Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

5.3. Fors tilidagi manbalar
5.3.1. «Zafarnoma»
Mavlono N izom uddin Shomiy yoki mavlono N izom uddin Shanbiy, 
Shanbi G 'o z o n iy asli Tabrizning shimoli-g'arbiy tarafida, undan ikki 
mil masofada joylashgan joyda tug‘ilgan. Tarixchi “ Z afarnom a” asari 
bilan mashhur bo'lgan. U 1393-yili Amir Tem ur xizmatiga qabul qilingan
1404-yilgacha u bilan bo'lib, sohibqironning harbiy yurishlarida voqeanavis 
va voiz mansabida ishtirok qilgan.
1402-yili Amir T em u r unga o'zining tarixini aniq va sodda tilda yozib 
berishni buyurgan. N izom uddin Shomiy bu asarni 1402— 1404-yillar 
orasida yozib tamomlagan. Asar jahongirning hokimiyat tepasiga kelishi 
(1370 yil.)dan to 1404-yilgacha bo'lgan voqealarni o 'z ichiga oladi. 
“ Z afarnom a” asari haqiqatan ham sodda tilda, ravon uslubda yozilgan, 
daliliy m a ’lumotlarga boy. Lekin, Am ir T em u r hayoti m azkur asarda 
birmuncha, Sharafuddin Aliga nisbatan kam, idealashtirilgan.
Asar O'zbekiston, Qozog'iston, Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarining
XIV asr 11 yarmi va XV asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o'rganishda 
m uhim va ishonchli manbalardan biri hisoblanadi.
N izom uddin Shomiy o 'z asarini yozishda G'iyosidin Ali Yazdiyning 
“ Ro'znom ayi g'azavoti H induston” , Amir Tem urning uyg'ur kotiblari 
t o m o n i d a n y aratilgan “ Tarixi x o n iy ” va b o sh q a saroyda b itilg an
kundaliklardan foydalangan.
“Z afarn o m a”yi Nizom uddin Shomiyning ikkita tahriri mavjud: 1)
1404-yili Am ir T e m u r Ozarbayjon yurishidan qaytganda unga taqdim
etilgan nusxa. 2) Mironshohning o'g'li Mirzo Umarga (1404-yil 26- 
martda Amir T e m u r “ Halokuxon taxti”ni, ya'ni G'a rbiy Eron ham da 
Ozarbayjonni in’om qilgan paytida) taqdim qilingan. U yuqorida qayd 
etib o'tilgan birinchi nusxadan deyarli farq qilmaydi. Asar “Z a fa rn o m a ” 
deb ataladi. Unga ayrim uslubiy tuzatishlar kiritilgan va debocha ham da 
Mirzo Umarga bag'ishlangan kichik bir ilova (zayl) qo'shilgan. Shunga 
qaraganda, Nizom uddin Shomiy umrining so'nggi yillarida Mirzo U m ar 
xizmatida bo'lgan va ona yurti Tabrizda istiqomat qilgan.
“Zafarnom a” ning qo'lyozma nusxalari Armaniston, Angliya, Fransiya, 
Iroq va Turkiya kutubxonalarida saqlanmoqda. Asarning tanqidiy matni 
F.Tauer tom onidan 1937 va 1956-yillari Pragada chop etildi.
1996-yili N i z o m u d d i n S h o m i y “ Z a f a r n o m a ” a s a r i n in g Y u. 
Hakimjonov tom onidan amalga oshirilgan forscha tarjimasi A.O'rinboyev 
tom onidan tahrir qilinib nashr etildi.
194


“ Muntaxab ut-tavorixi M u ’iniy” nomli Temuriylar davriga oid asar 
muallifi M u ’iniddin Natanziydir. U Isfahon shahriga qarashli, undan qariyb 
yigirma farsah masofada joylashgan Natanz shahrida tug'ilgan. Ch.A.Storining 
m a ’lumotiga qaraganda asli seistonlik bo'lgan1. Fors viloyatining hokimi 
Temuriy Iskandar Mirzo (Amir Temurning nabirasi, Umarshayxning o'g'li, 
1415-yili inisi Boyqaro Mirzo tomonidan o'ldirilgan) saroyida xizmat qilgan. 
Davlatshoh Samarqandiyning so'zlariga qaraganda: “ M u ’iniddin Natanziy 
Sulton Iskandar davrida Iroqi Ajam va Forsda shuhrat topgan olimlar va 
shoirlar jumlasidan bo'lib..., ilmda o'z zamonasining yetakchisi edi va Mirzo 
Iskandaming m aqom a va holati hamda tarixini yozgan”2.
M u ’n i d d i n N a t a n z i y q a l a m i g a m a n s u b b o ' l g a n va b i z n i n g
zam onam izgacha yetib kelgan bu asarning aniq nom i m a ’lum emas. U 
ilmiy jamoatchilik orasida “A nonim Iskandera” nomi bilan mashhur. 
Asar 1413-yili yozib tam om langan. Uning ikkinchi tahriri ham bo'lib, 
“ Muntaxab ut-tavorixi M u ’iniy'’ ( “ M u ’iniyning saylangan tarixi” ) deb 
ataladi va Tem urning o'g'li Shohruh Mirzoga bag'ishlanadi.
“ Muntaxab ut-tavorix” um um iy tarix tipida yozilgan asar bo'lib, 
o lam n in g yaratilish id an to A m ir T e m u r vafotigacha, 1405-yil 18- 
fevralgacha m usulm on m amlakatlarida yuz bergan voqealar haqida bahs 
yuritadi. Asar m uqaddim a va uch bobdan iborat.
Muqaddima diniy m azm unda bo'lib, unda olamning yaratilishi, Odam 
Ato va uning farzandlari, N uh payg'ambar va uning avlodi haqida umumiy 
gap boradi.
Birinchi bobda qadimiy Eron va Yunoniston podshohlari, Rim va 
Vizantiya imperatorlari, Rim papalari, qadimiy arab ham da Efiopiya 
podshohlarining qisqacha tarixi bayon etilgan.
Ikkinchi bobda M uham m ad payg'ambar va uning avlodi, xalifayi roshidin, 
Umaviya va Abbosiya xalifalari, Arabiston ham da Misrda podshohlik qilgan 
Ali va Fotima avlodi, shuningdek, Abbosiylar bilan zamondosh bo'lgan 
Eron va Movarounnahr hukmdorlari tarixi talqin etilgan.
Asarning noyob va qimmatli qismi uning uchinchi bobi hisoblanadi. 
U turk-m o'g'ul qabilalari va ularning kelib chiqishi, Chingizxon va uning 
avlodi, Shimoliy Xitoyda hukmroniik qilgan m o'g 'u l xonlari, Chig'atoy 
ulusi hukmdorlari, Elxoniylar, Jaloiriylar, Cho'p oniylar, Muzaffariylar,

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling