Manbashunoslik
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
5.3. Fors tilidagi manbalar
5.3.1. «Zafarnoma» Mavlono N izom uddin Shomiy yoki mavlono N izom uddin Shanbiy, Shanbi G 'o z o n iy asli Tabrizning shimoli-g'arbiy tarafida, undan ikki mil masofada joylashgan joyda tug‘ilgan. Tarixchi “ Z afarnom a” asari bilan mashhur bo'lgan. U 1393-yili Amir Tem ur xizmatiga qabul qilingan, 1404-yilgacha u bilan bo'lib, sohibqironning harbiy yurishlarida voqeanavis va voiz mansabida ishtirok qilgan. 1402-yili Amir T em u r unga o'zining tarixini aniq va sodda tilda yozib berishni buyurgan. N izom uddin Shomiy bu asarni 1402— 1404-yillar orasida yozib tamomlagan. Asar jahongirning hokimiyat tepasiga kelishi (1370 yil.)dan to 1404-yilgacha bo'lgan voqealarni o 'z ichiga oladi. “ Z afarnom a” asari haqiqatan ham sodda tilda, ravon uslubda yozilgan, daliliy m a ’lumotlarga boy. Lekin, Am ir T em u r hayoti m azkur asarda birmuncha, Sharafuddin Aliga nisbatan kam, idealashtirilgan. Asar O'zbekiston, Qozog'iston, Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarining XIV asr 11 yarmi va XV asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o'rganishda m uhim va ishonchli manbalardan biri hisoblanadi. N izom uddin Shomiy o 'z asarini yozishda G'iyosidin Ali Yazdiyning “ Ro'znom ayi g'azavoti H induston” , Amir Tem urning uyg'ur kotiblari t o m o n i d a n y aratilgan “ Tarixi x o n iy ” va b o sh q a saroyda b itilg an kundaliklardan foydalangan. “Z afarn o m a”yi Nizom uddin Shomiyning ikkita tahriri mavjud: 1) 1404-yili Am ir T e m u r Ozarbayjon yurishidan qaytganda unga taqdim etilgan nusxa. 2) Mironshohning o'g'li Mirzo Umarga (1404-yil 26- martda Amir T e m u r “ Halokuxon taxti”ni, ya'ni G'a rbiy Eron ham da Ozarbayjonni in’om qilgan paytida) taqdim qilingan. U yuqorida qayd etib o'tilgan birinchi nusxadan deyarli farq qilmaydi. Asar “Z a fa rn o m a ” deb ataladi. Unga ayrim uslubiy tuzatishlar kiritilgan va debocha ham da Mirzo Umarga bag'ishlangan kichik bir ilova (zayl) qo'shilgan. Shunga qaraganda, Nizom uddin Shomiy umrining so'nggi yillarida Mirzo U m ar xizmatida bo'lgan va ona yurti Tabrizda istiqomat qilgan. “Zafarnom a” ning qo'lyozma nusxalari Armaniston, Angliya, Fransiya, Iroq va Turkiya kutubxonalarida saqlanmoqda. Asarning tanqidiy matni F.Tauer tom onidan 1937 va 1956-yillari Pragada chop etildi. 1996-yili N i z o m u d d i n S h o m i y “ Z a f a r n o m a ” a s a r i n in g Y u. Hakimjonov tom onidan amalga oshirilgan forscha tarjimasi A.O'rinboyev tom onidan tahrir qilinib nashr etildi. 194 “ Muntaxab ut-tavorixi M u ’iniy” nomli Temuriylar davriga oid asar muallifi M u ’iniddin Natanziydir. U Isfahon shahriga qarashli, undan qariyb yigirma farsah masofada joylashgan Natanz shahrida tug'ilgan. Ch.A.Storining m a ’lumotiga qaraganda asli seistonlik bo'lgan1. Fors viloyatining hokimi Temuriy Iskandar Mirzo (Amir Temurning nabirasi, Umarshayxning o'g'li, 1415-yili inisi Boyqaro Mirzo tomonidan o'ldirilgan) saroyida xizmat qilgan. Davlatshoh Samarqandiyning so'zlariga qaraganda: “ M u ’iniddin Natanziy Sulton Iskandar davrida Iroqi Ajam va Forsda shuhrat topgan olimlar va shoirlar jumlasidan bo'lib..., ilmda o'z zamonasining yetakchisi edi va Mirzo Iskandaming m aqom a va holati hamda tarixini yozgan”2. M u ’n i d d i n N a t a n z i y q a l a m i g a m a n s u b b o ' l g a n va b i z n i n g zam onam izgacha yetib kelgan bu asarning aniq nom i m a ’lum emas. U ilmiy jamoatchilik orasida “A nonim Iskandera” nomi bilan mashhur. Asar 1413-yili yozib tam om langan. Uning ikkinchi tahriri ham bo'lib, “ Muntaxab ut-tavorixi M u ’iniy'’ ( “ M u ’iniyning saylangan tarixi” ) deb ataladi va Tem urning o'g'li Shohruh Mirzoga bag'ishlanadi. “ Muntaxab ut-tavorix” um um iy tarix tipida yozilgan asar bo'lib, o lam n in g yaratilish id an to A m ir T e m u r vafotigacha, 1405-yil 18- fevralgacha m usulm on m amlakatlarida yuz bergan voqealar haqida bahs yuritadi. Asar m uqaddim a va uch bobdan iborat. Muqaddima diniy m azm unda bo'lib, unda olamning yaratilishi, Odam Ato va uning farzandlari, N uh payg'ambar va uning avlodi haqida umumiy gap boradi. Birinchi bobda qadimiy Eron va Yunoniston podshohlari, Rim va Vizantiya imperatorlari, Rim papalari, qadimiy arab ham da Efiopiya podshohlarining qisqacha tarixi bayon etilgan. Ikkinchi bobda M uham m ad payg'ambar va uning avlodi, xalifayi roshidin, Umaviya va Abbosiya xalifalari, Arabiston ham da Misrda podshohlik qilgan Ali va Fotima avlodi, shuningdek, Abbosiylar bilan zamondosh bo'lgan Eron va Movarounnahr hukmdorlari tarixi talqin etilgan. Asarning noyob va qimmatli qismi uning uchinchi bobi hisoblanadi. U turk-m o'g'ul qabilalari va ularning kelib chiqishi, Chingizxon va uning avlodi, Shimoliy Xitoyda hukmroniik qilgan m o'g 'u l xonlari, Chig'atoy ulusi hukmdorlari, Elxoniylar, Jaloiriylar, Cho'p oniylar, Muzaffariylar, Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling