VIII. Davlat korxonasining javobgarligi
26. Davlat korxonasi o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis korxona mulki yetarli bo‘lmaganda davlat korxonasi majburiyatlari bo‘yicha subsidiar tartibda javob beradi.
27. Davlat korxonasi muassisning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
28. Davlat korxonasining filiali va vakolatxonasi majburiyatlari bo‘yicha ularni tashkil etgan davlat korxonasi javob beradi.
IX. Davlat korxonasi faoliyatini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
29. Davlat korxonasi hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliyaviy hisobotni va ro‘yxati qonunchilikda belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning belgilangan tartibda davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Davlat korxonasi faoliyatini xo‘jalik yurituvchi organ sifatida nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda muassis va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
X. Davlat korxonasini qayta tashkil etish va tugatish
Oldingi tahrirga qarang.
31. Davlat korxonasi muassis qaroriga ko‘ra, tegishli ravishda Davlat aktivlarini boshqarish agentligis yoki uning hududiy boshqarmasi bilan kelishgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda yoxud sud qaroriga binoan qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qaroriga
2-ILOVA
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.04.00 Majburiy audit]
Do'stlaringiz bilan baham: |