Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

3.3 .14 . «Kitob al-ansob»
“ Kitob al-ansob” ( “ Nasablar haqida kitob” ) nomli asarning muallifi 
m a s h h u r b io g raf, ta rix c h i va sa y y o h A bu S a ’id Abdulkarim ibn 
M u h a m m a d as-S a m ’oniy (1113—1167)dir. U Marvda yirik qonunshunos 
olim oilasida dunyoga kelgan, Marv, Buxoro ham da Samarqandda tahsil 
ko'rgan, 1155—1156-yillari M o varounnahr va Xorazm bo'ylab sayohat 
qilgan, m a ’lum muddat Nishopur, Isfahon, Bag'dod, Xalab, Damashq 
h a m d a Quddus (lyerusalim) shaharlarida hayot kechirgan.
3.3 .1 3 . «Muqaddimat ul-adab»
155


S a m ’oniy “ Kitob al-ansob”d an tashqari yigirma jildlik “ Marv tarixi” 
nomli asarning ham ijodkoridir. A m m o , bu kitob bizgacha yetib kelmagan 
ko'rinadi. Taxminlarga ko‘ra, bu m uhim asar Chingizxon huruji vaqtida 
kuyib ketgan bo'Iishi m um kin, chunki o ‘shanda Marvning eng katta va 
boy kutubxonasi bilan birga S a m ’oniylar xonadoniga tegishli bo'lgan 
ikki yirik kutubxona ham (Yoqut Hamaviy S a m ’oniylar kutubxonasini 
ko'rganligini aytadi) yonib ketganmikan? Bizgacha olimning faqat “ Kitob 
al-ansob” asarigina yetib kelgan.
“ Kitob al-ansob” asari Ibn Xalliqonning ma lumotlariga ko'ra sakkiz 
jilddan iborat bo'lgan. Uning to'liq nusxasi ham yo'qolib ketgan ko'rinadi. 
K itobning tarixchi Ibn al-A sir ta ra fid a n ta h rir etilgan uch jildlik 
qisqartirilgan qismigina saqlanib qolgan, xolos.
“ Kitob al-ansob” asarining arabcha matni ikki m arta nashr etilgan, 
bosh qismi 1835-yili prof. D.S.Margoulis tarafidan chop etilgan. Uning 
B ayrut n a sh ri h a m b or. Bu a s a rd a is l o m i y a t d a n t o m u a llif n in g
zam onigacha m usulm on m am lakatlarida, k o 'p ro q Eron va Movaro- 
unnahrda o'tgan m ashhur kishilar haqida keng m a ’lumot beriladi.
“ Kitob al-ansob” M ovarounnahrning qadimiy tarixi, yirik shaharlari, 
qo'shni mamlakatlar, xususan Xitoy bilan bo'lgan savdo va madaniy 
aloqalarni o'rganishda m uhim m anbalardan biri hisoblanadi. Ushbu asar 
to'g'risida Sh.Kamoliddinov nom zodlik va doktorlik dissertatsiyalarini 
yoqlagan va rus tilida «Китаб ал-ансоб» Абу Саъда Абдулкарима ибн 
Мухаммада ас-С амани как и сточ ни к по истории и истории културы 
С редней Азии» (Т., 1993) nomli kitob nashr ettirgan.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling