Manbashunoslik


 .3 .2 . «Muntaxab ut-tavorixi M u ’iniy»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

5 .3 .2 . «Muntaxab ut-tavorixi M u ’iniy»
1 С т о р и Ч .А . П е р с и д с к а я л и т е р а т у р а . 1 -q ism . 3 3 9 -b c t.
’ D a v la tsh o h S a m a rq a n d iy . T a z k ira t u s h -s h u a ro .E .B ra u n n a sh ri. — L ey d en : L o n d o n , 1901. 
3 7 1 -bet.
195


Oq 0 ‘rda xonlari, 1346— 1370-yillar orasida Movarounnahrda hukmronlik 
qilgan amirlar tarixini o ‘z ichiga oladi.
Asarning uchin ch i qism ini yozishda m u a llif Tabariy, Juvayniy, 
Rashiduddin ham da turkiy tilda yozilgan ’’Tarixi xoniy” kabi asarlardan 
keng foydalangan.
“ Muntaxab ut-tavorixi M u’iniy” asarining matni 1957-yili Eronda Jak 
Oben tarafidan chop etilgan. Uning qo'lyozma nusxalari Sankt-Peterburg
Angliya, Fransiya va Eron kutubxonalarida mavjud. Bu asar to'g'risida va 
undagi ayrim lavhalami G ‘.Karimov “A m irTem urva Ulug'bek zamondoshlari 
xotirasida” (T, 1996) va “Temuriylar bunyodkorligi davr manbalari” (T, 1997) 
nomli to'plamlarda chop etgan. U Amir Tem ur to'g'risidagi m a’lumotlami 
taijima qilib “Jahon adabiyoti” jumalida 2006-yili e ’lon qildi.
5.3.3. «Majmu at-tavorix»
“ Majmu at-tavorix” yoki “Zubdat ut-tavorix” nomli asar muallifi Hofizi 
Abru nomi bilan m ashhur bo'lgan yirik geograf va tarixchi olimdir. Uning 
haqiqiy ismi Shahobuddin Abdulloh ibn Lutfulloh ibn Abdurashid al- 
Xavofiydir. Abdurazzoq Samarqandiyning so'zlariga qaraganda Hofizi АЬш 
Hirot hududidagi Xavofda tug'ilgan, H am adonda tahsil ko'rgan va 1430- 
yilda Zanjonda vafot etgan. Boshqa tarixiy manbalarning m a ’lumotlariga 
va uning so'zlariga qaraganda Hofizi АЬш A m irT em u rv a Shohruh saroyida 
istiqomat qilgan va har ikkala hukm dor bilan yaqindan munosabatda 
bo'lgan. Agar u Amir Tem ur bilan faqat saroydagina yaqin suhbatdosh 
bo'lgan bo'lsa, Shohruh bilan uning yurishlarida birga bo'lgan.
Hofizi Abru Shohruhning topshirig'i bilan ikkita yirik asar yozgan.
Bulardan biri tarixiy-geografik m azm unda bo'lib, 1414—1420-yillar 
orasida yozilgan. U X asrda arab tilida bitilgan n o m a ’lum bir kitob asosida 
yozilgan. Yu.E.Borshevskiyning so'zlariga qaraganda, bu “ Kitob al- 
masolik va-l-m am olik” deb atalib, Hasan ibn Ahmad Muhallabiyning 
qalamiga mansub bo'lgan. Shohruh Mirzo 1414-yili Hofizi Abruga mazkur 
asarni fors tiliga tarjima qilish va boshqa m anbalar asosida qayta ishlashni 
topshirgan. Demak, bu asar shunchaki kompilyatsiya va tarjima bo'lib 
qolmay, balki yangi daliliar bilan boyitilgan, diqqatga sazovor asardir. 
Shuni aytish kifoyaki, u n d a h ar bir viloyatning geografik holatini 
tavsiflashdan tashqari, uning qisqacha siyosiy tarixi ham bayon qilingan. 
Biz uchun asarda Amudaryoning Kaspiy dengiziga quyilishi haqidagi
shuningdek, Movarounnahr va uning yirik shaharlari Buxoro, Samarqand, 
Nasaf, Kesh, Termiz, Xo'jand va boshqalar haqida keltirilgan m a ’lumotlar 
muhim ahamiyat kasb etadi.
196


Asarning yaxshi qo'lyozm a nusxalari Angliya va Rossiyada, Sankt- 
Peterburg shahrida saqlanmoqda.
Hofizi Abru S hohruhning ko'rsatmasi bilan o 'z id a n a w a l o 'tg an
mazkur tarixchilar Tabariy, Rashiduddin h am d a N izom uddin Shomiy 
asarlariga qo'shim chalar (zayl) ham yozgan. 1412— 1418-yillar orasida 
yozilgan bu qo'shim chalar “ Majmua-yi Hofizi A b ru ” deb ataladi.
T abariy asarining Bal’am iy tahririga qilingan q o 's h i m c h a xalifa 
M uqtadir (908—932) zam onidan to M o 'ta sim (1242—1258) davrigacha 
xalifalikka kirgan mamlakatlarda bo'lib o'tgan voqealarni o 'z ichiga oladi.
Rashiduddinning “Jom e ut-tavorix”iga qilingan qo'shim chaga Kurtlar 
(Kartlar) sulolasidan chiqqan podshohlar, T u g 'a Tem ur, Am ir Vali ibn 
Shayx Ali Hindu, sarbadorlar hamda Am ir Arg'unshoh tarixi, ya’ni Eronda 
1306— 1393-yillar orasida bo'lib o 'tgan voqealar kiritilgan.
N izom uddin Shomiyning “Z afarn o m a”siga qilingan ilovada esa Am ir 
T e m u r hukmronligining so'nggi davri va Shohruh tarixi 1416 yilga qadar 
bayon etiladi.
“ M ajm ua” ning ayrim qismlari matni va tarjimasini Xonbobo Bayoniy 
1938-yilda, F.Tauer 1959-yili va K .M .M aitra 1934-yili nashr ettirganlar.
Hofizi Abruning asosiy katta tarixiy asari “ Majmu at-tavorix” bo'lib, 
uni m uarrix S h o h ru h n in g o'g'li B o y su n g 'u r M irzo (1433-yili vafot 
etgan)ning topshirig'i bilan 1423- 1425-yillari yozilgan. Mazkur asar to'rt 
qismga bo'lingan: 1) islomiyatdan a w a l o 'tg an payg'am barlar va Eron 
p o d s h o h l a r i ; 2) M u h a m m a d p a y g ' a m b a r va a r a b x alifa la ri (al- 
Muhtasimgacha); 3) Eronning Saljuqiylar ham da m o'g'ullar davridagi 
(Elxon Abu Said davrigacha) tarixi; 4) “Zubdat ut-tavorixi Boysunquriy” .
Asarning so'nggi, to'rtinchi qismi asli va mustaqil ahamiyatga ega 
bo'lib, unda Amir T em u r tarixi, qayta ishlangan va birm uncha to'ldirilgan 
h a m d a X uroson, qism an M o v a ro u n n a h rn in g 1427-yilgacha b o'lgan 
ijtimoiy-siyosiy ahvoli bayon etilgan.
“ Majmu at-tavorix” asarining qo'lyozmalari Toshkent ham da Turkiya, 
O lm oniya, Angliya, Fransiya, Eron va boshqa xorijiy m am lak atlar 
kutubxonalarida saqlanmoqda.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling