Manbashunoslik
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
4.4 .1 2 . «Tarixi guzida»
“Tarixi guzida” (“ Saylangan tarix”) asari muallifi Hamdulloh Qazviniy bo'lib, u X III asrso'nggi choragi va XIV asrning birinchi yarmida yashab o'tgan yirik geograf va tarixshunos olimdir. U ning to'liq ismi Hamdulloh ibn Abubakr ibn Ahmad ibn Nasr Mustavfiy Qazviniy bo'lib, kelib chiqishi 179 b o 'y ic h a arab va 1281-yili E ro n O zarbayjonining Qazvin sh ah rid a tug‘ilgan. Hamdulloh Qazviniy Rashiduddin davrida Qazvin, Abhar va Zanjon viloyatlarining moliya ishlarini boshqargan. Rashiduddin qatl etilgandan so‘ng, uning o'g'li G ‘iyosuddin M uham m ad (1327— 1336-yillarda Elxoniy Abu Sa’idning vaziri b o ‘lgan)ning xizmatida bo'lgan. Tarixchi 1350-yili vafot etgan. Hamdulloh Qazviniy “ Z afarnom a” , “Tarixi guzida” ham da “ N uzhat ul-qulub” nomli asarlar muallifidir. “Tarixi guzida” umumiy tarix y o ‘nalishida yozilgan asar b o ‘lib, unda qadim zam onlardan to 1330-yilgacha Eron va qisman, 0 ‘rta Osiyoda bo'lib o ‘tgan voqealar bayon etilgan. Hamdulloh Qazviniy vafotidan keyin o'g'li Zaynuddin tom onida n asar davom ettirilgan va unga 1392-yilgacha E ronda b o i i b o ‘tgan voqealar qo'shilgan. Kitobning asosiy qismi hoji G 'iyosuddin M uham m adga bag'ishlangan. Asar m uqaddim a-fotiha va olti bobdan iborat: 1) Payg‘am barlar va avliyolar; 2) islomiyatdan avval o ‘tgan Eron podshohlari; 3) M uham m ad Payg‘ambar, xalifayi roshidin, umaviylar va Abbosiylar tarixi; 4) Abbosiylar davrida Eron, Afg‘oniston va 0 ‘rta Osiyoda hukmronlik qilgan Safforiylar, Somoniylar, G'aznaviylar, G ‘uriylar, Daylamiylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, m o ‘g‘ullarva boshqa sulolalar tarixi; 5) Islomiyat davrida o ‘tgan shayxlar, olimlar va shoirlar; 6) Qazvin shahrining tarixi. “Tarixi guzida” Eron, 0 ‘rta Osiyo ham da 0 ‘zbekistonning X II I— XIV asrning birinchi yarmidagi tarixini o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. 1910-yili ingliz sharqshunosi E.Braun tom onidan matn va qisqartirilgan inglizcha tarjimasi hamda 1960-yili Abdulhusayn Navoiy asar matnini nashr qilgan. Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling