filiali yoki vakolatxonasi rahbari davlat korxonasining rahbari tomonidan muassis bilan kelishgan holda tayinlanadi va uning ishonchnomasi asosida faoliyat ko‘rsatadi. Filial yoki vakolatxona rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi to‘xtatilgan taqdirda ishonchnoma davlat korxonasi rahbari tomonidan bekor qilinishi kerak.
VII. Davlat korxonasining foydasi
Oldingi tahrirga qarang.
24. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga barcha soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan, shuningdek, davlat korxonasining sof foydasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va muassisga ajratmalardan keyin davlat korxonasida qoladigan sof foyda korxona ixtiyorida qoladi va undan muassisning qaroriga binoan foydalaniladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
25. Davlat korxonasi o‘z ixtiyorida qoladigan sof foyda hisobiga korxona ustavida nazarda tutilgan tartibda va muassis tomonidan tasdiqlanadigan miqdorlarda zaxira fondi va boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |