Manbashunoslik


Mavzuni mustahkamlash uchun berilgan savollar


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

Mavzuni mustahkamlash uchun berilgan savollar
/. 
Mahmud Koshg'ariyning «Devonti lug'otit-turk» asarida nima haqida so 'i 
boradi?
2. Ihruniyning «Osor ul-voqia» asari nima haqida?
.1. «ЛI komil fi-t-tarix» asari muallifi kim?
■/ 
Abu Safar Tabariyning tarixiy asari nomi nima?
*

Islih u
m av zu B. A lim c d o v a s a rig a ta y a n ib y o ritild i.
181


5 -M A V Z U . T E M U R IY L A R D A V R I M A N B A L A R I
(X IV asr 7 0 -y illa ri — 1 5 0 6 -y illa r)
Darsning mazmuni: 
Temuriylar davri.
Reja:
5.1. Asosiy siyosiy-ijtimoiy voqealar.
5.2. 0 ‘zbek tilidagi manbalar.
5.3. Fors tilidagi manbalar.
Asosiy tushunchalar: 
Temuriylar, tuzuk, suyurg'ol, xon, amir, podshoh.
5.1. Asosiy siyosiy-ijtimoiy voqealar
XIV 
asr ikkinchi yarmiga kelib Chig'atoy ulusining janubi-g‘arbiy qismini 
tashkil etgan Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik yanada kuchaydi. Bu, ayniqsa 
amir ul-umaro Qazag'on vafotidan (1358-yili) keyin kuchayib, mamlakat 
m ayda qismlarga b o ‘linib ketdi. Masalan, Shahrisabzda Hoji Barlos 
mustaqillik bayrog'ini ko'tardi. Xo'jandda Boyazid jaloir mustaqillik e ’lon 
qildi. Balxda Amir Husayn xon etib ko'tarildi, Shibirg‘onni M uham m ad 
Apardi egalladi. Xuttalonda Kayxusrav o ‘zini podshoh deb e ’lon qildi. 
Badaxshon mahalliy hukmdorlar — Badaxshon shohlari qo'liga o ‘tdi.
Feodal tarqoqlikdan barlos amirzodalaridan Am ir T em u r ustalik bilan 
foydalandi va 1370-yili oliy hokimiyatni q o ‘lga oddi. U 1370— 1378- 
yillarda mamlakatdagi tarqoqlikni tugatib, M ovarounnahr va Xorazmni 
o ‘ziga bo'ysundirdi. 1381 — 1402-yillarda Amir T em ur qo'shni mamlakatlar 
ustiga harbiy yurish qilib, Eron, Kavkaz orti, Iroq, Kichik Osiyo va 
Shimoliy Hindistonni istilo qildi, Oltin 0 ‘rda xoni To'xtam ishga (1376— 
1395) qaqshatqich zarba berib, uning poytaxti Saroy Berkani egalladi.
Amir T em u r va Tem uriylar davlati mayda uluslarga bo ‘lingan holda 
idora qilindi. Masalan, Amir T em u r saltanati t o ‘rt qismga b o ‘lingan edi: 
X u ro so n , Ju rjo n , M o z a n d a ro n va Seiston (m arkazi H irot shahri) 
Shohruxga; G ‘arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston (markazi 
Tabriz), Mironshohga; Fors, ya’ni Eronning janubiy qismi (markazi 
Sheroz), Umarshayxga; Afg‘oniston va Shimoliy Hindiston (markazi 
G ‘azni, keyinchalik Balx) Pirmuhammadga suyurg'ol (shahzoda amirlarga 
toj-u taxt oldidagi katta xizmatlari uchun shartli tarzda in’om qilingan 
yer-suv va uni idora qilish huquqi) berilgan edi.
Amir Temur vafotidan (1405-yil 18-fevral) keyin 1409-yilgachao‘zaro kurash 
davom etdi. Shohruh Mirzo (1409—1447), Mirzo Ulug‘bek (1409—1449), Sulton
182


Abu Said Mirzo (1451-1469), Sulton Husayn Mirzo (1459—1506) davrida davlat 
nisbatan markazlashgan edi va xalqaro obro‘ga ham ega edi.
XV 
asrning 80-yillaridan boshlab, o'z aro hamjihatlik ju d a susaydi. 
M ovaronnahrning bir o ‘zida deyarli uchta mustaqil davlat b o ‘lib, ularda 
Sulton Abu Said Mirzoning o ‘g‘illari Sulton Ahmad Mirzo Samarqandda, 
Umarshayx Mirzo F arg'onada va Sulton M ahm ud Mirzo Hisor, Xuttalon 
ham da Badaxshonda hokimi mutlaq hisoblanar edilar.
A m i r T e m u r va T e m u r i y l a r d a v r i d a h a m y e r - s u v h a m d a
h u n arm a ndchilik korxonalarining katta qismi p odshoh xon ad o n i va 
badavlat kishilar q o ‘Iida b o ‘lib, m ehnatkash xalq ularning yerini ijaraga 
olib kun kechiraredi. Ularxiroj, dorug'agi, mirobona, jo n solig‘i, avorizot, 
boj, tam g‘a, zakot, peshkash, sovari kabi soliq v ajarim ato'lashar, hukumat 
va katta yer egalarining turli-tum an yumushlarini bajarishar edilar.
Amir T em ur davrida davlat tepasida rasman Chingiz avlodidan bo'lgan 
Suyurg'atmish (1370—1380) va Sulton M ahm udxon (1380—1402) turdi. 
Keyincha xon ko'tarish tartibi bekor qilindi va oliy h u k m d o r o ‘zini 
podshoh deb e ’lon qildi. Viloyat va tum anlarda hokimiyat markaziy 
hukum at tarafidan tayinlangan dorug‘alar qo'lida b o i d i . Davlat ishlari, 
asosan turli muassasa — devonlar, devoni oliy - markaziy ijroiya organi, 
devoni mol — moliya ishlari mahkamasi va devoni tavochi — harbiy 
ishlar mahkamasi va boshqalar qo'lida bo'lgan. Din, shariat bilan bog'liq 
ishlar qozi va shayxulislom qo'lida edi.
Amir T em u r va Temuriylar davrida Movarounnahrdagi Sam arqand, 
Shahrisabz, Buxoro kabi shaharlar iqtisodiy va madaniy jihatdan o'sdi, 
hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topti. M ovarounnahrning Xitoy, 
Hindiston, Arabiston mamlakatlari, M o 'g ’uliston, Oltin O 'rda va Yevropa 
mamlakatlari bilan iqtisodiy va madaniy aloqalari kengaydi. Bu davrda 
ilm-fan va madaniyat rivojlandi. Nizom iddin Shomiy va Hofizi Abru
S harafuddin Ali Yazdiy va A bdurazzoq S am arq a n d iy , M u h a m m a d
Mirxond va G'iyosiddin X ondamir kabi muarrix olimlari, Alisher Navoiy 
va Abdurahm on Jomiy, Bisotiy Samarqandiy va Xoja Ismatulla Buxoriy, 
Shayx Ahmad Suhayliy va Kamoluddin Binoiy kabi juda k o'p iste’dodli 
shoir va olimlar yetishib chiqdi.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling