Manbashunoslik
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
4.4.13. «Ravzat uli-l-albob»
“ Ravzat uli-l-albob” yoki “ Ravzat uli-l-albob fi tavorih al-akobir va- 1-ansob” (“Akobir va asil (kishilar) tarixi xususida oqillar bog‘i” ) nomli asa rn in g ijodkori F a x ru d d in Abu S u la y m o n D ovud ibn Abulfazl M uham m ad Banokatiy (1330-yili vafot etgan) bo'lib, u XIII asrning II yarmi va XIV asr I yarmining birinchi choragida o'tgan shoir va yirik tarixchi olimdir. U, ko'proq Banokatiy nomi bilan mashhur. Banokat Toshkentning eski shahar nomlaridan biri b o l i b , u Iloq, y a ’ni O hangaron daryosining Sirdaryo bilan qo'shilish joyi yaqinida joylashgan qadimiy shahar, 1392-yilidan boshlab Shohruhiya nomi bilan 180 atalgan. Tarixchi m a n a shu shaharda tug'ilgan. Elxon G 'o z o n x o n ham d a O'ljoytuxon saroyida xizmat qilgan va 1301-yili malik ush-shuaro (shoirlar podshohi) unvoniga sazovor bo'lgan. Lekin, Banokatiy k o 'p ro q tarixchi olim sifatida va jahon tarixini o'z ichiga olgan “ Ravzat u li-l-albob” nomli asari bilan m ashhur bo'ldi. Asar 1317-yili yozib tam o m la n g a n va m uqaddim a ham da to 'qqiz qism dan iborat: 1) Odam Atodan to Muso payg'ambaigacha o'tgan davrda yashagan payg'ambarlar; 2) Qadimiy Eron podshohlari; 3) M uham m ad payg'ambar, xalifayi roshidin, im om lar, Umaviya va Abbosiya xalifalari davri; 4) Abbosiylar bilan ha m a sr bo 'lg an Tohiriylar, Safforiylar, Somoniylar, Xorazmshohlar va boshqa sulolalar; 5) Yahudiylarning payg'ambarlari va podshohlari; 6) Xristianlar va franklar tarixi, xristianlarning dini va e ’tiqodi, A rm aniston va frank m am lakatlarining geografik holati; 7) Hindiston tarixi, hindlarning dini va e ’tiqodi; 8) Xitoy tarixi va uning geografik holati, xitoylarning dini va urf-odatlari; 9) M o'g'ullarning tarixi va ularning istilochilik yurishlari. “ Ravzat uli-l-albob” asari Rashiduddinning “Jom e ut-tavorix” asari asosida yozilgan b o 'lib , unin g qisqartirilgan tahriri deb aytish ham mumkin. Lekin, Banokatiy asarida Rashiduddin kitobida uchram aydigan m a ’lum otlar ham bor. Masalan, yetti iqlim m amlakatlarining tavsifi, l-ronning 1310— 1317-yillar orasidagi tarixi shular jumlasidandir. Xullas, Banokatiyning mazkurasari O'zbekistonning X III—X IV asm ing birinchi choragidagi tarixi, geografik holati va aholisining turm ushini o'rganishda m uhim m anbalardan hisoblanadi. “ Ravzat uli-l-albob” XVII asrdan buyon ilmiyjamoatchilikning diqqat- e ’tiborini o'ziga tortib kelmoqda. Uning ayrim qismlari lotin, turk, ingliz ham da fransuz tillariga tarjima qilinib chop etilgan. Kitobdan Alisher Navoiy o'zining tarixiy asarlarini yaratishda foydalangan. Asarning q o'lyozm a nusxalari Toshkent, Sankt-Peterburg, Qozon, Dushanbe va xorijiy m am lakatlar kutubxonalarida mavjud.* Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling