Manbashunoslik


 .2 .2 . Alisher Navoiyning ijodida tarixiy mavzudagi asarlar


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

5 .2 .2 . Alisher Navoiyning ijodida tarixiy mavzudagi asarlar
Ushbu m a ’ruzada Alisher Navoiy (1441 — 1501) nasriy asarlarining 
tarixiy m anba sifatidagi xususiyatlariga e ’tibor bermoqchimiz. C hunki, 
Navoiyning ulkan s h e ’riy merosi, dostonlari va asarlari badiiy adabiyot 
namunasi sifatida keyingi XX asrda h am yurtimizda juda katta e ’tiborga 
sazovor bo'lgan b o ‘lsa-da, am m o uning tarix ilmiga q o ‘shgan ulkan hissasi, 
bizning fikrimizcha, tarixchi olimlarimiz e ’tiboridan chetda qolib keldi. 
Maxsus tarixiy asarlari ham faqat filologik nuqtayi nazardan o'rganildi, 
xolos.
Alisher Navoiy asarlarini manbashunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq 
qilish uchun mukam mal asarlar yigirma tomligini asos qilib olish mumkin.
Alisher Navoiy nasrda «Munojot», «Tarixi anbiyo va hukamo», «Tarixi 
m uluki Ajam», «Xam sat u l - m u ta h a y y irin » , «H oloti Sayyid H asan 
Ardasher», «Holoti Pahlavon M u h am m ad » , «Vaqfiya», «Majolis un- 
nafois», «Nasoyim u l-m uhabbat», « M e z o n ul-avzon», «M unshaot», 
«M uhokam at ul-lug‘atayn» kabi asarlari bilan ham aruz nazariyasi, ham
tilsh u n o slik , h am a d a b iy o ts h u n o s lik b ilan bir q a t o r d a tarixi ilmi 
taraqqiyotiga katta hissa qo'shdi.
5.2 .3 . «Tarixi anbiyo va hukamo»
Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» asari 890/1485 va 
9 0 4 / 1498— 1499-yillar orasida tasnif etilgan bo'lib, unda Odam Atodan 
boshlab, oltmish oltita payg'ambarlar va o 'n bitta donishmandlar to'g'risida 
ixcham, lekin juda jonli va qiziqarli m a ’lum otlar bayon etilgan.
M a ’lum ki, A lisher Navoiyga q a d a r h a m an b iy o lar h aqida turli 
rivoyatlar, qissalar mavjud bo'lgan. Ayniqsa, «Q ur’oni karim»da va eng 
qadimiy manbalarda, um um iy tarixga oid Abu J a ’far Tabariyning (836— 
923) «Tarixi ar-rusul va muluk», Abu Rayhon Beruniyning «Osor ul- 
boqiya» hamda Abu Sulaymon ibn Dovud binni Abu-I-Fazl M uham m ad 
binni Dovud al-Banokatiyning (vaf. 730/1330) «Ravzatu Oli al-bob fi 
tavorix al-akobir va-I-ansob» (1317) yoki «Tarixi Banokatiy» (XIV asr)
185


nomli, Hamdulloh binni Abu Bakr binni A hm ad binni N asr al-Mustavfi 
Qazviniyning (vaf. 750/1350) «Tarixi guzida» (744/1343), Abulqosim 
Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiy Ganjaviyning «Xamsa» va boshqa 
shu kabi asarlarda tarixiy voqealar, shunin g d ek , diniy tarixga oid 
m a ’lum otlar ko‘p.
0 ‘z davrining yirik olimi va tarixchisi sifatida Alisher Navoiy ham
bunday m anbalam i o ‘rganib chiqqan, ular bilan yaqindan tanishgan. Bu 
asarlar aksariyati arab va fors tilida bo'lgani uchun, Alisher Navoiy turkiy- 
o'zbek tilida, ko'plab qissalami qiyosiy o'rganish asosida o 'z asarini yaratdi. 
U asar m azm un jihatidan um um iy tarixga oiddir.
Bu asar ikki qismdan iborat. Birinchi qismda O dam Atodan tortib, 
N u h , Iso, M u s o , Y a q u b , S u l a y m o n , D o v u d , Y u s u f va b o s h q a
payg'ambarlar hayotiga oid turli naqllami bayon etadi, har bir tarix oxirida 
ruboiy keltirilib, ularning hayotiga lirik xotima yasaydi.
Kitobning ikkinchi qismida m ashhur donishm andlar hayoti lavhalari, 
ularning hikmatlari keltiriladi. Masalan, G 'arbda Pifagorga nisbatan bergan 
bir iborani Alisher Navoiy Buqrotus hakim nom idan shunday keltirgan: 
«Yaxshi so'z ko'ngulni yoritur va yaxshi xat ko'zning n e ’mati arusidurkim, 
aning mahri shukrdir».
Butun umri va faoliyati davom ida olimlami qadrlagan Alisher Navoiy 
ularning tarixini anbiyo, payg'am barlar tarixidan keyin, ularni birgalikda 
bitgani alohida tahsinga sazovor holdir. Bu kitob tarixchi, olim va 
shoirlarga qadimgi davr izohi uch u n m uhim m anba vazifasini o'tashi 
m um kin. Bu asarni manbashunoslik fanida alohida o'rganish shuning 
uchun ham zarurki, tarixga oid asarlarda tafsilotlari keltirilmay, juda 
ko'p o'rinlarda payg'ambarlar va ularning hayotiga oid voqealarga murojaat 
qilish uchraydi. M ana shu jihatdan Alisher Navoiy asari ham tarixchi 
olimlar, ham tarixni o'rganuvchi talabalar uchun katta ahamiyat kasb 
etadi. Shuning bilan birga, u asarda Alisher Navoiyning m ashhur tarixchi 
Sharafuddin Ali Yazdiyga m unosabati bayon etilgan. Navoiy uning 
«Zafarnoma» asari muqaddimasini zikr qilar ekan, tarixchini «mavlono 
sharaf ul-millat va davla», y a ’ni «davlat va millat sharafi» deb t a ’riflaydi.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling