Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida


V. Davlat korxonasi rahbarining majburiyatlari va javobgarligi


Download 0.95 Mb.
bet7/29
Sana13.05.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1457123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
215 16.10.2006 davlat korxonasi

V. Davlat korxonasi rahbarining majburiyatlari va javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
18. Davlat korxonasi rahbari davlat korxonasining yakka ijro etuvchi organi hisoblanadi va korxona oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini tashkil etadi, korxona nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko‘rsatadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi, davlat korxonasi nomidan bitishuvlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi, xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalarini tuzadi, o‘zgartiradi va to‘xtatadi, buyruqlar chiqaradi, qonunchilikda belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Davlat korxonasi xodimlarining shtat bo‘yicha soni va ularning ish haqi miqdorlari rahbar tomonidan muassis bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Davlat korxonasi rahbari muassis va kuzatuv kengashi oldida korxona ustavida belgilangan tartibda korxona faoliyati to‘g‘risida hisob beradi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/619/0968-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Davlat korxonasining rahbari o‘z huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda davlat korxonasi manfaatlarini ko‘zlab harakat qilishi kerak hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlarning, ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi, mehnat huquqlari va munosabatlaridan hamda ularga tenglashtirilgan to‘lovlardan kelib chiqadigan barcha talablarning qondirilishi, ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlar uchun pul mablag‘larining o‘tkazilmaganligi, o‘zining harakati (harakatsizligi) tufayli, shu jumladan korxonaga berilgan davlat mulki yo‘qolgan taqdirda davlat korxonasiga yetkazilgan zararlar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling