Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

4.4.13. «Ravzat uli-l-albob»
“ Ravzat uli-l-albob” yoki “ Ravzat uli-l-albob fi tavorih al-akobir va- 
1-ansob” (“Akobir va asil (kishilar) tarixi xususida oqillar bog‘i” ) nomli 
asa rn in g ijodkori F a x ru d d in Abu S u la y m o n D ovud ibn Abulfazl 
M uham m ad Banokatiy (1330-yili vafot etgan) bo'lib, u XIII asrning II 
yarmi va XIV asr I yarmining birinchi choragida o'tgan shoir va yirik 
tarixchi olimdir. U, ko'proq Banokatiy nomi bilan mashhur.
Banokat Toshkentning eski shahar nomlaridan biri b o l i b , u Iloq, 
y a ’ni O hangaron daryosining Sirdaryo bilan qo'shilish joyi yaqinida 
joylashgan qadimiy shahar, 1392-yilidan boshlab Shohruhiya nomi bilan
180


atalgan. Tarixchi m a n a shu shaharda tug'ilgan. Elxon G 'o z o n x o n ham d a 
O'ljoytuxon saroyida xizmat qilgan va 1301-yili malik ush-shuaro (shoirlar 
podshohi) unvoniga sazovor bo'lgan.
Lekin, Banokatiy k o 'p ro q tarixchi olim sifatida va jahon tarixini o'z 
ichiga olgan “ Ravzat u li-l-albob” nomli asari bilan m ashhur bo'ldi. Asar 
1317-yili yozib tam o m la n g a n va m uqaddim a ham da to 'qqiz qism dan 
iborat: 1) Odam Atodan to Muso payg'ambaigacha o'tgan davrda yashagan 
payg'ambarlar; 2) Qadimiy Eron podshohlari; 3) M uham m ad payg'ambar, 
xalifayi roshidin, im om lar, Umaviya va Abbosiya xalifalari davri; 4) 
Abbosiylar bilan ha m a sr bo 'lg an Tohiriylar, Safforiylar, Somoniylar, 
Xorazmshohlar va boshqa sulolalar; 5) Yahudiylarning payg'ambarlari 
va podshohlari; 6) Xristianlar va franklar tarixi, xristianlarning dini va 
e ’tiqodi, A rm aniston va frank m am lakatlarining geografik holati; 7) 
Hindiston tarixi, hindlarning dini va e ’tiqodi; 8) Xitoy tarixi va uning 
geografik holati, xitoylarning dini va urf-odatlari; 9) M o'g'ullarning tarixi 
va ularning istilochilik yurishlari.
“ Ravzat uli-l-albob” asari Rashiduddinning “Jom e ut-tavorix” asari 
asosida yozilgan b o 'lib , unin g qisqartirilgan tahriri deb aytish ham
mumkin. Lekin, Banokatiy asarida Rashiduddin kitobida uchram aydigan 
m a ’lum otlar ham bor. Masalan, yetti iqlim m amlakatlarining tavsifi, 
l-ronning 1310— 1317-yillar orasidagi tarixi shular jumlasidandir.
Xullas, Banokatiyning mazkurasari O'zbekistonning X III—X IV asm ing 
birinchi choragidagi tarixi, geografik holati va aholisining turm ushini 
o'rganishda m uhim m anbalardan hisoblanadi.
“ Ravzat uli-l-albob” XVII asrdan buyon ilmiyjamoatchilikning diqqat- 
e ’tiborini o'ziga tortib kelmoqda. Uning ayrim qismlari lotin, turk, ingliz 
ham da fransuz tillariga tarjima qilinib chop etilgan. Kitobdan Alisher 
Navoiy o'zining tarixiy asarlarini yaratishda foydalangan.
Asarning q o'lyozm a nusxalari Toshkent, Sankt-Peterburg, Qozon, 
Dushanbe va xorijiy m am lakatlar kutubxonalarida mavjud.*

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling