Manbashunoslik
.3 .1 6 . «Sirot us-sulton Jaloluddin Mcnkburni»
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
3 .3 .1 6 . «Sirot us-sulton Jaloluddin Mcnkburni»
Xalqimizning buyuk o'g'loniga bag'ishlangan noyob asar “ Sirot us- 157 sulton Jaloluddin M enkbum i” (“Sulton Jaloluddin Menkbumining taijimai holi”) nomli kitobni vatandoshimiz Shihobuddin M u h a m m a d Nisoviy (vaf. 1249, Xalab) yozgan. Muarrixning to ‘liq ismi Shihobuddin ibn Ahmad ibn Ali M uham m ad Nisoviydir. Tarixchining otasi Xorazmshohlaming e ’tiborli amirlaridan biri bo'lgan. Niso viloyatiga qarashli Xurandiz qal’asining hokimi edi. Otasi vafot (1220) etgach, uning mol-mulki va mansabi o'g'liga o'tgan. U 1224- yilga qadar Niso viloyatining hokimi Nusratuddir Hamzaning noibi bo'lib xizmat qilgan. Nashjuvon (Nisoning katta qishloqlaridan) ham da al- Halqa (Juijon qishloqlaridan) da mo'g'ullar bilan bo'lgan janglarda shaxsan ishtirok etgan. So'n g Astrobod viloyatlaridan Kabud jo m a (hozirgi nomi Hojilar) hokimi Imom ud-davla Nusratuddin M uham m ad huzuriga kelgan va uning yordami bilan yana Nisoga qaytishga muvaffaq bo'lgan, lekin oradan k o 'p vaqt o 't m a y , N isoda o 'z a ro feodal urushlari kuchayib ketganligi sababli u Iroqqa ketib qoladi va 1224-yili Sulton Jaloluddin M enkbum ining (1220—1231) xizmatiga kiradi va uning kotibi (kotib al- insho) lavozimiga tayinlanadi. Shihobuddin M u h a m m a d Nisoviy bu lavozimda 1231 -yilgacha, y a ’ni sultonning o'limiga qadar xizmat qiladi. Keyin u Mayofarikin (D iyorbakr viloyatida) hokimi Ayyubiy al-M alik al-M uzaffar G 'oziyning (1220—1224) xizmatiga kiradi. Biroq, oradan ko'p vaqt o 'tm ay qamalib qoladi. Q am oqdan ozod etilgach, Ildegiziylar (1227—1235) huzurida, so'ngra 1238-yili Xarron (Eron Ozarbayjoni) qal’asiga hokim etib tayinlanadi. Oxiri Xalab (Suriya) sultoni al-M alik an-N osir Salohiddin Yusuf ibn al-Azizning xizmatiga kiradi va umrining oxirigacha Xalabda istiqomat qiladi. Shihobuddin M uham m ad an-Nisoviy O'rta Osiyo, Kavkaz, Yaqin va O 'rta Sharq mamlakatlarining m o'g'ul istilosi davridagi (1220—1231) ijtimoiy-siyosiy ahvolidan bahs yurituvchi “ Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni” nomli qimmatli kitob yozib qoldirgan. Asar 1241 -yilda Xalabda yozib tugallangan bo'lib, u m em uar — xotira-yodnoma tarzida yozilgan. Kitob m uqaddim a va 108 bobdan iborat. Asarning I —IV boblarida m o'g 'u l-tatarlar, Chingizxonning kelib chiqishi, xon bo'lib ko'tarilishi masalalari ixcham tarzda bayon etilgan. V—XXII boblar xorazmshoh Alouddin M u h am m ad n in g hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan. XXI11 bobdan boshlab kitobning to oxirigacha m o'g'ul istilosi va x o r a z m s h o h A l o u d d i n M u h a m m a d n i n g fojiali t a q d i r i , s u l t o n Jaloluddinning hayoti va kurashi, fojiali halokati hikoya qilinadi. Ushbu asarning 1224—1231-yillar voqealarini o 'z ichiga olgan boblari ! 58 original va z o 'r ilmiy ahamiyatga ega, chunki bayon etilmish voqealarning ko'pchiligida muallifning bevosita shaxsiy ishtiroki bor. M ana shuning uchun ham bu kitob tarix ilmi namoyandalarining diqqat- e ’tiborini o ‘ziga jalb etm oqda. U ndan ham o ‘tmishdagi muarrixlar al- Futuw atiy (1244—1323), Ibn Xaldun (1332—1406), Badruddin Ayniy (vaf. 1451) qimmatli m anba sifatida foydalanganlar. Zamonaviy sharqshunoslar ham o ‘sha daviga oid tadqiqotlarida bu asarni chetlab o ‘ta olmaydilar. “ Sirot us-sulton Jaloluddin M en k b u m i” nomli asarning arabcha matni, fransuzcha tarjimasi bilan 1891 — 1895-yillari Parijda ham da Qohirada chop qilingan. U ning qisqartirilgan turkcha (tarjimonlar Yusuf Ziyo va A hm ad Tavhid) va forsiy (tarjimonlar M u h a m m a d Ali Nosih va Mujtab Minoviy) tarjimalari mavjud. Asarning tu rkm anlar va T urkm anistonning XIII asrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvolidan hikoya qiluvchi qismi rus tilida (tarjimon S. L. Volin) nashr etilgan edi. Kitobni t o i i q holda a w a l Bokuda, keyin Moskvada Z .M .B uniyatov rus tiliga tarjima qilib, ilmiy izohlar bilan nashr ettirgan. Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling