Manbashunoslik


 .5 . «Xamsat ul-mutahayyirin»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

5.2 .5 . «Xamsat ul-mutahayyirin»
Alisher Navoiyning uchinchi m e m u a r biografik asari «Xamsat ul- 
mutahayyirin»dir. U Abdurahm on Jom iy vafotidan so'ng, ya’ni 898/ 
1492-yildan keyin yaratilgan. Bu risola Alisher Navoiyning piri, ustozi 
va do'sti A bdurahm on Jomiyga bag'ishlangan bo'lib, ikki buyuk ijodkor 
o'rtasidagi g'aroyib voqealar bayoni, Jomiyning shajarasi, asarlari nomlari 
va ularga berilgan baholardan iborat. Uni m e m u a r-y o d n o m a asar deb 
atash mumkin. Ikki buyuk shaxs asarlaridagi iavhalar, xususan «Nasoyim 
ul-m uhabbat», «Majolis un-nafois» ham da ularning o 'z aro xatti kitobati, 
ayniqsa, « M u r a q q a ’i M ir Alisher» t o 'p la m id a g i Jo m iy n in g dastxat 
maktublari ushbu risola m azm unini boyitishga xizmat qiladi.
5 .2 .6 . «Holoti Sayyid Hasan Ardashcr»
A lish er N a v o iy n in g t o 'r t i n c h i tarixiy asa ri, m e m u a r biografik 
xarakterdagi risola b o 'lib , u «H oloti Sayyid Hasan Ardasher» deb 
nomlanadi. O'ziga «otaday» m ehribon bo'lgan Sayyid Hasan Ardasher 
to'g'risidagi asar to 'g'rida n to'g'ri «Holot», y a ’ni biografiya deb ataladi. 
A sartasn if odobiga ko'ra, «Bism illohir-rahmonir rahiym» so'zidan so'ng 
k e ladiga n « H a m d » A lloh m a d h i o 'r n i g a n as im g a m u ro ja a t bilan
187


boshlanadi, asar mazmuni shunday xarakterlanadi: «Soliki foniy va gavhari 
koniy, orifi maoniy Sayyid Hasani Ardasher (rahmatullohi) siyar va 
holotida». Y a’ni, bu asar «o‘tkinchi foniy dunyodagi solik, gavharlar 
koni va m a ’nolar orifi Sayyid Hasan Ardasher biografiyasi» deb ataladi.
Asar boshida muallif Sayyid Hasani Ardasherning otasi t o ‘g ‘risida 
qisqa m a ’lumotlarni keltiradi. U ndan so‘ng, Alisher Navoiy uning o ‘zi 
ham yoshligida otasi kabi Boysung‘ur Mirzo xizmatida b o ‘lgani, turli 
sohalar b o ‘yieha bilim olganini yozadi. Tem uriylar saroyida xizmat qilib
doim hurm at va e ’tiborda b o ‘lgani, hatto Sulton Husayn Mirzo unga 
katta davlat lavozimini taklif qilganida, dunyo ishlaridan yuz o ‘girib, 
d a rv e s h lik n i ix tiy o r e tg a n in i zik r e ta d i. R iso la d a Sayyid H a sa n
Ardasherning tarixi, uning badiiy didi, turkiy va forsiy tildagi adabiyotni 
yaxshi bilishi, im om G 'a z z o liy n in g «Kim iyo-i saodat», F a rid u d d in
Attorning «Mantiq ut-tayr» asarlarini xush ko‘rishi, hayotida bo ‘lib o ‘tgan 
voqealar tafsilotilarining eng muhimlari zikr etiladi. Natijada, kitobxon 
k o ‘z o'ngida Temuriylar zamoni ziyolilarining yorqin vakili siymosi tarixi 
nam oyon b o ‘ladi. O 'sh a davr ijtimoiy hayotiga ta s a w u r t a ’limoti katta 
t a ’sir o ‘tkazganini ko'ram iz. C hunki, e ’tiqod yuzasidan Sayyid Hasan 
Ardasher davlat lavozimidan voz kechgan shaxsdir.
Sayyid Hasan Ardasher nomini Alisher Navoiy o'z ining «Majolis un- 
nafois», «Nasoyim ul-muhabbat» asarlarida c h u q u r hurmat bilan yod 
etadi. U m u m an , «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» risolasi Temuriylar 
davri ijtimoiy-madaniy hayotini aks ettirgan m uhim tarixiy manbadir. 
U n d a Alisher Navoiy o'z ining hayotida juda katta rol o'ynagan katta 
zamondoshi Sayyid Hasan Ardasherga munosib tarixiy yodgorlik o'rnatadi.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling