Manbashunoslik
.8 . «Tarixi M a s’udiy»
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
4.4 .8 . «Tarixi M a s’udiy»
A n’anaviy tarixiy asarlardan yaqqol ajralib turadigan “Tarixi M as’udiy” ( “ M as’ud tarixi”) asarning muallifi Abulfazl M u h am m ad ibn al-H usayn al-kotib al-Bayhaqiydir (995—1077). U N ish o p u r viloyatiga qarashli H arisobod qishlog‘ida badavlat m an sa b d o r oilada t u g ‘ilgan, asosan N ishopur shahrida t a ’lim olib, balog'atga yetgan. Abulfazl Bayhaqiy taxminan 1021 -yili G'aznaviylar davlatining devoni rasoili — xorijiy m am lakatlar bilan aloqa yurituvchi m ahkam aga dabirlik mansabiga qabul qilindi va vazir Abu N asr Mishkon rahbarligida 19 yil o ‘sha m ansabda xizmat qildi. Abu N a sr Mishkon vafotidan so‘ng 1039- yili Abulfazl Bayhaqiy uning o ‘rniga devon boshlig'i etib tayinlandi. 1041- yili Sulton M as’ud o'ldirilgandan so'ng, u saroy xizmatidan chetlatildi va faqat Sulton Abdurashid 1050-yili hokimiyat tepasiga kelgach, yana o ‘z o ‘rniga tiklandi. Abulfazl Bayhaqiy bu lavozimda 1059-yilgacha, y a ’ni Sulton Farruhzod (1053—1059) saltanatining oxirigacha davlat xizmatida b o ‘ldi, keyin istefoga chiqib, ilmiy ish bilan mashg'ul b o ‘ldi. U 1077-yili vafot etgan. Abulfazl Bayhaqiy “Ziynat ul-kitob” ( “ Kitoblar ziynati”), “Tarixi oli M a h m u d ” ( “ M ahm ud xonadonining tarixi”) yoki “J o m i’ fi tarixi oli Sabuqtegin” (“ Sabuktegin xonadoni tarixidan hikoyalar majmuasi”) nomli asarlari bilan mashhur. “Tarixi Bayhaq” ( “ Bayhaq (viloyati) tarixi”) asar muallifi Abulhasan Ali Bayhaqiy XII asrning ikkinchi yarmida o'tgan va ko‘pincha ibn Funduq nomi bilan m ashhur bo'lgan olimning m a ’lumotiga qaraganda, Abulfazl Bayhaqiyning “Tarixi oli M ah m u d ” asari o'ttiz jilddan iborat bo'lgan. Lekin, bu ulkan asarning faqat oltinchi jildining ikkinchi qismi, 7, 8, 9-jildlari ham d a 10-jildining bir qismi yetib kelgan, xolos. 172 I hi qismlar Sulton M a s ’ud (1030—1041) davri tarixini o 'z ichiga oladi va “Tarixi M a s ’udiy” nom i bilan m a ’lum va mashhur. “Tarixi M a s ’udiy” asarida boshqa tarixiy kitoblardan farqli, muallif o'zi ko'rgan va ishonchli kishilardan aniqlagan m a ’lumotlami, shuningdek, luikumat m a h k a m a la rid a saqlangan rasmiy hujjatlar asosida h a m d a maishiy tafsilotlarga h a m alohida e ’tibor berilgan. Bu xususiyat asarning daliliy m a ’lumotlaiga boyligi, voqealarning keng va atro flic h a bay o n etilishi va nihoyati z o ‘r badiiy m a h o ra t bilan vozilganligi, uni b oshqa tarixiy asarlardan alohida ajratib turadi. Kitobda, asosan Sulton M as’ud davri G'aznaviylar saltanati ijtimoiy- siyosiy ahvoliga keng o 'rin berilgan. Bundan tashqari, asarda Safforiylar, Somoniylar, Saljuqiylar tarixiga oid muhim m a ’lumotlar ham bor. Ayniqsa, G'aznaviylar bilan Xorazm, Saljuqiylar ham da Qoraxoniylar davlati o'rtasida bo'lgan siyosiy m unosabatlar haqida qimmatli m a ’lumotlar ko'p. Ushbu asardagi Abu R ayhon Beruniy hayoti to'g'risida tafsilotlar va uning bizgacha yetib kelm agan Xorazm tarixiga oid asaridan lavhalar biz uchun ju d a qim m atlidir. C hunki, muarrix ulug' vatandoshimiz bilan m uloqotda bo'lgan, uni yaxshi bilgan va fikrlarini qadrlagan. “Tarixi M as’udiy” asarining forsiy matnini U. Morley Kalkuttada 1861- yili, T ehronda esa A hm ad Peshavoriy 1886-yili, Said Nafisiy 1941 —1954- yillari, G 'a n i va Fayoz 1945-yili chop etganlar. Uning arabcha tarjimasi Qohirada Yahyo Hashshob va Sodiq Nishot tom onidan chop etilgan. “Tarixi M a s ’udiy” asarining ruscha tarjimasi tadqiqot va zarur izohlar bilan m anbashunos olim A.K.Arends to m o n id a n Toshkentda 1962-yili va M oskvada 1969-yili e ’lon qilindi. K ito bning X—XI asr tarixini o'rganuvchilar uch u n m an b a sifatida ahamiyati juda katta. Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling