Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida


VII. Ichki audit xizmatining javobgarligi


Download 0.95 Mb.
bet15/29
Sana13.05.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1457123
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
215 16.10.2006 davlat korxonasi

VII. Ichki audit xizmatining javobgarligi
22. Ichki audit xizmati xodimlari:
o‘zlari o‘tkazgan tekshirishlar natijalari buzib ko‘rsatilganligi;
ularga taqdim etilgan yoki ular tomonidan xizmat vazifalarining bajarilishi munosabati bilan ularga ma’lum bo‘lgan korxonaning sirini tashkil etadigan axborotning maxfiyligiga rioya qilinmaganligi;
olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishi ta’minlanishi uchun javob beradilar.
23. Ichki audit xizmati auditorlik tekshirishlari davomida aniqlangan qonunni buzishlarni bartaraf etish va korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlarga baho berilishi uchun javob beradi.
24. Korxonaning kuzatuvchi kengashi har chorakda ichki audit xizmatining tekshirishlar natijalari to‘g‘risidagi hisobotini eshitadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi.
Oldingi tahrirga qarang.
241. Korxonaning kuzatuv kengashi ichki audit xizmati xodimlarini tanlov asosida tayinlaydi, shuningdek, auditorlik yoki nazorat qiluvchi organlar tekshiruvida ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati bilan bog‘liq kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ularning vakolatini muddatidan oldin tugatadi.
(241-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 538-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/538/0862-son — 2022-yil 30-dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
242. Auditor yoki nazorat qiluvchi organlar tekshiruvi natijasiga ko‘ra aniqlangan korxona ichki audit xizmati faoliyati bilan bog‘liq kamchiliklar ichki audit xizmati xodimlari (xodimi) vakolatini muddatidan oldin tugatishga olib keladi.
(242-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 619-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/619/0968-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qaroriga
3-ILOVA
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.23.00 Mol-mulkni ishonchli boshqarish]


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling