Manbashunoslik
Mavzuni niustahkamlash uchun savollar
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Tabariyning “Tarix ar-rusul va-l-muluk "asari tarixiy tnanba sifatida qanday xususiyatlarga ega
- 5. «Devonu lugat at-turk » asarining ilmiy ahamiyati nimada
- 4 -M A V Z U . X III - X IV A S R L A R M A N B A L A R I Darsning mazmuni
- Asosiy tushunchalar
Mavzuni niustahkamlash uchun savollar
/. Aral) tilida yozilgan manbalar va ularning yurtimiz tarixini о ‘rganishdagi ahamiyali qanday? 2. Beruniyning “Osor ul-boqiya ” asarining tarixni о ‘rganishdagi aham iyati nimada ? 3. Tabariyning “Tarix ar-rusul va-l-muluk "asari tarixiy tnanba sifatida qanday xususiyatlarga ega ? 4. Shihobuddin Nisoviyning “Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni ” asari mazmuni nimadan iborat va uning manba sifatidagi ahamiyati nimada ? 5. «Devonu lug'at at-turk » asarining ilmiy ahamiyati nimada? * U s h b u m a v z u S3. A h m e d o v a s a r i g a t a y a n i b v o r i t i l d i . 160 4 -M A V Z U . X III - X IV A S R L A R M A N B A L A R I Darsning mazmuni: Ushbu darsda vatanim iz tarixiga oid yozm a m anbalarning yaratilishida fors tilining tutgan o ‘rni, u tildagi asosiy m anbalar t o ‘g ‘risida talabalarga tushuncha beriiadi. Reja: 4.1. Asosiy ijtimoiy-siyosiy voqealar. 4.2. M o ‘g ‘ul va Xitoy tillarida yozilgan manbalar. 4.3. Huquqiy hujjatlar va yozishmalar. 4.4. Forsiy tilining m anbalarda tutgan o ‘rni. 4.5. Fors tilidagi manbalarning um um iy xususiyatlari va ahamiyati. Asosiy tushunchalar: Forsiy tildagi yozma manbalarga oid atam alar ham deyarli arab tilidagilar bilan bir xil ataladi yoki aynan bir tushuncha ikkala tilda ham ishlatiladi. 4.1. Asosiy siyosiy-ijtimoiy voqealar 1219—1221-yillar ichida O'zbekiston m o ‘g‘ullar tom onidan istilo etildi. 1227-yili Chingizxon Yettisuv, Koshg‘ar, M ovarounnahr va Xorazmning sharqiy qismini, shuningdek, hozirgi Afg'onistonning shimoliy qismini ikkinchi o ‘g ‘li C hig‘atoyga ( 1 2 2 7 - 1 2 4 1-y.) in ’om qildi. Bu ulus tarixda Chig'atoy ulusi nomi bilan mashhur. Chig‘atoy ulusining oliy hukmdorlari ham , qoraxitoylar singari, ulusni maxsus ijaradorlar, ya’ni xorazmlik m a s h h u r savdogar M a h m u d Yalavoch (1 1 2 5 -1 2 3 8 ) va uning o ‘g ‘li M a ’sudbek (1238—1289) yordamida idora qildilar. M unko qoon (1251 — 1260) taxtga o'ltirgandan keyin, Jo'ji ulusining oliy hukmdori Botuxon (1227— 1255) bilan til biriktirib, Chig‘atoy avlodining k o ‘pchi!igini qatl ettirdi va Chig‘atoy ulusini o'rtada bo'lib olishdi. Lekin, oradan ko'p vaqt o'tm ay, Olg'u (1261 — 1266) ulus mustaqilligini tiklashga muvaffaq bo'ldi. Muborakshoh (1266) va Baroqxon (1266—1271) davrida mo'g'ul hukmdorlari mahalliy aholi bilan yaqinlashish maqsadida islom dinini qabul qildilar. Natijada, 1266-yili xon hamda ba’zi m o'g 'u l urug'lari (masalan, jaloiriylar) Yettisuvdan Movarounnahrga ko'chib o'tdilar. Bu hoi o'z navbatida tarqoqlik va parokandalikka olib keldi. XIV asrning 50-yillariga kelib, Chig'atoy ulusi ikkiga ajralib ketdi - Yettisuv va Koshg'arda qolgan m o'g'ullar mustaqillik e ’lon qilib, o'z davlatlarini tuzib oldilar. Bu davlat tarixda Mo'g'uliston yoki Jete nomi bilan mashhurdir. M o'g 'u llar hukmronligi yillarida M ovarounnahr xalqi ikki to m o n la m a — m o'g'ul hukmdorlari dorug'alar, bosqoqlar ham da mahalliy yer egalari 161 zulmi ostida qoldi. U lar asosiy daromad solig'i xirojdan tashqari talaygina boshqa soliq va jarimalar — dorug'agi, sar shumor, ulufa, tam g'a, qupchur yasog'i, tag‘or, bigor va boshqalarni t o ‘lashga majbur etilgan edilar. O g ‘ir chorakorlik m e h n a ti, m o ‘g ‘ul hukm d o rlarin in g beboshligi mehnatkash xalqning sabr kosasini t o ‘ldirdi. Buxoro viloyatining xalqi kosib M ahm ud Tarobiy va ilohiyot olimi Shamsuddin Mahbubiylarning atrofiga uyushib, 1238-yili q o'z g'olon k o ‘tardi, lekin u boshqa shahar va viloyatlarga yoyilmadi. N atijada Buxorodagi q o ‘zg‘olon Yettisuv va Xo'janddan Ildiz no'yon ham da Chuqan qurchi boshchiligida yuborilgan m o'g 'u l q o ‘shini tom onida n bostirildi. Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling