Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida


IV. Ishonchli boshqaruvchining huquq va majburiyatlari


Download 0.95 Mb.
bet25/29
Sana13.05.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1457123
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
215 16.10.2006 davlat korxonasi

IV. Ishonchli boshqaruvchining huquq va majburiyatlari

7. Ishonchli boshqaruvchi quyidagi huquqlarga ega:

O‘zbekiston Respublikasi qonunchilikka va mazkur Shartnoma shartlariga muvofiq ishonchli boshqarish uchun olingan davlatga tegishli ___________________ ga

(aksiyalar paketi yoki ulush)

nisbatan barcha yuridik va amaliy harakatlarni amalga oshirish, begonalashtirish va undan garov sifatida foydalanish bundan mustasno;

unga ishonchli boshqaruvga berilgan ___________________________ ga muvofiq Jamiyatning Kuzatuv

(aksiyalar paketi yoki ulush)

kengashi a’zosi va qatnashchisi sifatida o‘zining barcha vakolatlaridan foydalanish;

mazkur Shartnoma shartl�riga va qonunchilikka muvofiq taqdirlanish, davlat aktivlarini ishonchli boshqarishni amalga oshiruvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bundan mustasno.

8. Ishonchli boshqaruvchi quyidagilarga majbur:

mazkur davlatga tegishli ___________________________ni ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq

(aksiyalar paketi yoki ulush)

Jamiyatda Foyda oluvchining manfaatlarini ifodalash;

ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, foyda hajmini ko‘paytirish va uni taqsimlashda davlatning manfaatlariga rioya qilgan holda davlatga tegishli ________________________ miqdori bilan

(aksiyalar paketi yoki ulush)

beriladigan huquqlar doirasida va amaldagi qonunchilikka muvofiq harakatlarni amalga oshirish;

Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini yaxshilashga va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari, ish haqi va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha uning qarzdorligi paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltirilgan yagona strategiyani amalga oshirish;

ijro etuvchi organning faoliyati ustidan zarur nazoratni ta’minlash, uning tomonidan biznes-reja parametrla�i bajarilishi, Jamiyatning moliyaviy resurslaridan oqilona foydalanish, davlatga tegishli _________________________________ bo‘yicha hisoblangan dividendlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘z

(aksiyalar paketi yoki ulush)

(aksiyalar paketi yoki ulush) vaqtida to‘lash yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rish;

davlatga tegishli ______________________________ga nisbatan davlatning manfaatlari(huquqlari)

(aksiyalar paketi yoki ulush)

buzilishini bartaraf etishni talab qilish, Jamiyatni boshqaruv organlariga yoki sudga murojaat qilish yo‘li bilan davlatning manfaatlari buzilishini bartaraf etishga yo‘naltirilgan harakatlarni amalga oshirish;

mahsulotning turlari kengayishiga va sifati yaxshilanishiga ko‘maklashish;

raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarilishini ta’minlash uchun ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiya asbob-uskunalari va texnologiyalar asosida rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash uchun investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlarini ko‘rish;

xo‘jalik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha, ish haqi bo‘yicha qarzdorlik paydo bo‘lganda, shuningdek ketma-ket ikki chorak mo�aynida biznes-reja parametrlari bajarilmaganda jamiyatning kuzatuvchi kengashiga ijro etuvchi organ rahbarining ishlarini baholash hamda u bilan mehnat munosabatlarini davom ettirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilish uchun aksiyadorlar (qatnashchilar)ning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish masalasini kiritish;

davlatga tegishli ___________________________________ni hech bir shaklda

(aksiyalar paketi yoki ulush)

begonalashtirmaslik, unga boshqa shaxslarning majburiyatlarini yuklamaslik va undan garov sifatida foydalanmaslik;

aksiyadorlar (muassislar) umumiy yig‘ilishining qarori bilan rekonstruksiya qilishga, texnika bilan qayta jihozlashga, ishlab chiqarish, xo‘jalik faoliyatini rivojlantirishga va boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga yo‘naltirilgan sof foydaning bir qismidan maqsadli foydalanilishi ustidan monitoring olib borilishini ta’minlash;

yuridik shaxslarning ustav fondlarida qatnashish (ta’sis etish) bo‘yicha Jamiyatning niyatlari, Jamiyat muassisi (qatnashchisi) bo‘lgan yuridik shaxslarning tugatilishi, qayta tashkil etilishi, shuningdek Jamiyatning moliya-xo‘jalik holati, boshlanishi Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyati yomonlashishiga va davlat manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan hodisalar to‘g‘risida Markazni xabardor qilish;

Markazning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq berilgan topshiriqlari va ko‘rsatmalarini bajarish;

Jamiyatning kuzatuv kengashi va qatnashchilarining umumiy yig‘ilishi ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan masalalar bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda ovoz berish siyosatini Markaz bilan kelishish;

unga ishonchli boshqaruvga berilgan aksiyalar paketi begonalashtirilganligi to‘g‘risida Markaz bildirishnomasi olingandan keyin ikki ish kunida aksiyalar paketini Markazning “depo” hisob raqamiga o‘tkazish;

o‘zining qayta tashkil etilishi fakti to‘g‘risida qayta tashkil etish kunida Markazni xabardor qilish. Markaz huquqiy voris bilan ishonchli boshqarish shartnomasini tuzishni rad etganda davlatga tegishli aksiyalar paketi ikki kun muddatda Markazga qaytarilishi kerak;

o‘ziga yuklangan vakolatlarni amalga oshirishda unga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik va ulardan davlat manfaatlariga zid maqsadlarda foydalanmaslik;

Markaz bilan kelishmasdan Jamiyatning boshqaruv organlarida boshqa aksiyadorlar (muassislar)ning manfaatlarini ifodalamaslik;

har chorakda Markazga Markaz tomonidan belgilangan tartibda, muddatlarda va shakl bo‘yicha hisobot taqdim etish.


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling