Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida


IIII. Davlat korxonasi kuzatuv kengashining huquq va majburiyatlari


Download 0.95 Mb.
bet5/29
Sana13.05.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1457123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
215 16.10.2006 davlat korxonasi

IIII. Davlat korxonasi kuzatuv kengashining huquq va majburiyatlari
131. Davlat korxonasining kuzatuv kengashi korxonaning boshqaruv organi hisoblanadi va uning faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ushbu Nizom va korxonaning ustavi bilan muassis vakolati doirasiga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno.
132. Kuzatuv kengashi a’zolarining soni davlat korxonasi ustavi bilan belgilanib, uch kishidan kam bo‘lmasligi, shuningdek, umumiy soni toq sondan iborat bo‘lishi lozim.
Kuzatuv kengashi muassis tomonidan uch yil muddatga tayinlanadi.
133. Kuzatuv kengashi quyidagi vakolatlarga ega:
davlat korxonasi rahbarini tayinlash va lavozimdan ozod etish bo‘yicha takliflarni muassisga kiritish;
davlat korxonasi rahbari nomzodiga qo‘yiladigan malaka talablarini (ma’lumoti, tijorat, moliya va sohaviy tajriba hamda boshqalarni) belgilash;
davlat korxonasi rahbari o‘rinbosarlarini tayinlash va ularni lavozimdan ozod etish;
davlat korxonasining ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash, ichki audit xizmati xodimlarini tayinlash, ularni lavozimdan ozod etish;
davlat korxonasi rahbari va ichki nazorat organlarining, shu jumladan, korxona tomonidan amalga oshirilgan xaridlar to‘g‘risidagi hisobotini eshitish;
davlat korxonasi asosiy (ustavdagi) faoliyati bilan bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan shu’ba xo‘jalik jamiyatlari hamda filiallari (vakolatxonalari) faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqish;
davlat korxonasini boshqarish siyosatini tasdiqlash;
davlat korxonasining biznes-rejasini ma’qullash va tasdiqlash uchun muassisga kiritish hamda uning ijrosini nazorat qilish;
davlat korxonasining tashkiliy tuzilmasi, rivojlantirish dasturi, ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, auditorlik tashkilotini tanlash va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdori, boshqa yuridik shaxslardagi ishtiroki bo‘yicha takliflarni muassisga kiritish;
homiylik xayriyalari, shu jumladan pul mablag‘larini beg‘araz o‘tkazish (olish) to‘g‘risida muassis tomonidan va qonunchilikda belgilangan doirada qaror qabul qilish;
davlat korxonasining moliya-xo‘jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish (majburiy auditorlik tekshiruvi bundan mustasno), auditorlik tashkilotini belgilash, uning xizmatlariga to‘lanadigan haq miqdorini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilish;
davlat korxonasi moliyaviy hisobotlarini dastlabki tarzda tasdiqlash;
korporativ maslahatchi xizmatini tashkil etish, uning faoliyati tartibini belgilovchi nizomni tasdiqlash va korporativ maslahatchini tayinlash;
davlat korxonasi ustavi yoki muassisning qarori bilan belgilangan hollarda davlat korxonasi mol-mulkini olish yoki begonalashtirish bilan bog‘liq yirik bitimlar tuzish, bino va inshootlar (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan), shuningdek, davlat korxonasiga tegishli aksiyalarni (ulushlarni) begonalashtirish bilan bog‘liq bitimlar bundan mustasno;
korxona faoliyati bilan bog‘liq har qanday masalalar bo‘yicha hisobot, hujjatlar va ma’lumotlardan erkin foydalanish hamda kuzatuv kengashiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun ularni talab qilib olish;
davlat korxonasi ustavi va kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi nizomga hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish.
134. Kuzatuv kengashi vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar korxona rahbarining hal qilishi uchun berilishi mumkin emas.
135. Davlat korxonasining kuzatuv kengashi a’zosi unga yuklangan funksiyalarni bajarish uchun zarur vaqt ajratishi, o‘ziga yuklangan majburiyatlarni vijdonan bajarishi va qaror qabul qilishda davlat korxonasi manfaatlarini nazarda tutishi lozim.
Davlat korxonasining kuzatuv kengashi har chorakda ijro etuvchi organning korxona biznes-rejasining bajarilishi haqidagi hisobotini eshitib borishi hamda uni ijrosini nazorat qilishi kerak.
136. Kuzatuv kengashi a’zolari qonunchilik hujjatlariga muvofiq muassis oldida javob beradilar.
(IIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 619-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/619/0968-son)

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling