Manbashunoslik


 .1 1 . «Jome’ ut-tavorix»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

4.4 .1 1 . «Jome’ ut-tavorix»
“J o m e ’ ut-tavorix” ( “Tarixlar majmuasi”) asarining muallifi mashhur 
qomusiy olim, tarixchi, tilshunos, tabib va yirik davlat arbobi Rashiduddin 
Fazlulloh ibn Imoduddavla Abuixayral-Hamadoniydir. Uning ota-bobolari 
ham o ‘z zamonining o'qimishli kishilaridan bo'lganlar. Masalan, bobosi 
dastlab yirik qomusiy olim Nosiruddin Tusiy (1201 — 1274) bilan birgalikda 
Alamut qal’asida1 Ismoiliylar xizmatida bo'lgan, so'ng m o'g 'ullar tarafiga 
o'tib ketgan. Otasi Imoduddavla Abulxayr o'rtahol kishi bo'lib, Hamadonda 
tabibchilik bilan kun kechiigan, keyinchalik Elxoniylar saroyiga taklif qilinib, 
u yerda ham o'z kasbi bilan shug'ullangan.
Rashiduddin 1247-yili Hamadonda tug'ilgan. Yoshligidan yaxshi o'qib, 
ota kasbidan tashqari, ko'pgina ilmlarni — ilohiyot, tabiiy fanlar, m um toz 
adabiyot, tarix, geografiya va boshqa fanlarni puxta egallagan.
Rashiduddin Elxon Abaqaxon (1265—1282) davrida uning shaxsiy 
tabibi b o 'lib xizm at qilgan, keyincha G 'o z o n x o n ( 1 2 9 5 - 1 3 0 4 ) va 
O'ljoytuxon (1304— 1317)lar vaziri bo'lgan. Ushbu xonlarning homiyligi, 
ayniqsa o'z ining tadbirkorligi orqasida, davlatning moliyaviy muassasasi 
t a m o m a n uning qo'lida edi, Rashiduddin vazirlik yillari (1298—1317) 
o 'z d avrining eng badavlat va nufuzli kishilaridan biriga aylandi. 
Halokuiylar davlatining turli viloyatlarida uning 80 000 gektar hosildor 
yer-suvi, bog'lari, o'nlab ham m om , karvonsaroy, hunarmandchilik va 
savdo do'konlari, yaylovlarda esa 250 000 qo'yi, 30 000 yilqisi, 10 000 
tuyasi bo'lgan. Rashiduddinning shaxsiy boyligi, tarixiy manbalarning 
guvohlik berishicha, 35 000 000 dinorga teng bo'lgan. Uning ko'p sonli
1 A la m u t q a l’asi — Q a z v in n in g sh im o li-g ‘arb iy ta ra fid a , E lb u rs to g 'id a jo y la sh g a n m u sta h k a m
q a l’a . Ism o iliy la rn in g m u h im q a ro rg o h la rid a n .
177


o ‘g ‘illari (16 nafar) Bag‘dod, Rum, Gurjiston, Ardabil, Isfahon, Fors, 
Xuziston, Kirmon va D o m g ‘on viloyatlarining hokimi edilar.
R ashid u d d in feodal tarqoqlik va ayirm achilik tarafdori b o ‘lgan 
ko'c hm anchi turk-m o'g'ul katta yer egalaridan farqli o'laroq, o'troqlik 
ham da markaziy davlat muassasini mustahkamlash tarafdori edi. Uning 
G ‘ozonxon davrida o ‘tkazgan m a ’muriy va moliyaviy islohotlari shunga 
qaratilgandi. Oxiri Rashiduddin elxoniylar saroyida hukm surgan fitna 
qurboni b o ‘ldi. Endigina taxtga o ‘tqazilgan Abu S a’idxon (1317—1335) 
R a s h id u d d in n i s a ro y d a n ch e tla sh tird i. O ra d a n b ir yil o 't g a c h , u 
0 ‘ljoytuxonni zaharlab o'ldirishda ayblanib, 1318-yilning 18-iyulida qatl 
etildi, barcha mol-mulki musodara qilindi. 0 ‘shanda uning Tabrizdagi 
600 000 jild kitobga ega boy kutubxonasi ham talon-taroj qilindi.
Rashiduddin tarixda o'zining yirik asarlari bilan ham nom qoldirdi. 
Ilohiyot ilmining ayrim masalalariga bag'ishlangan “A l-m ajm uot ar- 
Rashidiya” ( “ Rashiduddinning m ajmualari”), tibbiyotga oid “Al-osor 
v a - l - i h y a ” ( “ T irik n a r s a l a r n i n g q o l d i q l a r i ” ), “ B ayon a l - h a q o i q ” 
( “ Haqiqatlar bayoni”), qurilish masalalariga bag'ishlangan “Asila va ajiba” 
( “Ajib va asil narsalar” ) va nihoyat, jahon tarixini o 'z ichiga olgan “Jom e 
ut-tavorix” uning qalamiga mansub asarlar jumlasidandir.
Olimning bizning zamonamizgacha to 'la yetib kelgan birdan-bir asari 
ana shu “Jom e ut-tavorix” bo'lib, u o 'r ta asr tarixnavisligining o'ziga 
xos noyob obidasi hisoblanadi. Bu kitob o 'rta asr Sharq tarixchiligida 
yangi a n ’anani boshlab bergan asar. Unda umumiy tarix sifatida musulmon 
m am lakatlari tarixi bilan birga, G 'a r b m am lakatlari, Xitoy h am d a 
Hindiston tarixini ham yoritishga intilgan, Sharq mamlakatlari tarixi 
um um jahon tarixining bir qismi, deb hisoblagan.
“J o m e ut-tavorix” asari 1301 —1311 -yillar orasida G 'o z o n x o n n in g
topshirig'i bilan yozilgan. Asar uch qismdan iborat: 1) M o'g'ullar va ular 
asos solgan davlatlar Ulug' yurt, ya’ni M o'g'uliston, Elxoniylar davlati 
ham da m o'g'ullar asoratiga tushib qolgan mamlakatlar, Shimoliy Xitoy, 
O 'rta Osiyo va Yaqin ham da O 'rta Sharq mamlakatlari xalqlarining 
m o'g'ul istilosigacha bo'lgan qisqacha tarixi; 2) Sharq mamlakatlari 
xalqlarining islomiyotdan avvalgi tarixi, Arab xalifaligi va uning tarkibida 
tashkil topgan G'aznaviylar imperiyasi, Saljuqiylar davlati, Xorazmshohlar 
davlati tarixi; Xitoy, qadimgi yahudiylar, franklar, Rim imperiyasi va 
Hindiston tarixi; 3) Yer kurrasi ham da yetti iqlim mamlakatlarining 
geografik holati. Afsuski, asarning so'nggi, uchinchi qismi saqlanmagan. 
Q o'lyozm a 1318-yili Rashiduddinning shaxsiy kutubxonasi talon-taroj 
qilingan vaqtlarda yo'qolgan bo'lishi mumkin.
178


M azkur asar, ayniqsa uning turk va m o ‘g ‘ul xalqlarining Chingizxonga 
qadar kechgan tarixi M ahm ud Koshg‘ariy va Alouddin Otamalik Juvayniy 
asa rla ri, E lx o n iy la r k u tu b x o n a sid a s a q l a n a y o t g a n “ O ltin d a f t a r ” , 
Chingizxon va uning ota-bobolari tarixi, shuningdek, tu rk -m o ‘g ‘ul xalqlari 
tarixi va rivoyatlarini yaxshi bilgan kishilar, P o ‘lod, C h je n -s y a n , 
G 'o z o n x o n va boshqalarning og‘zaki axborotlari, G ‘arb mam lakatlari, 
Xitoy va Hindiston xalqlari tarixiga oid qismlari o 'sh a vaqtlarda Eronga 
kelib qolgan fransiyalik ikki katolik rohib, ikki xitoylik olim va kashmirlik 
rohibning ishtirokida yozilgan. To'plangan m a ’lumotlarni tartibga solish 
ishlarini muallifning yordamchilari Abdulla K oshoniy h a m d a A hm ad 
Buxoriylar bajarganlar.
“J o m e ut-tavorix” asarining ayniqsa t u r k - m o ‘g ‘ul xalqlari tarixini o ‘z 
ichiga olgan qismi Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o'rganishda katta 
ahamiyatga ega. Kitobning O 'rta Osiyo, Eron va Kavkaz orti xalqlarining
X I 11 asr bo sh larid ag i ijtim oiy-siyosiy h a y o tig a oid q ism la ri h a m
benihoyatda qimmatlidir.
Asarning ayrim qismlari Katrmer (1836), E.Bloshe (1911), K.Yan 
(1941), I.N.Berezin (1858—1888) to m o n id a n rus, fransuz h am d a nemis 
tillariga tarjima qilingan va forscha m atni, so'zboshi bilan chop qilingan. 
U n i n g o 'z b e k tilig a q ilin g a n ik k ita ta r j i m a s i b o r. U l a r d a n biri 
S hayboniylardan K o'chkinchixonning (1510—1530) topshirig'i bilan 
M u h a m m a d Ali ibn Darvish Ali Buxoriy t o m o n i d a n q ilin g a n va 
m uqaddim a va uch jilddan iborat. Bu tarjimaning noyob qo'lyozmasi 
O 'z bekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy 
n o m id a g i S h a rq s h u n o slik instituti fo n d id a 2 -ta r tib ra q am i ostid a 
saqlanmoqda. Ikkinchi tarjima esa 1556-yili Niso shahrida Solur bobo 
ibn Qul Ali tom onida n Urganch hokimi Ali Sultonning (1572-yili vafot 
e tg a n ) b u y ru g 'i bilan bajarilgan b o 'l i b , u n in g q o 'l y o z m a nusxasi 
Ashxobodda T urk m an isto n F anlar akadem iyasining Til va adabiyot 
institutida saqlanadi.
“J o m e ut-tavorix” asarining to'liq ruscha tarjimasi 7 nafar m o 'ta b a r 
q o 'ly o zm ala r asosida 1946—1960-yillarda S an k t-P eterb u rg d a amalga 
oshirilgan.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling