Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

9.2.3. «M ir’ot ul-mamolik»
«M ir’ot ul-m am olik» («M am lakatlar ko'zgusi») XVI asrda o 'tg an turk 
adm irali Seydi Ali Reis asaridir. M uallifning to 'liq ismi Seydi Ali Husayn 
o 'g 'li, she'rlarini Kotibiy Rum iy taxallusi bilan yozgan.
Seydi Ali Reis keng m a’lumotli dengizchi bo'lib, sultonning M ag'rib 
dengizi, O 'rta Yer dengizida olib borgan barcha urushlarida, Xayruddin 
posho va Sinon posho rahbarligida ishtirok etgan. Ota-bobolari G'alatiyadagi 
dorussaloxiyi omira, qurol-yarog' omboriga boshchilik qilganlar.
Uning xavf-xatarlar bilan to'la sarguzashtlari 1554-yilning fevral oyida 
Suriyaning Basra shahridan boshlanadi. Turli sarguzashtlami boshdan kechirib, 
dengizchi o 'z ham rohlari bilan H indiston, Badaxshon, M ovarounnahr, 
Xorazm, Dashti qipchoq, Xuroson va Iraqi Ajam (G 'arbiy Eron)da bo'lgan. 
U o 'z yurtiga 1556-yilda qaytib borguncha o'sha mamlakatlarda ko'rgan- 
bilganlarini bir kitobga jam lab, uni «M ir’ot ul-mamolik» deb atadi.
A s a r d a m u a l l if n i n g k o 'r g a n - k e c h i r g a n l a r i , o 'z i b o 'l g a n
m am lakatlarning XVI asr o'rtalaridagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli va xalqi 
haqida qim m atli m a’lum otlani uchratam iz.
M asalan, Seydi Ali Reis o 'sh a paytlarda M ovarounnahrni egallab 
turgan N avro'z Ahm ad Baroqxon va Shayboniylar bilan Turkiya o'rtasidagi 
m unosabatlar haqida m ana bu m a ’lum otlarni keltiradi: «Sam arqandi 
behishti m onandga dohil bo'ldik. Bu yerda N av ro'z A hm adxon, y a’ni 
Baroqxon bilan ko'rishib, unga keltirgan faqirona tortig'im izni taqdim
etdik. Xon bu faqirga bitta ot, bosh-oyoq sarupo m arham at qildi. Bundan 
avval saodatli podsho (Sulton M uham m ad Fotih) shayx A bdullatif va
91


Dodosh elchi orqali Baroqxonga bir m iqdor miltiq otuvchilar va bir qancha 
qal’a to 'p lari yuborgan edi. Elchilar kelgan paytda Sam arqand podshosi 
Abdullatifxon vafot etib, Baroqxon S am arqandda xonlik taxtiga o ‘tirgan, 
Balxda Pirmuhammadxon, Buxoroda esa sayyid Burxon sulton o ‘z nomlariga 
xutba o ‘qitganlar. Baroqxon shu ikki xonga qarshi b iro r chora ko'rishga 
q o d irb o ‘lm asa-da, keyinroq ularning o ‘zaro nizolaridan foydalangan. A w al 
Sam arqandni olgach, keyin Shahrisabzga borib u yerda ham ko‘p urishgan. 
Bu urushda rum lik(turk)larning bir qanch a boshliqlari o ‘lgan. N ihoyat, 
Shahrisabz uning q o ‘liga o ‘tgan. Yana u yerdan Buxoroga borib shaharni 
bir necha vaqt qam al qilgan. Buxoro xoni sayyid Burxon Baroqxonga 
bard o sh b ero lm ay , Q o ra k o ‘lni Balx xoni P irm u h am m a d g a bergan. 
Pirm uham m adxon o ‘z inilarini yuborib, Q orako‘lni q o ‘lga kirgizgan. Oxiri 
sayyid Burxon dosh berolm ay, B aroqxondan om onlik tilab, o ‘rtada sulh 
tuzilgan. Baroqxon Buxoroni yana sayyid Burxonga topshirib, o'zi Q orako‘l 
ustiga yurgan. P irm uham m adxonning inilari B aroqxondan om onlik tilab
QorakoMni unga topshirganlar. Baroqxon uni ham sayyid Burxonga qaytarib, 
o ‘zi S am arqandga qaytgan... B aroqxonning yonida atigi 150 ga yaqin 
rumlik nayzaboz qolgan. Qolganlari uning o ‘g‘illari yonida qolgan». («M ir’ot 
ul-m am olik», 101 — 10 2 -betlar).
Seydi Ali R eisning Q azvinda E ron p odshosi sho h T ah m osib (1524— 
1576-yy.) bilan uchrashuvi h aq id a keltirgan m a ’lu m o tla r o ‘sha yillari 
T urkiya S h ay b o n iy lar davlati va E ro n o 'rta s id a g i m u n o sa b a tla rin i 
tu sh u n ish d a ju d a m u h im d ir. A sarda xususan m an a bularni o ‘qiym iz: 
«S hoh (S hoh T ahm o sib) ning elchisi S obit og ‘a T abriz y o ‘li orqali 
p o d sh o h hazratlari (S u lto n S ulaym on soniy q o n u n iy , 1520—1566-yy.) 
huzuriga bizdan oldin j o ‘nab ketgan edi, shoh (shu sababdan) bir necha 
oygacha bizga ketishga ruxsat b erm ay, b ir n e c h a m arta ch aq irib , k o ‘p 
suhbatlashdi. Bir kun suhbat vaqtida «R um diyori B aroqxonga y ordam
berish u ch u n 300 ta y a n ic h a r1 yuborilgan ekan», — dedi. M en ular 
B aro q x o n g a y o rd a m b e rish u c h u n e m a s , balk i shayx A b d u lla tif 
h az ratlarin i q o ‘riqlab R um ga olib ketish u c h u n yuborilgan edi, chunki 
A shtarxon (A straxan) yoMida xoja A hm ad Yassaviyning avlodlari Bobo 
shayxni cherkas shahid qilgani sababli, bu y o 'lla r yolg'iz yurishga xatarli 
hisoblanib qolgan edi. A gar yordam u c h u n y u borilgan da, faqat 300 
tag in a em as, balki b ir n ec h a m ing askar y u b o rilar edi», — deb javob 
berdim » (« M ir’ot ul-m am olik». 122-bet).

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling