Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 0.95 Mb.
bet18/29
Sana13.05.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1457123
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
215 16.10.2006 davlat korxonasi

(14-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
xo‘jalik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha, ish haqi bo‘yicha qarzdorlik paydo bo‘lganda, shuningdek ketma-ket ikki chorak mobaynida biznes-reja parametrlari bajarilmaganda jamiyatning kuzatuvchi kengashiga ijro etuvchi organ rahbarining ishlarini baholash hamda u bilan mehnat munosabatlarini davom ettirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilish uchun aksiyadorlar (qatnashchilar)ning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish masalasini kiritish;
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
davlat aktivlarini hech bir shaklda begonalashtirmaslik, boshqa shaxslarning majburiyatlarini biriktirmaslik va ulardan garov sifatida foydalanmaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyat muassisi (qatnashchisi) bo‘lgan yuridik shaxslarning ustav fondlarida qatnashish (ta’sis etish), ularni tugatish, qayta tashkil etish bo‘yicha jamiyatning niyatlari, shuningdek jamiyatning moliya-xo‘jalik holati, boshlanishi jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini yomonlashtirishi va davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan voqealar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazini xabardor qilish;
(14-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq berilgan topshiriqlari va ko‘rsatmalarini bajarish;
(14-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyatning kuzatuvchi kengashi va qatnashchilarning umumiy yig‘ilishi ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan masalalar bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda ovoz berish siyosatini O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi bilan kelishish;
(14-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
unga ishonchli boshqaruvga berilgan aksiyalar paketlari begonalashtirilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining bildirishnomasi olinganda ikki ish kuni mobaynida uni O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining “depo” hisob raqamiga o‘tkazish;
(14-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qayta tashkil etish kunida o‘zining qayta tashkil etilishi fakti to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazini xabardor qilish;

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling