Manbashunoslik
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
3.3 .9 . «Tarixi Yaminiy»
’’Tarixi Y a m i n i y ” 1 ( “Y am in ud-davla ta rix i” ) asa rining ijodkori Utbiydir. U ning haqiqiy ismi Abu Nasr M u h a m m a d ibn Abdujabbor Utbiy (taxm .961 —1077 yoki 1036) bo'lib, asli Eronning Ray shahridan. O lim ning xonadoni badavlat va nufuzli zodagonlardan bo'lib, uning tog'alari Somoniylarning vaziri sifatida xizmat qilishgan. Abu Nasr M u h a m m a d Utbiy ham yuqori davlat lavozimlarida turgan, Somoniylarning Xurosondagi noibi Abu Ali ibn Simjur (989—998), so'ngra Ziyoriylardan2 Shams ul-M aoliy Qobus ibn Vushmagir (998—1030) ning shaxsiy kotibi, keyinchalik G 'a z n a v iy la rd a n 3 S abuktakin (977—997), Sulton M ahm ud (998—1030) hamda Sulton Mas’ud (1031 — 1041) saroyida xizmat qilgan. M asalan, Utbiy Sulton M ahm udning elchisi sifatida (999) G archistonga4 borgan, keyin Ganj rustakda5 sohib barid bo'lib ishlagan va 1023-yili Sulton M ahm udning amri bilan xizmatdan chetlatllgan. 1 Y a m in (a ra b ) — o ‘n g q o ‘l, S u ito n M a h m u d g a B a g 'd o d x alifasi a l - Q o d i r (991 — 1 0 3 !) to m o n id a n b e rilg a n la q a b , fa x riy n o m . 1 Z iy o riy la r — 927 — ta x m in a n 1 0 9 0-yillarda E ro n n in g T a b a risto n h a m d a J u rjo n v ilo y atlarid a lu ik m ro n lik q ilg a n su lo la . ' G 'a z n a v iy la r — X u ro s o n , A f g 'o n is to n va S h im o liy H in d is to n u s tid a n 9 7 7 —1 186-yilIari lu ik m ro n lik q ilg a n su lo la . 1 O a r c h is to n — M u r g 'o b d a r y o s in in g y u q o ri o q im id a jo y la s h g a n ta rix iy v ilo y a t. J a n tib d a ( i'a /.n i, s h im o ld a M a rv a r r u d , s h a rq d a G ‘u r va g 'a r b d a B o d h iz , 11 1 rot v ilo y a ti b ila n tu la sh . ’ C ianj ru sta k — B o d h iz n in g s h a rq iy q is m id a jo y la sh g a n v ilo y at. 151 Manbalarda, xususan as-Saolibiy tazkirasida aytilishicha, al-Utbiy bir nechta yirik asar yozgan. Lekin, ulardan faqat bittasi — ’’Tarixi Yaminiy” nomli tarixiy asari saqlanib qolgan, xolos. Uning yana “ Latoif al-kuttob” (“ Kotiblaming latif so‘zlari”) nomli asari bo‘lib, u bizgacha yetib kelmagan6. ’’Tarixi Yaminiy” am ir Sabuktakin ham da Sulton M ahm ud zam onida G ‘aznaviylar imperiyasi tarkibiga kirgan Afg‘oniston, Xuroson, Xorazm va qisman Movarounnahrning 975— 1021 -yillardagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etadi. Asarda Qoraxoniylarning Movarounnahrni bosib olishi ( 9 9 2 - 996) haqida keltirilgan m a ’lum otlar benihoyat qimmatlidir. Asar o ‘rta asr tarixshunosligiga xos og‘ir saj — qofiyali nasr uslubida yozilgan. Unda hukmron sinfning maqsad va manfaatlari himoya qilinadi, xususan Sulton M ahm ud va uning yaqinlari ko ‘klarga ko'tarib maqtaladi. Shuning bilan birga, tarixchi uzluksiz davom etgan urushlar, zulm, turli- tum an soliq va jarim alar tufayli xonavayron bo'lgan m ehnatkash xalqning og'ir turmushiga ham ayrim o'rinlarda ko'z tashlab o'tadi. ’’Tarixi Yaminiy” asarining arabcha matni 1874-yili Dehli, 1874-yili Buloq va 1883-yili Lohur shaharlarida chop etilgan. U n d a n ayrim parchalar K.Shefer, T.NyoIdeke, G.Elliot va N .D o u s o n to m o n id a n fransuz, nemis va ingliz tillariga tarjima qilingan. Kitobning forscha tarjimalari bo'lib, eng durusti Abu Sharif Nosih al-Jorbozaqoniy qalamiga mansub. Bu tarjima Eronda 1856, 1956 va 1966-yillari chop etilgan. Asarni Londonda 1858-yili Reynolds ingliz tiliga tarjima qilgan. Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling