Manbashunoslik
.1 1 . «Jome’ ut-tavorix»
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
4.4 .1 1 . «Jome’ ut-tavorix»
“J o m e ’ ut-tavorix” ( “Tarixlar majmuasi”) asarining muallifi mashhur qomusiy olim, tarixchi, tilshunos, tabib va yirik davlat arbobi Rashiduddin Fazlulloh ibn Imoduddavla Abuixayral-Hamadoniydir. Uning ota-bobolari ham o ‘z zamonining o'qimishli kishilaridan bo'lganlar. Masalan, bobosi dastlab yirik qomusiy olim Nosiruddin Tusiy (1201 — 1274) bilan birgalikda Alamut qal’asida1 Ismoiliylar xizmatida bo'lgan, so'ng m o'g 'ullar tarafiga o'tib ketgan. Otasi Imoduddavla Abulxayr o'rtahol kishi bo'lib, Hamadonda tabibchilik bilan kun kechiigan, keyinchalik Elxoniylar saroyiga taklif qilinib, u yerda ham o'z kasbi bilan shug'ullangan. Rashiduddin 1247-yili Hamadonda tug'ilgan. Yoshligidan yaxshi o'qib, ota kasbidan tashqari, ko'pgina ilmlarni — ilohiyot, tabiiy fanlar, m um toz adabiyot, tarix, geografiya va boshqa fanlarni puxta egallagan. Rashiduddin Elxon Abaqaxon (1265—1282) davrida uning shaxsiy tabibi b o 'lib xizm at qilgan, keyincha G 'o z o n x o n ( 1 2 9 5 - 1 3 0 4 ) va O'ljoytuxon (1304— 1317)lar vaziri bo'lgan. Ushbu xonlarning homiyligi, ayniqsa o'z ining tadbirkorligi orqasida, davlatning moliyaviy muassasasi t a m o m a n uning qo'lida edi, Rashiduddin vazirlik yillari (1298—1317) o 'z d avrining eng badavlat va nufuzli kishilaridan biriga aylandi. Halokuiylar davlatining turli viloyatlarida uning 80 000 gektar hosildor yer-suvi, bog'lari, o'nlab ham m om , karvonsaroy, hunarmandchilik va savdo do'konlari, yaylovlarda esa 250 000 qo'yi, 30 000 yilqisi, 10 000 tuyasi bo'lgan. Rashiduddinning shaxsiy boyligi, tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, 35 000 000 dinorga teng bo'lgan. Uning ko'p sonli 1 A la m u t q a l’asi — Q a z v in n in g sh im o li-g ‘arb iy ta ra fid a , E lb u rs to g 'id a jo y la sh g a n m u sta h k a m q a l’a . Ism o iliy la rn in g m u h im q a ro rg o h la rid a n . 177 o ‘g ‘illari (16 nafar) Bag‘dod, Rum, Gurjiston, Ardabil, Isfahon, Fors, Xuziston, Kirmon va D o m g ‘on viloyatlarining hokimi edilar. R ashid u d d in feodal tarqoqlik va ayirm achilik tarafdori b o ‘lgan ko'c hm anchi turk-m o'g'ul katta yer egalaridan farqli o'laroq, o'troqlik ham da markaziy davlat muassasini mustahkamlash tarafdori edi. Uning G ‘ozonxon davrida o ‘tkazgan m a ’muriy va moliyaviy islohotlari shunga qaratilgandi. Oxiri Rashiduddin elxoniylar saroyida hukm surgan fitna qurboni b o ‘ldi. Endigina taxtga o ‘tqazilgan Abu S a’idxon (1317—1335) R a s h id u d d in n i s a ro y d a n ch e tla sh tird i. O ra d a n b ir yil o 't g a c h , u 0 ‘ljoytuxonni zaharlab o'ldirishda ayblanib, 1318-yilning 18-iyulida qatl etildi, barcha mol-mulki musodara qilindi. 0 ‘shanda uning Tabrizdagi 600 000 jild kitobga ega boy kutubxonasi ham talon-taroj qilindi. Rashiduddin tarixda o'zining yirik asarlari bilan ham nom qoldirdi. Ilohiyot ilmining ayrim masalalariga bag'ishlangan “A l-m ajm uot ar- Rashidiya” ( “ Rashiduddinning m ajmualari”), tibbiyotga oid “Al-osor v a - l - i h y a ” ( “ T irik n a r s a l a r n i n g q o l d i q l a r i ” ), “ B ayon a l - h a q o i q ” ( “ Haqiqatlar bayoni”), qurilish masalalariga bag'ishlangan “Asila va ajiba” ( “Ajib va asil narsalar” ) va nihoyat, jahon tarixini o 'z ichiga olgan “Jom e ut-tavorix” uning qalamiga mansub asarlar jumlasidandir. Olimning bizning zamonamizgacha to 'la yetib kelgan birdan-bir asari ana shu “Jom e ut-tavorix” bo'lib, u o 'r ta asr tarixnavisligining o'ziga xos noyob obidasi hisoblanadi. Bu kitob o 'rta asr Sharq tarixchiligida yangi a n ’anani boshlab bergan asar. Unda umumiy tarix sifatida musulmon m am lakatlari tarixi bilan birga, G 'a r b m am lakatlari, Xitoy h am d a Hindiston tarixini ham yoritishga intilgan, Sharq mamlakatlari tarixi um um jahon tarixining bir qismi, deb hisoblagan. “J o m e ut-tavorix” asari 1301 —1311 -yillar orasida G 'o z o n x o n n in g topshirig'i bilan yozilgan. Asar uch qismdan iborat: 1) M o'g'ullar va ular asos solgan davlatlar Ulug' yurt, ya’ni M o'g'uliston, Elxoniylar davlati ham da m o'g'ullar asoratiga tushib qolgan mamlakatlar, Shimoliy Xitoy, O 'rta Osiyo va Yaqin ham da O 'rta Sharq mamlakatlari xalqlarining m o'g'ul istilosigacha bo'lgan qisqacha tarixi; 2) Sharq mamlakatlari xalqlarining islomiyotdan avvalgi tarixi, Arab xalifaligi va uning tarkibida tashkil topgan G'aznaviylar imperiyasi, Saljuqiylar davlati, Xorazmshohlar davlati tarixi; Xitoy, qadimgi yahudiylar, franklar, Rim imperiyasi va Hindiston tarixi; 3) Yer kurrasi ham da yetti iqlim mamlakatlarining geografik holati. Afsuski, asarning so'nggi, uchinchi qismi saqlanmagan. Q o'lyozm a 1318-yili Rashiduddinning shaxsiy kutubxonasi talon-taroj qilingan vaqtlarda yo'qolgan bo'lishi mumkin. 178 M azkur asar, ayniqsa uning turk va m o ‘g ‘ul xalqlarining Chingizxonga qadar kechgan tarixi M ahm ud Koshg‘ariy va Alouddin Otamalik Juvayniy asa rla ri, E lx o n iy la r k u tu b x o n a sid a s a q l a n a y o t g a n “ O ltin d a f t a r ” , Chingizxon va uning ota-bobolari tarixi, shuningdek, tu rk -m o ‘g ‘ul xalqlari tarixi va rivoyatlarini yaxshi bilgan kishilar, P o ‘lod, C h je n -s y a n , G 'o z o n x o n va boshqalarning og‘zaki axborotlari, G ‘arb mam lakatlari, Xitoy va Hindiston xalqlari tarixiga oid qismlari o 'sh a vaqtlarda Eronga kelib qolgan fransiyalik ikki katolik rohib, ikki xitoylik olim va kashmirlik rohibning ishtirokida yozilgan. To'plangan m a ’lumotlarni tartibga solish ishlarini muallifning yordamchilari Abdulla K oshoniy h a m d a A hm ad Buxoriylar bajarganlar. “J o m e ut-tavorix” asarining ayniqsa t u r k - m o ‘g ‘ul xalqlari tarixini o ‘z ichiga olgan qismi Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o'rganishda katta ahamiyatga ega. Kitobning O 'rta Osiyo, Eron va Kavkaz orti xalqlarining X I 11 asr bo sh larid ag i ijtim oiy-siyosiy h a y o tig a oid q ism la ri h a m benihoyatda qimmatlidir. Asarning ayrim qismlari Katrmer (1836), E.Bloshe (1911), K.Yan (1941), I.N.Berezin (1858—1888) to m o n id a n rus, fransuz h am d a nemis tillariga tarjima qilingan va forscha m atni, so'zboshi bilan chop qilingan. U n i n g o 'z b e k tilig a q ilin g a n ik k ita ta r j i m a s i b o r. U l a r d a n biri S hayboniylardan K o'chkinchixonning (1510—1530) topshirig'i bilan M u h a m m a d Ali ibn Darvish Ali Buxoriy t o m o n i d a n q ilin g a n va m uqaddim a va uch jilddan iborat. Bu tarjimaning noyob qo'lyozmasi O 'z bekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy n o m id a g i S h a rq s h u n o slik instituti fo n d id a 2 -ta r tib ra q am i ostid a saqlanmoqda. Ikkinchi tarjima esa 1556-yili Niso shahrida Solur bobo ibn Qul Ali tom onida n Urganch hokimi Ali Sultonning (1572-yili vafot e tg a n ) b u y ru g 'i bilan bajarilgan b o 'l i b , u n in g q o 'l y o z m a nusxasi Ashxobodda T urk m an isto n F anlar akadem iyasining Til va adabiyot institutida saqlanadi. “J o m e ut-tavorix” asarining to'liq ruscha tarjimasi 7 nafar m o 'ta b a r q o 'ly o zm ala r asosida 1946—1960-yillarda S an k t-P eterb u rg d a amalga oshirilgan. Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling