Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
V. Ishonchli boshqaruvchi faoliyatini taqdirlash
Download 0.95 Mb.
|
215 16.10.2006 davlat korxonasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI. Tomonlarning javobgarligi
V. Ishonchli boshqaruvchi faoliyatini taqdirlash
Oldingi tahrirga qarang. 18. Ishonchli boshqaruvchiga boshqarish xizmatlari ko‘rsatganlik uchun taqdirlash puli asosiy va mukofot puli tarzida to‘lanadi. Ishonchli boshqaruvchiga asosiy taqdirlash puli choraklar bo‘yicha taqsimlagan holda yoki ular boshqaradigan aktivlardan olinadigan daromadga nisbatan foizlarda bir yil uchun yozilgan summada belgilanadi. Ishonchli boshqaruvchi oladigan asosiy taqdirlash pulining umumiy miqdori va xususiyatlari shartnomada belgilanadi. Ishonchli boshqaruvchiga mukofot puli yil natijalari bo‘yicha, shartnomaga muvofiq to‘lanadi. Oldingi tahrirga qarang. Ishonchli boshqaruvchi faoliyatini taqdirlash uning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Adliya vazirligi bilan birgalikda belgilanadigan tartib asosida davlat aktivlarini boshqarishi samaradorligiga bevosita bog‘liq holda amalga oshiriladi. (18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda) 19. Ishonchli boshqaruvchi o‘zi kuzatuvchi kengashi a’zosi bo‘lgan jamiyat mablag‘lari hisobiga qo‘shimcha ravishda taqdirlanishi mumkin. Ushbu holatda taqdirlash miqdori jamiyatning ichki normativ hujjatlari bilan belgilanadi. VI. Tomonlarning javobgarligi 20. Ishonchli boshqaruvchi: o‘ziga ishonib topshirilgan aktivlarning saqlanishi; Oldingi tahrirga qarang. agar ushbu zararlar yengib bo‘lmaydigan kuch yoxud O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining xatti-harakatlari oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, o‘z harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar; (20-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda) Oldingi tahrirga qarang. qonunchilikka muvofiq hisobot va axborotning o‘z vaqtida taqdim etilishi va ishonchliligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi. (20-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 21. Davlat aktivlarini ishonchli boshqarishda davlatning manfaatlari to‘g‘risida zarur tarzda g‘amxo‘rlik qilmagan ishonchli boshqaruvchi davlat aktivlarini ishonchli boshqarish vaqtida yetkazilgan zarar va boy berilgan foydani qonunda belgilangan tartibda davlatga to‘laydi. Oldingi tahrirga qarang. 22. Ishonchli boshqaruvchi (uning rahbari) va O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi o‘z majburiyatlari zarur tarzda bajarilmaganligi uchun amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda, quyidagi shakllarda javob beradi: (22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) ishonchli boshqarish shartnomasini muddatidan oldin to‘xtatish; o‘zlarining noto‘g‘ri xatti-harakatlari oqibatida yetkazilgan zararni qoplash (kompensatsiya qilish) (sud qaroriga ko‘ra); Oldingi tahrirga qarang. shartnoma intizomi buzilganligi uchun ishonchli boshqaruvchi va O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi mansabdor shaxslarining javobgarligi; (22-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda) Oldingi tahrirga qarang. javobgarlikning qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shakllari. (22-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling