Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

3.3. Arab tilidagi manbalar
146


(644—656) va uning Xurosondagi noibi Abdulloh ibn A m r davrida 
M ovarounnahrga bir necha bor bostirib kirganliklari va M aym u ig 'n i 
(Sam arqand tumanlaridan biri) talab qaytganliklari haqida m a ’lumot bor.
Asarda arablar asoratiga tushib qolgan mamlakatlar, ularning diqqatga 
sazovor shaharlari va osori-atiqalari, xalqi, pul m uomalasi, undiriladigan 
soliqlar, shuningdek arab tilining joriy qilinishi haqida ham qimmatli 
m a ’lumotlarni uchratamiz.
“ Kitob futuh al-bu!don”ning qisqartirilgan tahriri yetib kelgan, xolos. 
Arabcha matni de Guye tarafidan 1866-yili Leydenda chop etilgan. Uning 
inglizchataijimasi (tarjimonlarXitti va Murgotten) ham bor. Balazuriyning 
ushbu asarining to'liq nusxasi Y oqut va Ibn al-A sir asarlari u ch u n
m anbalardan biri bo'lib xizmat qilgan.
3.3.4. «Kitob masolik ul-mamolik»
Ushbu asar muallifi Ibn X urdadbeh yoki Abulqosim U baydulloh 
Xurdadbeh (820 — taxm. 913) asli eronlik bo'lib, u oliy martabali mansab- 
d o r xonadoniga mansub edi. Otasi IX asr boshlarida Tabariston hokimi 
bo 'lg an , Daylam viloyatini bo'y sundirib, xalifaning d i q q a t-e ’tiborini 
qozongan. Ibn Xurdadbeh B ag'dodda o'qigan va keng m a ’lumot olgan. 
U xalifa M o'tam id (870—892) davrida yuksak davlat lavozimlarida turgan, 
dastlab nadim, so'ng Eronning g'arbi-shimoliy tarafida joylashgan Jibal 
viloyatida sohib barid va-l-xabar (pochta va razvedka boshlig'i) lavozimini 
egallagan. Ibn Xurdadbeh turli mavzuda adab, tarix, geografiyaga oid 
o 'n g a yaqin asar bitgan bo'lib, ulardan eng muhimi “ Kitob masolik ul- 
m am olik” (“ Yo'llar va m am lakatlar haqida kitob”) nomli asari bo'lib, u 
846-yili yozib tam om langan.
Asarning qisqartirilgan tahriri bizgacha yetib kelgan va M. de G uye 
tarafidan 1889-yili chop qilingan. R uscha tarjimasi (tarjim on Noila 
Velixanova) 1986-yili Bokuda chop etilgan.
Kitobda arab xalifaligi qo'l ostidagi mamlakatlar, shaharlar, ularga 
boriladigan yo'llar, ular orasidagi masofa, aholidan undiriladigan soliq 
va jarimalarning miqdori haqida qimmatli m a ’lum otlar keltirilgan.
Ayniqsa, qadimiy So'g'd shaharlaridan Kushoniya (Samarqand atrolida 
j o y l a s h g a n ) , S a m a r q a n d , U s t r u s h a n a , S h a h r i s t o n ( U s t r u s h a n a
shaharlaridan), qadimgi Shosh, Ispijob (Sayram ) shaharlarida aholi 
o'rtasida m uom alada bo'lgan pul birligi, Null ibn Asad (vaf. 842) va 
A hm ad ibn Asad (819—846) davrida S o 'g 'd va F arg'onaning um um iy 
ahvoli, M ovarounnahr va F arg'onada IX asrda istiqomat qilgan turkiy 
xnlqlar haqidagi m a ’lumotlar benihoya qimmatlidir.
147


Bu asar muallifi yirik qomusiy olim Abu J a ’far M u h am m ad ibn Jarir 
at-Tabariy (836—923)dir. U, Eronning Tabariston viloyatiga qarashli Omul 
shahrida tug'ilgan, umrining ko ‘p qismini Bag‘dodda o ‘tkazgan va shu 
yerda vafot etgan. Tarixchi xalifalikning ko‘p shaharlarini aylanib chiqqan, 
birm uncha vaqt Ray, Basra, Kufa, Suriya va Misrda turgan.
Tabariy o ‘z davrining keng m a ’lumotli kishilaridan boMib, o ‘ndan 
ortiq kitob yozib qoldirgan. M usulmon qonunshunoslari orasida mavjud 
bo'lgan ixtiloflar bayon etilgan “ Kitob ixtilof al-fu q ah o ” (“ Faqihlar 
o'rtasidagi ixtiloflar haqida kitob”), “ Q u r’oni k arim ” oyatlari sharhiga 
bag'ishlangan o ‘ttiz (boshqa m a ’lumotlarga qaraganda qirq) jilddan iborat 
“J o m e ’ al-bayon a t- t a ’vil al-O u r’o n ” ( “Q u r ’o n ” so‘zlari m a ’nosining 
keng bayoni m ajm u asi” ) va nihoyat, “ Tarixi ar-rusul v a - l- m u l u k ” 
( “ Payg‘ambarlar va podshohlar tarixi”) ana shular jumlasidandir. Tarix 
ilmi uchun eng muhimi so'nggi asar hisoblanadi.
“Tarixi ar-rusul va-l-muluk” yoki qisqa nomi “Tarixi Tabariy” asari 
um um iy tarix tipida yozilgan kitob. Lekin, mukammalligi va daliliy 
materiallarga boyligi bilan boshqa asarlardan tam oman alohida ajralib turadi.
Asarda olamning “ yaratilishi”dan to 912—913-yillarga qadar Arabiston
Rum (Kichik Osiyo), Eron va Arab xalifaligi asoratiga tushib qolgan 
mamlakatlarda, shuningdek, 0 ‘zbekiston hududida b o ‘lib o ‘tgan ijtimoiy- 
siyosiy voqealar hikoya qilinadi. Voqelar yilma-yil, xronoligik tarzda bayon 
etilgan. Bu esa asardan foydalanishda ko‘p jihatdan qulaylik yaratgan. 
Tabariy mazkur asarini yaratishda yahudiy va xristianlarning naql-rivoyatlari, 
Sosoniylar (224—651 -y.) solnomasi “Xvaday nam ak” ( “ P odshohnom a”), 
al-Voqidiyning (747—823-y.) “ Kitob ul-m ag‘oziy” ( “ Urushlar haqida 
k ito b ” ), a l-M a d o in iy n in g “ Tarixi xulafo” ( “ Xalifalar ta rix i” ), Ibn 
Tayfurning (819—893-y.) “Tarixi Bag‘d o d ” ( “ Bag‘dod tarixi”) kabi 
asarlaridan keng foydalangan. Lekin, u k o 'p hollarda “ Hadis ilm i” 
tamoyiliga ko‘ra, ayniqsa asarning qadimiy tarixga bag'ishlangan qismlarida 
boshqa manbalardan olingan dalil va m a ’lumotlarni aynan keltirgan.
Kitobning qadimiy tarixdan bahs yurituvchi qismlari ham m a ’lum 
ilmiy qiymatga ega. Chunki, bularda bizgacha yetib kelmagan manbalarda 
(rivoyatlar, “ Xvaday n a m a k ” , “Tarixi xulafo” va boshqalar) mavjud 
bo'lgan qimmatli m a ’lumotlar, lavhalar saqlangan.
“Tarixi ar-rusul va-l-m uluk” m usulmon mamlakatlari, shuningdek, 
M ovarounnahrning VIII — IX asr tarixi bo'yicha asosiy va eng m o ‘tabar 
m anbalardan biri bo'lib, tarix ilmining keyingi taraqqiyotiga katta t a ’sir 
o'tkazgan. M azkur asarning arabcha ikki xil (mufassal va qisqartirilgan)

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling