Manbashunoslik
«Holoti Pahlavon Muhammad»
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
5.2.7. «Holoti Pahlavon Muhammad»
Alisher Navoiyning beshinchi tarixiy asari ham m em u ar biografik xarakterdagi risola b o 'lib, o 's h a davrning eng m as h h u r va b en a zir kurashchisi va turli fanlar bilim doni t o ‘g ‘risidagi «Holoti Pahlavon Muhammad»dir. Alisher Navoiy «Majolis un-nafoyis» asarida ushbu shaxs t o 'g 'r is i d a quyidagi m a ’l u m o tn i keltiradi: « P ah lav o n M u h a m m a d Kushtigirkim, ko'p fazoyil bila orastadurkim, kushti bovujud ulkim, uning andoq haq va mulkidurkim, m a ’lum emaskim, hargiz bu fanda andoq paydo bo'lmish bo'lg'oy. O'z ga fazoyiliga ko'ra va din martabasidur, musiqiyda idvor ilmida davrining benaziridur, chun kanioloti izhor min ash-shamsdur, sharh qilmoq ehtiyoj ermas». Risolada biz Pahlavon M uham m adning o 'z davrining benazir kishisi b o 'l g a n li g i , qirq yil d a v o m i d a A lis h e r N av o iy g a m e h r ib o n c h ili k 188 ko'rsatganligi, favqulodda xotiraga egaligi, barcha zam ondoshlari izzat- hurm atiga sazovor b o'lgan, yuksak axloqiy fazilatlarga ega kurashchi ekanligini k o 'ra m iz . U ni b archa kechik z a m o n d o sh la ri, Z a hiriddin M u h am m ad Bobur, Zayniddin Vosifiy, Mirza M u h a m m a d H aydar ham ajoyib kurashchi va olijanob inson, bastakor ekanligini tasdiqlaydilar. Bu asar Tem uriylar davri XV asr ikkinchi yarmi m adaniy hayotiga oid qimmatli m a ’lum otlar keltirilishi bilan m uhim xususiyat kasb etadi. Bu risola ham awalgi «Xamsat ul-mutahayyirin» va «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» kabi XV asr ikkinchi yarmi Tem uriylar davri tarixi to'g'risi- dagi qimmatli manbadir. Nomlari zikr etilgan besh sof tarixiy asarlardan tashqari Alisher Navoiy quyidagi asarlari, y a ’ni « M a h b u b u l-q u lu b » , «M ajolis u n -n a fo is» , «Munshaot», «Nasoyim ul-muhabbat» va hatto sof lingvistik xarakterdagi «Muhokamat ul-lug'atayn» asarida ham tarix ilmi uchun m uhim m a ’lumot bor. Alisher Navoiy tarixchi olim sifatida asarlarida, xususan «M ahbub ul-qulub»da ijtimoiy guruhlar to'g'risidagi mulohazalarni bayon etgan, «Majolis un-nafois» asarida 450 dan ortiq davlat arbobi, shoir va s a n ’at shaydolari haqida, «Nasoyim ul-m uhabbat» asarida esa 750 dan ziyod avliyolar to'g'risdagi m a ’lum otlar keltirilgandir. «Vaqfiya» asarida esa Alisher Navoiyning qanday m o l-m ulk egasi bo'lgani, ham da ularni jamiyat uchun vasiyat qilganligi bayon etiladi. Alisher Navoiyning «M unshaot» asari, ham da u tartib bergan « M ura qqa’ Mir Alisher»da jamlangan maktublar mazmuni, Alisher Navoiyning hayoti va faoliyati turli qirralarini va o 'z davri ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotini yoritishda ju d a katta tarixiy, ilmiy ahamiyatga ega hujjatlardir. U Xoja Ubaydulloh Ahror, uning muridlari va Abdurahm on Jomiyning dastxat maktublarini tartibga keltirib, maxsus « M ura qqa’ M ir Alisher» nomli dastxat avtograflardan iborat qimmatli 594 ta maktubni kitob holiga keltirib, bizga m eros qoldirgan. Ushbu m u ra q q a ’ asosida doktorlik dissertatsiyasini yozib, sharqshunos Asomiddin O'rinboyev tarix fanlari doktori degan unvonga ega bo'ldi. Keyingi yillarda olim ular to'g'risida rus, tojik, fors va ingliz tillarida bir necha kitob c h o p etib, Alisher Navoiyning tarix sohasidagi ko'rsatgan xizmatini dunyoga namoyish etdi. Alisher Navoiy yirik tarixchilar M u h am m ad Mirxond, Davlatshoh Samarqandiy va G'iyosiddin Xondamirlarning homiy va murabbiysigina emas, balki original tarixiy asarlari ijodkori sifatidagi xizmatlari ham alohida e ’tiborga loyiq, deb o'ylaymiz. Am ir Tem urning o'zi tarix ilmi taraqqiyotiga juda katta e ’tibor berdi. 189 S ultoni so h ib q iro n o 'z «Tuzuklar»ini yaratib, o 'z b e k davlatchiligi taraqqiyotiga bebaho hissa q o ‘shdi. Mirzo Ulug‘bek «Tarixi arb a’i ulusi Chingiziy»nomli juda qimmatli tarixiy asami t a ’lif qilishda shaxsan o ‘zi qatnashdi. Bundan tashqari bu davrda yashab ijod etgan jahonga m ashhur tarixchilar G ‘iyosiddin Ali, Nizomiddin Shomiy, Sharafuddin Ali Yazdiy, H o fiz i A b r u , M u ’i n i d d in N a t a n z i y , A b d u r a z z o q S a m a r q a n d i y , M uham m ad Mirxond, G ‘iyosiddin Xondamir va boshqalar asarlari ham on mutaxassislar uchun qimmatli tarixiy m anba, bitmas-tuganmas xazinadir. Alisher Navoiyning «Vaqfiya» asarida zikr etilgan m ol-m ulk ham uning o ‘z davri yirik m o l-m u lk , davlat egasi ekanligini k o ‘rsatadi. M irzo M u h a m m a d Haydarning yozishicha, Alisher Navoiyning bir kunlik daromadi o ‘n sakkiz ming shohruhiy ekan. Tarixchining yozishicha, Sulton Husayn davlat tepasiga kelgach, butun marhamatini Alisher Navoiyga ko'rsatadi. U esa o ‘z o ‘m ida mol-mulkini yurt obodonchiligi, olim -u fozillarga homiylik qilishga qaratgan. Tarixchilar G ‘iyosiddin Xondamir, Zahiriddin Bobur va boshqalarning yozishicha, Alisher Navoiycha hech kim k o ‘p binoi-hayr, xalq uchun imoratlar va binolar qurmagan ekan. Ahli fazl va hunaiga murabbiy va muqawiyligi ham juda mashhur. Alisher Navoiy o ‘zining tarixiy asarlarida bo'lib o 'tg an voqea va hodisalarga, shaxslaiga baho berishda yuksak insonparvarlik g'oyalaridan kelib chiqdi. Uning tarixchi olim sifatidagi amaliy faoliyati turkiy o'zbek tilidagi tarix ilmini yuksaklikka ko'tardi. Maxsus asar, ixcham risola, tazkira va maktublar yaratib, turkiy tildagi tarix ilmining keyingi rivoji va taraqqiyoti uchun zamin yaratdi. Alisher Navoiy o'zining «M uhokam at ul-lug'atayn» asarida siyosiy hokimiyat va til, madaniyat siyosati xususida quyidagi haqli fikrlarni bayon etadi: «...to mulk arab xulafosi va salotinida erdi, falak ul vaqtda nazm dabiriga arab tili birla jilva berdi...» Ya’ni mamlakatlar arab xalifalari va sultonlari davrida s h e ’riyat kotibi arab tilida ijod etdi. M am lakatlarning b a ’zilarida «sort salotini m ustaqil bo'ldilar, ul munosabat bila forsigo'y shuaro zu h u r qildilar». «To mulk arab sort salotinidin turk xonlarg'a intiqol topti, Huloguxon zam onida sultoni sohibqiron T e m u r Ko'ragon zam onidin farzandi xalafi Shohruh Sultonning zam onining oxirigacha turk tili bila shuaro paydo bo'ldilar». Alisher Navoiyning yuqorida keltirgan m uhim fikrini faqat sh e ’riyatga emas, balki u m um an madaniyat, shu jum la d an tarix ilmiga ham to'la tadbiq etsa bo'ladi. Buning yorqin misoli sifatida Alisher Navoiy yaratgan nasriy asarlar bo'lib, ulami keyincha Zahiriddin M u h am m ad Bobur, 190 M uham m ad Solih, Darvish M uham m ad Buxoriy, Abulg‘oziy Bahodirxon, Munis, Ogahiy, Bayoniy va boshqalar davom ettirdilar. Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling