Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida


V. Markazning huquq va majburiyatlari


Download 0.95 Mb.
bet26/29
Sana13.05.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1457123
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
215 16.10.2006 davlat korxonasi


V. Markazning huquq va majburiyatlari


9. Markaz quyidagi huquqlarga ega:

Ishonchli boshqaruvchidan ushbu Shartnomada va amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan muddatlarda Jamiyat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hisobotlarni olish;

Ishonchli boshqaruvchiga Shartnoma shartlarining bajarilishi, Foyda oluvchi uchun noqulay oqibatlarni bartaraf etish, shuningdek ushbu Shartnomaning shartlari buzilgan taqdirda moddiy zararni va boy berilgan foydani qoplash bo‘yicha talablar qo‘yish, agar Ishonchli boshqaruvchi yoki uning ishonchli vakili tomonidan ushbu zararlar bartaraf etib bo‘lmaydigan kuchlar oqibatida ro‘y berganligi isbotlanmasa.

10. Markaz quyidagilarga majbur:

ushbu ishonchli boshqaruv Shartnomasining zarur darajada bajarilishi bo‘yicha monitoringni amalga oshirish;

Ishonchli boshqaruvchi faoliyatiga Markazga Davlat mulkini boshqarish bo‘yicha berilgan huquqlarga muvofiq ko‘maklashish;

Ishonchli boshqaruvchiga qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rsatmalar yuborish;

Ishonchli boshqaruvchini ushbu Shartnomaga muvofiq va qonunchilikda belgilangan tartibda taqdirlash;

Ishonchli boshqaruvchini davlatga tegishli ____________________________ ni begonalashtirish

(aksiyalar paketi yoki ulush)

to‘g‘risida belgilangan tartibda qabul qilingan qaror (oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligi yoki davlatga tegishli ________________________ni boshqa korxona ustav fondiga berish to‘g‘risida

(aksiyalar paketi yoki ulush)

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining buyrug‘i chiqarilganligi) haqida qaror qabul qilingandan keyin bir hafta muddatda xabardor qilish.


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling