Manbashunoslik


«Holoti Pahlavon Muhammad»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

5.2.7. «Holoti Pahlavon Muhammad»
Alisher Navoiyning beshinchi tarixiy asari ham m em u ar biografik 
xarakterdagi risola b o 'lib, o 's h a davrning eng m as h h u r va b en a zir 
kurashchisi va turli fanlar bilim doni t o ‘g ‘risidagi «Holoti Pahlavon 
Muhammad»dir. Alisher Navoiy «Majolis un-nafoyis» asarida ushbu shaxs 
t o 'g 'r is i d a quyidagi m a ’l u m o tn i keltiradi: « P ah lav o n M u h a m m a d
Kushtigirkim, ko'p fazoyil bila orastadurkim, kushti bovujud ulkim, uning 
andoq haq va mulkidurkim, m a ’lum emaskim, hargiz bu fanda andoq 
paydo bo'lmish bo'lg'oy. O'z ga fazoyiliga ko'ra va din martabasidur
musiqiyda idvor ilmida davrining benaziridur, chun kanioloti izhor min 
ash-shamsdur, sharh qilmoq ehtiyoj ermas».
Risolada biz Pahlavon M uham m adning o 'z davrining benazir kishisi 
b o 'l g a n li g i , qirq yil d a v o m i d a A lis h e r N av o iy g a m e h r ib o n c h ili k
188


ko'rsatganligi, favqulodda xotiraga egaligi, barcha zam ondoshlari izzat- 
hurm atiga sazovor b o'lgan, yuksak axloqiy fazilatlarga ega kurashchi 
ekanligini k o 'ra m iz . U ni b archa kechik z a m o n d o sh la ri, Z a hiriddin 
M u h am m ad Bobur, Zayniddin Vosifiy, Mirza M u h a m m a d H aydar ham 
ajoyib kurashchi va olijanob inson, bastakor ekanligini tasdiqlaydilar.
Bu asar Tem uriylar davri XV asr ikkinchi yarmi m adaniy hayotiga 
oid qimmatli m a ’lum otlar keltirilishi bilan m uhim xususiyat kasb etadi. 
Bu risola ham awalgi «Xamsat ul-mutahayyirin» va «Holoti Sayyid Hasan 
Ardasher» kabi XV asr ikkinchi yarmi Tem uriylar davri tarixi to'g'risi- 
dagi qimmatli manbadir.
Nomlari zikr etilgan besh sof tarixiy asarlardan tashqari Alisher Navoiy 
quyidagi asarlari, y a ’ni « M a h b u b u l-q u lu b » , «M ajolis u n -n a fo is» , 
«Munshaot», «Nasoyim ul-muhabbat» va hatto sof lingvistik xarakterdagi 
«Muhokamat ul-lug'atayn» asarida ham tarix ilmi uchun m uhim m a ’lumot 
bor.
Alisher Navoiy tarixchi olim sifatida asarlarida, xususan «M ahbub 
ul-qulub»da ijtimoiy guruhlar to'g'risidagi mulohazalarni bayon etgan, 
«Majolis un-nafois» asarida 450 dan ortiq davlat arbobi, shoir va s a n ’at 
shaydolari haqida, «Nasoyim ul-m uhabbat» asarida esa 750 dan ziyod 
avliyolar to'g'risdagi m a ’lum otlar keltirilgandir.
«Vaqfiya» asarida esa Alisher Navoiyning qanday m o l-m ulk egasi 
bo'lgani, ham da ularni jamiyat uchun vasiyat qilganligi bayon etiladi. 
Alisher Navoiyning «M unshaot» asari, ham da u tartib bergan « M ura qqa’ 
Mir Alisher»da jamlangan maktublar mazmuni, Alisher Navoiyning hayoti 
va faoliyati turli qirralarini va o 'z davri ijtimoiy, siyosiy va madaniy 
hayotini yoritishda ju d a katta tarixiy, ilmiy ahamiyatga ega hujjatlardir.
U Xoja Ubaydulloh Ahror, uning muridlari va Abdurahm on Jomiyning 
dastxat maktublarini tartibga keltirib, maxsus « M ura qqa’ M ir Alisher» 
nomli dastxat avtograflardan iborat qimmatli 594 ta maktubni kitob holiga 
keltirib, bizga m eros qoldirgan. Ushbu m u ra q q a ’ asosida doktorlik 
dissertatsiyasini yozib, sharqshunos Asomiddin O'rinboyev tarix fanlari 
doktori degan unvonga ega bo'ldi. Keyingi yillarda olim ular to'g'risida 
rus, tojik, fors va ingliz tillarida bir necha kitob c h o p etib, Alisher 
Navoiyning tarix sohasidagi ko'rsatgan xizmatini dunyoga namoyish etdi.
Alisher Navoiy yirik tarixchilar M u h am m ad Mirxond, Davlatshoh 
Samarqandiy va G'iyosiddin Xondamirlarning homiy va murabbiysigina 
emas, balki original tarixiy asarlari ijodkori sifatidagi xizmatlari ham 
alohida e ’tiborga loyiq, deb o'ylaymiz.
Am ir Tem urning o'zi tarix ilmi taraqqiyotiga juda katta e ’tibor berdi.
189


S ultoni so h ib q iro n o 'z «Tuzuklar»ini yaratib, o 'z b e k davlatchiligi 
taraqqiyotiga bebaho hissa q o ‘shdi. Mirzo Ulug‘bek «Tarixi arb a’i ulusi 
Chingiziy»nomli juda qimmatli tarixiy asami t a ’lif qilishda shaxsan o ‘zi 
qatnashdi. Bundan tashqari bu davrda yashab ijod etgan jahonga m ashhur 
tarixchilar G ‘iyosiddin Ali, Nizomiddin Shomiy, Sharafuddin Ali Yazdiy, 
H o fiz i A b r u , M u ’i n i d d in N a t a n z i y , A b d u r a z z o q S a m a r q a n d i y ,
M uham m ad Mirxond, G ‘iyosiddin Xondamir va boshqalar asarlari ham on 
mutaxassislar uchun qimmatli tarixiy m anba, bitmas-tuganmas xazinadir.
Alisher Navoiyning «Vaqfiya» asarida zikr etilgan m ol-m ulk ham uning 
o ‘z davri yirik m o l-m u lk , davlat egasi ekanligini k o ‘rsatadi. M irzo 
M u h a m m a d Haydarning yozishicha, Alisher Navoiyning bir kunlik 
daromadi o ‘n sakkiz ming shohruhiy ekan. Tarixchining yozishicha, Sulton 
Husayn davlat tepasiga kelgach, butun marhamatini Alisher Navoiyga 
ko'rsatadi. U esa o ‘z o ‘m ida mol-mulkini yurt obodonchiligi, olim -u 
fozillarga homiylik qilishga qaratgan. Tarixchilar G ‘iyosiddin Xondamir
Zahiriddin Bobur va boshqalarning yozishicha, Alisher Navoiycha hech 
kim k o ‘p binoi-hayr, xalq uchun imoratlar va binolar qurmagan ekan. 
Ahli fazl va hunaiga murabbiy va muqawiyligi ham juda mashhur.
Alisher Navoiy o ‘zining tarixiy asarlarida bo'lib o 'tg an voqea va 
hodisalarga, shaxslaiga baho berishda yuksak insonparvarlik g'oyalaridan 
kelib chiqdi. Uning tarixchi olim sifatidagi amaliy faoliyati turkiy o'zbek 
tilidagi tarix ilmini yuksaklikka ko'tardi. Maxsus asar, ixcham risola, 
tazkira va maktublar yaratib, turkiy tildagi tarix ilmining keyingi rivoji va 
taraqqiyoti uchun zamin yaratdi.
Alisher Navoiy o'zining «M uhokam at ul-lug'atayn» asarida siyosiy 
hokimiyat va til, madaniyat siyosati xususida quyidagi haqli fikrlarni 
bayon etadi: «...to mulk arab xulafosi va salotinida erdi, falak ul vaqtda 
nazm dabiriga arab tili birla jilva berdi...» Ya’ni mamlakatlar arab xalifalari 
va sultonlari davrida s h e ’riyat kotibi arab tilida ijod etdi.
M am lakatlarning b a ’zilarida «sort salotini m ustaqil bo'ldilar, ul 
munosabat bila forsigo'y shuaro zu h u r qildilar».
«To mulk arab sort salotinidin turk xonlarg'a intiqol topti, Huloguxon 
zam onida sultoni sohibqiron T e m u r Ko'ragon zam onidin farzandi xalafi 
Shohruh Sultonning zam onining oxirigacha turk tili bila shuaro paydo 
bo'ldilar».
Alisher Navoiyning yuqorida keltirgan m uhim fikrini faqat sh e ’riyatga 
emas, balki u m um an madaniyat, shu jum la d an tarix ilmiga ham to'la 
tadbiq etsa bo'ladi. Buning yorqin misoli sifatida Alisher Navoiy yaratgan 
nasriy asarlar bo'lib, ulami keyincha Zahiriddin M u h am m ad Bobur,
190


M uham m ad Solih, Darvish M uham m ad Buxoriy, Abulg‘oziy Bahodirxon, 
Munis, Ogahiy, Bayoniy va boshqalar davom ettirdilar.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling