Manbashunoslik
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
4.4.3. «Chor maqola»
“ C h o r m aqola” nomi bilan m ashhur bo'lgan bu qiziqarli asar muallifi Nizomiy Aruziy Samarqandiydir. Uning o 'z ismi Najm uddin Ahmad ibn U m a r ibn Ali bo'lib, asli samarqandlikdir. Otasi bir vaqtlar Saljuqiy Alp Arslon xizmatida bo'lgan. Bo'lg'usi olim IX asrning 90-yillarida tu g 'ilg a n , 1116—1 1 19-yillari S u lto n S a n ja r (1 118—1157) saroyida Nishopurda hayot kechirdi, so'ngra G u r va Bomiyonda (Afg'onistonning m arkaziy qism ida joylashgan viloyatlar) hukm surgan Shansabiylar xizmatiga kirdi va umrining oxirigacha o'sha yerda yashadi. 167 “ C h o r m aqola” ilmiy, etik-didaktik mavzuda yozilgan asar b o ‘lib, “ M ajm a’ ul-g‘aroyib” ( “Ajoyibotlar m ajmuasi”) nomi bilan ham ataladi. Asar 1156— 1157-yillarda bitilgan bo'lib, to 'rt qism dan iborat: Dabir (kotib)lar va dabirlik haqida; S h e’riyat ilmi va shoirlarning qadr-qimm ati haqida; Sayyoralar haqidagi ilm va munajjimlik haqida; Tibb (meditsina) va tabiblik xususida. Birinchi qismda qoraxitoylar bilan Sulton Sanjar o ‘rtasidagi 1141- yilning 9-sentabrida Samarqand atrofida bo'lgan urush, Qoraxitoylar bilan Xorazm, shuningdek, Sulton M ahm ud G 'aznaviy bilan M ovarounnahr hukmdori Qoraxoniy Bug'raxon M u h am m ad (1033— 1056-yillar atrofida vafot etgan) o'rtasidagi siyosiy munosabatlar, qoraxitoylar istilosi arafasida Buxoro sadrlarining u m u m iy ahvoli h a q id a qisqa, lekin q im m a tli m a ’lum otlar keltirilgan. “ C h o r m aqola” ning ikkinchi qismida ham m uhim m a ’lumotlarni uchratam iz. M ashhur forsiyzabon shoirlar Rudakiy (taxm .8 6 0 -9 4 1 ) , Farruhiy (1038-yili vafot etgan), Firdavsiy (taxminan 940— 1020— 1030- yillar orasi)larning hayotiga oid, shuningdek, Bodhizning tabiiy sharoiti, masalan u yerda bo'lgan 1000 ga yaqin koriz, uzum ning 120 ta navi, Qoraxoniylar davrida M ovarounnahrning adabiy va madaniy hayotiga oid axborotlar shular jumlasidandir. Uchinchi qismda Abu Rayhon Beruniy va U m a r Hayyomning (taxm. 1048—1123) hayoti (Nizomiy Aruziy Samarqandiy u bilan yaqindan tanish bo'lgan) bilan bog'liq m a ’lum otlar berilgan. To'rtinchi qismda o'zbekistonlik buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning (980—1037) Buxoro va Xorazmdagi ilmiy faoliyati bilan bog'liq m a ’lumotlarni uchratamiz. Xullas, Nizomiy Aruziy Samarqandiyning ushbu asari O'zbekiston- ning X—XI asrlardagi ijtimoiy-siyosiy va m adaniy hayotini o'rganishda m uhim ahamiyatga ega bo'lgan m anbalardan biri hisoblanadi. “ C h o r m aqola”ning forsiy matni 1910 va 1955— 1957-yillarda eronlik sharqshunos olimlar Mirzo M uham m ad Qazviniy ham da M uham m ad M u ’in tom onidan chop qilingan. Asar ingliz tiliga 1921 -yili va 1963-yili rus tiliga tarjima qilingan. Sharqshunos M ah m u d Hasaniy uni o'z bek tiliga tarjima qilib chop ettirgan. Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling