Manbashunoslik


«Ulusi arba’-yi Chingiziy»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

5.3.6. «Ulusi arba’-yi Chingiziy»
“ Ulusi arba’-yi Chingiziy” ( “ Chingiziylar to'rt ulusi” (tarixi) yoki 
“Tarixi arba’ ulus” ( “T o'rt ulus tarixi”) nomli asar asosiy mualliflaridan 
biri, uning yaratilish tashabbuskori XV asrda o'tgan buyuk olim, yirik 
davlat arbobi, Shohruh Mirzoning o'g'li M u h am m ad Tarag'ay Mirzo 
Ulug'bekdir. U 1394-yil 22-martda Amir Temurning Iroq va Ozarbayjonga 
qilgan navbatdagi besh yillik harbiy yurishi vaqtida Sultoniya shahrida, 
Eron O zarbayjonida tug'ilgan. A m ir T e m u r saroyida hukm surgan 
a n ’anaga ko'ra, shahzoda Sohibqironning katta xotini Saroymulk xonim
- Bibi xonimning tarbiyasiga topshiriladi. Oradan bir yil chamasi vaqt 
o'tgach, 1395-yili Amir T em ur Saroymulk xonim va nabirasini Shohruhga 
qo'shib Samarqandga jo'natadi.
1398-yili Ulug'bekka m ashhur qissaxon, shoir va olim, shayx O rif 
Ozariy (1382—1462) muallim etib tayinlandi va u dastlabki asosiy t a ’limni 
ana shu ajoyib insondan oldi. Shahzoda A m ir Tem urning bir qator harbiy 
harakatlarida, 1399— 1404-yillari Turkiya va Suriyaga qarshi o'tkazilgan 
yurishda, 1404— 1405-yili Xitoyga qarshi uyushtirilayotgan yurishda 
qatnashdi.
Amir T em ur 1405-yil 18-fevralda vafot etgach, M ovarounnahr taxtini
200


nabirasi Xalil Sulton zo'rlik bilan egallab oldi. Bu vaqtda U lug'b ek otasi 
Shohruh xizmatida bo'ldi. 1409-yili Xalil Sulton o ‘z amirlari tom o n id a n
asir o lin g ach , S h o h r u h X u ro s o n d a n M o v a r u n n a h rg a kelib, M irzo 
Ulug'bekni M ovaro u n n ah r va Turkiston hokimi etib tayinladi. U 1449- 
yilning 25-oktabrigacha bu mamlakatni boshqardi.
Mirzo Ulug'bek yirik davlat arbobi, sarkarda edi. Lekin, u buyuk 
olim va ilm -fan h a m d a m adaniyat homiysi sifatida tengi y o ‘q edi. 
S a m a r q a n d u n in g d a v r id a S h a rq n in g yirik i lm - fa n va m a d a n iy a t 
markazlaridan biriga aylandi.
Mirzo U lug'b ek ikki yirik asar yaratdi. Biri “ Ziji jadidi ko'ragoniy” 
( “ Ko'ragoniyning yangi astronom ik jadvali” ) bo'lib, 1437-yili yaratilgan 
kitobda ilmi nujum ning nazariy va amaliy masalalari qam rab olingan
o'sha davrdagi eng yuksak ilmiy jasorat hisoblangan.
Olimning ikkinchi asari “ Ulusi arba’-yi Chingiziy” bo'lib, unda X II I—
XIV asrlarda M o 'g 'u l imperiyasi tarkibiga kirgan m am la k a tla rn in g
ijtimoiy-siyosiy tarixi qisqa tarzda bayon etilgan. Kitob 1425-yildan keyin 
tugallangan.
“Tarixi arba’ ulus” m uq ad d im a va yetti bobdan iborat. M uqaddi- 
m ada o 'rta asrlarda tarixchilar o'rtasida hukm surgan a n ’anaga ko'ra, 
tangri taolo va uning elchisi M uh am m ad payg'am bar avlodlari sh a ’niga 
ay tilgan h a m d va n a ’t ( m a q to v la r ), O d a m a t o n i n g yaratilishi va 
islomiyatdan a w a l o 'tg a n payg'am barlar, turklarning afsonaviy o ta- 
bo b o lari h iso b la n g a n Yofas ibn N u h va un in g fa rza n d i T u rk x o n 
shuningdek, tu rk -m o 'g 'u l qabilalari va Chingizxon tarixi bayon etilgan.
I bobda Turkxon ibn Yofas va uning Turkiston zam inida podshohlik 
qilgan avlodi Abuljaxon, Dibokuyxon, Kuyukxon va boshqalar, tatar- 
m o'g'ul va turk qavmlari va ularning podshohlari tarixi bayon etilgan.
II bob tu rk -m o 'g 'u l xalqlarining afsonaviy onasi Alangkuva va undan 
tarqalgan avlod, yani podshohlar Buzunjon qoon, Buqoxon, Dutimenxon, 
Qobulxon va boshqalar tarixi bayonini o 'z ichiga oiadi.
Kitobning III bobida Chingizxon tarixi bayon etilgan.
IV bob Ulug' yurt, yani Mo'g'iliston va Shimoliy Xitoyda luikmronlik 
qilgan Chingizxon vorislari tarixiga bag'shlanadi.
V bob C hingizxonning to 'n g 'ic h o'g'li Jo'jixon naslidan bo'lgan 33 
xonning Dashti qipchoqdagi hukmromligi bayon etilgan.
VI bobda Elxoniylar, ya’ni Eron ham da Ozarbayjonning X I 11—XIV 
asrlardagi tarixidan balls yuritiladi.
VII bobda C hig'atoy ulusining, Koshg'ar, Yettisuv, M ovarounnahr, 
Shimoliy Afg'oniston hududidagi X III—XIV asrlardagi tarixi talqin etilgan.
201


Shuni h am aytish kerakki, muallif m azkur ulusda hukm ronlik qilgan har 
bir h u k m dorxon ustida qisqa va alohida-alohida to ‘xtalib, ularning davrida 
sodir b o ‘lgan voqealardan eng muhimlarini bayon etgan.
“Tarixi arba’ ulus” asarining ayrim qismlari, xususan uning t o ‘rtinchi 
qism i, k o ‘p j i h a t d a n S h a ra fu d d in Ali Y azdiyning “ M u q a d d im a y i 
Z a f a r n o r n a ”siga o ‘xshab ketadi. Lekin, U lu g ‘bek asari b i r m u n c h a
m ukam m aldir. Bundan tashqari, u n d a t o ‘rt ulus o'rtasidagi siyosiy 
munosabatlar, “o ‘zbek” etnonim ining kelib chiqish vaqti xususida ham 
qimmatli m a ’lumotlarni uchratamiz.
Ushbu kito b n in g faqat qisqartirilgan ta h ririn in g t o 'r t m o 't a b a r
q o ‘lyozmasi bizgacha yetib kelgan. Ularning ikkitasi Angliyada, bittasi 
Hindistonda va to'rtinchi nusxasi AQShda saqlanmoqda.
Mirzo Ulug‘bek tarixiy asarining inglizcha tarjimasi 1838-yili Mayls 
tom o n id a n Angliyada chop etilgan. 0 ‘zbekcha tarjimasi B.Ahmedov, 
M.H asaniy va N .Norqulovlar tom onida n bajarilib, 1994-yiIi Toshkcntda 
chop etildi.
“Tarixi arb a’ ulus” Markaziy Osiyo, 0 ‘zbekiston va O ozog‘istonning 
X III—XIV asrlardagi tarixini, ayniqsa Chig'atoy ulusi tarixini o'rganishda 
m uhim manbalardan biri vazifasini o ‘tashi mumkin.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling