Manbashunoslik
.4 .9 . «Lubob ul-albob»
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
4 .4 .9 . «Lubob ul-albob»
“ Lubob ul-albob” ( “ Q alblarqalbi” , 1222— 1223-yillari yozilgan) nomli asarning muallifi S a ’d u ddin M u h a m m a d Avfiy bo'lib, u XII asrning so'nggi choragi va X III asrning birinchi yarmida yashagan adib, tarjimon va tazkiranavis olimdir. Avfiy 1 172—1177-yillar orasida Buxoroda tug'ilgan, asosiy m a ’lumotni ona shahrida olgan va 1201 -yili S am arqand hokimi Qoraxoniy Ibrohim IV ibn Husayn (1178—1204) saroyiga taklif etilgan. U, bu yerda ko'pgina lo/.il kishilar, ju m la d a n shayx N ajm uddin Kubro (1221-yili Urganjda m o 'g 'u ll a r qirg'ini v a q tid a halok b o 'lg a n ) h am d a shayx M ajdiddin Hag'dodiy (1216-yili xorazm shoh Alouddin M uham m adning amri bilan • I ii I elilgan) bilan uchrashgan. 173 Olim 1205-yildan boshlab M ovarounnahr va Xuroson b o ‘ylab k o ‘p sayohat qilgan, dastlab Niso, Marv, Tus, Hirot va Seistonda bo'ladi. U Nishopurda ham bo‘lib, Xurosonning yetuk arabiynavis va forsinavis shoirlari bilan yaqindan tanishadi. Xullas, olim Xuroson shaharlari bo'ylab qilgan sayohati vaqtida b o ‘lajak tazkirasi uchun m a ’lumotlar t o ‘playdi. Avfiy m o ‘g‘ullar istilosi arafasida Hindiston safariga otlanadi. G ‘aznaga yetganda Chingizxon (1206—1227) boshliq m o ‘g ‘ul qo'shinlarining O 'rta Osiyoga bostirib kirgani h aq id a xabar tarqaladi. Olim X u ro so n va M ovarounnahrdan kelgan qochoqlarga q o ‘shilib Hindistonga j o ‘naydi va 1222-yili P an jo b n in g U c h viloyatiga kelib, bu yerning hokim i Nosiruddin Q abochaning (1205—1227) xizmatiga kiradi. O radan k o ‘p vaqt o'tm ay, Avfiy Gujoratga qozi qilib tayinlanadi. U 1227-yili Dehliga ko ‘chib kelib, Sulton Sham suddin Eltutm ishning1 xizmatiga kiradi va umrining oxirigacha shu yerda kun kechiradi. Nuriddin M u h am m ad Avfiy U chda turgan vaqtida o ‘zining “ Lubob ul-albob” nomli tazkirasini yozdi, G ujoratda esa arabiynavis olim qozi Muhsin Tanuhiyning (9 4 0 -9 9 4 ) “Al-faraj b a ’d ash-shiddat” (“ Ofatdan so‘nggi ovunish” , 984-yili yozilgan) nomli asarini arab tilidan fors tiliga tarjima qildi. “Javomi ul-hikoyat va lavomi’ ar-rivoyat” ( “ Hikoyatlar majmuasi va rivoyatlar sh u ’lasi”) asarini ham o ‘sha yerda yoza boshladi. “ Lubob ul-albob” tazkira b o ‘lib, unda 0 ‘zbekiston, Xuroson, Iroq, Ozarbayjon, G ‘azna ham da G ‘arbiy Hindistonda X—X ll asriarda yashab ijod etgan 299 shoir va adib haqida um um iy m a ’lumot beriladi. Asar Uch viloyatining hokimi Raziuddin Abubakming topshirig‘i bilan yozilgan. “ Lubob ul-albob” ning forsiy matni 1903 va 1906-yillari E.Braun va Mirza M u h am m ad Qazviniy tarafidan chop etilgan. Avfiyning ikkinchi m uhim asari “Javomi ul-hikoyat” b o ‘lib, 1227— 1236-yillar orasida yozilgan. Asar t o ‘rt qismdan, har bir qism esa 25 bobdan iborat. U Hindiston, Eron, 0 ‘rta Osiyo va 0 ‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga oid 2113 ta tarixiy latifadan iborat. Biz uchun uning ayniqsa t o ‘rtinchi qismi alohida ahamiyat kasb etadi. Bu qismda 0 ‘rta Osiyoning qadimiy turkiy xalqlari va Buxoro sadrlari haqida m uhim m a ’lumotlar bor. “Javomi ul-hikoyat” chop qilinmagan. Ayrim qismlari I.Nizomutdinov va T.Fayziyev tom onidan o ‘zbek tiliga taijima qilingan. 1 S h a m s u d d in E ltu tm ish ( 1 2 1 1 —1 2 3 6 )—X III a s rd a S h im o liy H in d is to n n i id o ra q ilg a n M u ’iz z iy la r su lo la sid a n . 174 “Tarixi ja h onkushoy” ( “Jahongir (Chingizxon) tarixi”) nomli yirik tarixiy asarni yaratgan tarixchi XIII asrda o ‘tgan yirik olim va davlat arbobi Juvayniydir. Uning to'liq ismi Alouddin Otamalik ibn Bahouddin M u h a m m a d al-Juvayniy. U 1226-yili G 'a rb iy X uroso n n in g Juvayn hududiga qarashli Ozodvor qishlog'ida badavlat va nufuzli siyosiy arbob oilasida tug'ilgan. Otasi Bahouddin M u h am m ad Xorazm shoh Alouddin M u h am m adning Xurosondagi noibi bo'lgan, m o 'g 'u llar xuruji vaqtida S u lton J a lo lu d d in bilan birga ularga qarshi j a n g la r d a q a tn a sh g a n . M o 'g'ullar 1221 -yili Nishopurni ishg'ol qilgach, Bahouddin M u h am m ad Tusga qochib bordi va uning m ustahkam q a l’alaridan biriga yashirindi. Lekin q a l ’a hok im i uni b an d g a olib, m o 'g 'u l lash k arb o sh ila rid an Q o'lbo'lotga topshirdi. Q o 'lbo'lot asirning m a ’lumotli va iste’dodli shaxs ekanligini anglab, uni tirik qoldirdi. Keyincha Bahouddin M u h am m ad m o'g'ullar xizmatiga qabul qilindi va to vafotiga (1258) qadar Xurosondagi m o 'g 'u l hokimlari C h in te m u r, Kirko'z, A rg'un o g 'a huzurida sohib devonlik vazifasida turdi. Bahouddin M u h am m ad d a n ikki o'g'il qoldi. T o'ng'ichi Shamsuddin M u h a m m a d 1262 — 12 8 3 - y i l la r i E r o n d a g i m o ' g ' u l h u k m d o r l a r i Elxonlardan Halokuxon (1256—1265) ham da Abaqaxon (1265—1282)ning vaziri, sohib devoni bo'lgan va m am lakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o'ynagan. Kenja o'g 'li Alouddin yoshligidan yaxshi o'qidi, arab, fors, keyinchalik m o 'g'ul va uyg'ur tillarini m ukam m al o'rgandi, o 'rta asr fanining bir talay sohalarini puxta egalladi. U yoshligidayoq m o'g'ul hukmdorlari xizmatiga qabul qilindi va Kirko'z ham da Arg'un og'aning devonida xizmat qildi. Alouddin Otamalik Juvayniy Arg'un og'a bilan uch m arta 1246—1247, 1249—1251, 1252— 1253-yillari Mo'g'ulistonga, Q oraqo'rum ga bordi. U 1256-yilning boshlarida Halokuxonning buyrug'i bilan Ismoiliylar hukmdori Rukniddin Hurshoh huzuriga M aym anduz qal’asiga elchi bo'lib bordi va unga qarshilik ko'rsatmay taslim bo'lish haqidagi t a l a b n o m a n i to p s h ird i. J u v ay n iy M a y m a n d u z n i m o 'g 'u l q o 's h in la ri t o m o n i d a n ishg'o l qilish c h o g 'id a Ism oiliylarning boy kutubxonasini talon-tarojdan saqlab qoldi. Alouddin Otamalik Juvayniy 1259-yili Iroq va Xuzistonga hokim, malik qilib tayinlandi. O'shanda u Bag'dod va uning atrofidagi joylarni obod qildi. Tarixchi Vassofning (XIII asr oxiri — XIV asrning birinchi yarmi) m a ’lumotlariga qaraganda, u katta mablag', 10000 oltin dinorsartlab Frot daryosidan Kufa va Najafga suv olib kelgan. Juvayniy bu lavozimda 20 yildan ortiq turdi. 1271-yili raqiblari qozi sayyid Tojiddin Ali ibn Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling