Manbashunoslik


 .3 .1 3 . «Muntaxab ut-tavorix»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

7 .3 .1 3 . «Muntaxab ut-tavorix»
“ M untaxab ut-tavorix” ( “Saylanma tarix”) asarining muallifi qo'qonlik 
yirik tarixchi olim Hakim xon to'radir (taxm.1802 — vafot etgan yili m a’lum 
emas). Ota tarafidan naqshbandiya tariqatining yirik nam oyandalaridan biri, 
yirik ilohiyot olimi Maxdumi A ’zam Kosoniy (1461/62—1542/43)ning avlodi, 
ona tarafidan Q o'qon xoni N orbo'taxon (1770—1800)ning nabirasidir.
Otasi sayyid M a ’sum xon to 'ra U m arxon davri (1809— 1822)da va 
M uham m ad Alixon hukm ronligi (1822— 1842)ning dastlabki yillarida 
xonlikning shayxulislom i lavozim ini egallab turgan. H akim xon to 'ra
M uham m ad Alixon hukm ronligi aw alid a N am angan, T o 'ra q o 'rg 'o n va 
Kosonsoyda hokim bo'lgan. Lekin, k o 'p o 'tm a y otasi h am , o 'zi ham
x o n n in g g 'a z a b ig a d u c h o r b o 'lib , eg a lla b tu rg a n la v o z im la rid a n
bo 'shatilganlar va haj m arosim ini ado etish uchun Arabistonga jo 'n a tib
yuborilgan. Otasi yo'lda, M ozori sharifda 1834-yili vafot etgan. H akim xon 
to 'ra esa k o 'p m ashaqqatlar chekib, yetti yildan keyin Rossiya, Turkiya, 
Iroq, Suriya va F alastin orqali Makkaga yetib bordi. O 'sh an d a 1834-yili 
u O renburgda podshoh A leksandr 1 bilan uchrashish sharafiga m uyassar 
bo'lgan. H akim xon to 'ra M akka va M adina ziyoratidan qaytgach, 1828- 
yili, M uham m ad Alixondan cho'chib Q o'qonga borm adi va qolgan umrini 
K itobda kechirdi. O 'zin in g yozishicha, K itobda uning qarindoshlari va 
ozm i-k o 'p m i yer-suvi bo'lgan.
H akim xon to 'ra yirik tarixnavis olim b o'lib, o'zining “ M untaxab ut- 
tavorix” asarini 1843-yilning 29-m ay kuni yozib tam om langan.
“ M untaxab ut-tavorix”da qadimiy zam onlar, islomiyatdan avval o'tgan 
payg'am barlar, qadim gi Eron podshohlari, Xitoy va Yevropaning qadim iy
241


podshohlari, xalifayi R oshidindan to M ovarounnahm ing M ang‘it va Ming 
sulolasidan chiqqan oliy hukm dorlar zam onigacha kechgan tarixi bayon 
etiladi.
A sarda Q o 'q o n x onligining xonlik asoschisi S h o h ru h x o n (1 7 0 9 — 
1721)ning o ‘g ‘li va toj-taxt vorisi A bdurahim xon (1721—1724) zam onidan 
to N orb o 'tax o n , O lim xon va U m arxon davri tarixi yaxshi yoritilgan. 
Asarda m uallifning Rossiya, Turkiya, Iroq, Shorn (Suriya) va boshqa 
m am lakatlarga qilgan sayohati cho g 'id a olgan taassurotlari va o ‘sha 
m am lakat xalqlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti, tarixi va hayot tarzi haqida 
keltirgan m a’lum otlari ham diqqatga sazovordir.
“ M u n ta x a b u t- ta v o r ix ” n in g q o 'ly o z m a n u sx a la ri k am . U n in g
D ushanbeda, Tojikistonda A.A.Sem enovning uy m uzeyida saqlanayotgan 
forscha fotonusxasini A hror M uxtorov 1983-yili ikki kitob holida chop 
etd i. A sarn in g o 'z b e k c h a nusxasi ham b o 'lib , h o z ird a O 'z R FA 
S harq sh u n o slik in stitu ti xazinasida (raqam i № 594) saq lan m o q d a. 
K itobning ikkinchi jild i tan q id iy m atni yap o n iy alik o lim la r Yayoi 
Kawahara va Koichi H aneda tom on idan Tokio shahrida 2006-yili e ’lon 
qilindi.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling