Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Download 0.95 Mb.
|
215 16.10.2006 davlat korxonasi
(14-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi huquqiy voris bilan ishonchli boshqaruv shartnomasini tuzishni rad etgan taqdirda davlatga tegishli aksiyalar paketi ikki kun muddatda O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markaziga qaytarilishi kerak; (14-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda) unga yuklangan vakolatlarni amalga oshirish chog‘ida unga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik va ulardan davlat manfaatlariga zid bo‘lgan maqsadlarda foydalanmaslik; Oldingi tahrirga qarang. har chorakda O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi tomonidan belgilanadigan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markaziga hisobot taqdim etish; (14-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda) Oldingi tahrirga qarang. 15. Ishonchli boshqaruvchi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi bilan kelishmasdan xo‘jalik jamiyatining boshqaruv organlarida boshqa qatnashchilarning vakili bo‘lishi mumkin emas. (15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda) Oldingi tahrirga qarang. IV. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining huquq va majburiyatlari (IV bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda) Oldingi tahrirga qarang. 16. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi quyidagi huquqlarga ega: (16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda) Oldingi tahrirga qarang. amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan muddatlarda davlat aktivi ishonchli boshqaruvga berilgan korxona faoliyati to‘g‘risida ishonchli boshqaruvchidan ma’lumotlar va hisobotlar olish; (16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) ishonchli boshqaruvchiga shartnoma shartlarini bajarish, foyda oluvchi — davlat uchun noxush oqibatlarni bartaraf etish, shuningdek agar ishonchli boshqaruvchi yoki uning ishonchli vakili tomonidan ushbu zararlar yengib bo‘lmaydigan kuch oqibatida yuz berganligi isbot qilinmasa, shartnoma shartlari buzilgan taqdirda moddiy zarar va boy berilgan foyda qoplanishi bo‘yicha talablar qo‘yish. Oldingi tahrirga qarang. 17. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi quyidagilarga majbur: (17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda) ishonchli boshqarish shartnomasi zarur darajada bajarilishi ustidan monitoring olib borish; uchinchi shaxslarning majburiyatlari biriktirilmagan va istalgan boshqa usul bilan begonalashtirilmagan (doimiy ravishda yoki vaqtincha) davlat aktivini ishonchli boshqaruvga berish; Oldingi tahrirga qarang. davlat mulkini boshqarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markaziga berilgan huquqlarga muvofiq ishonchli boshqaruvchi faoliyatiga ko‘maklashish; (17-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda) Oldingi tahrirga qarang. qonunchilikda belgilangan tartibda ovoz berish siyosati bo‘yicha ishonchli boshqaruvchiga ko‘rsatmalar berish; (17-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. ishonchli boshqarish shartnomasiga va qonunchilikka muvofiq ishonchli boshqaruvchiga mukofot to‘lash; (17-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. davlat aktivlarini begonalashtirish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilinganligi to‘g‘risida (oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligi yoki Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining davlat aktivlarini boshqa korxonaning ustav fondiga berish to‘g‘risida buyrug‘i chiqarilganligi haqida) ishonchli boshqaruvchini bunday qaror qabul qilingandan keyin bir hafta muddatda xabardor qilish. (17-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda) Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling