Manbashunoslik
.2 .3 . «Yuan-chao min-chen shi-lyue»
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 .2 .4 . «Shen-u sin chjen-lu»
- 4 .2 .5 . «Yuan-shi»
4 .2 .3 . «Yuan-chao min-chen shi-lyue»
“ Y u a n - c h a o m i n - c h e n s h i - l y u e ” ( “ Y u a n s u l o l a s i m a s h h u r mansabdorlarining qisqacha tarjimai holi”) nomli asar 15 bobdan iborat b o ‘lib, uni tarixchi Su Tyanszyue yaratgan. Kitobda saltanatda xizmat qilgan 47 yirik m ansabdorning tarjimai holi bayon etilgan. U lar orasida turkiy qavmlardan chiqqanlari ham bor. Bu uch kitobdan iborat asarning ko‘pgina nashrlari mavjud. Eng yaxshi nashri 1962-yili N ankin universiteti professori Xan-Julin tarafidan amalga oshirilgan. Noshirning so‘zboshisi m uhim ilmiy ahamiyatga ega. 4 .2 .4 . «Shen-u sin chjen-lu» “ Shen-u sin c h jen -lu ” ( “ Muqaddas sarkarda Chingizxonning harbiy yurishlari tafsilotlari”) nomli asarasli m o ‘g ‘ul tilida yozilgan, lekin uning shu nomdagi xitoycha tarjimasi bizgacha yetib kelgan, xolos. U nda Chingizxonning harbiy yurishlari va m o ‘g ‘ullar xuruji vaqtida turkiy xalqlarning ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida hikoya qilinadi. “ S hen-u sin c h jen -lu ” asarini birinchi marta Yuan Chjon 1894-yili, Van Govey ismli tarixchi 1925— 1926-yillari keng izohlar bilan chop etgan. 1872-yili P.Kafarov asarning ruscha tarjimasini, so‘zboshi va zarur izohlar bilan q o ‘shib, nashr etgan. 1951-yili Pelo va G a m b u s uning fransuzcha nashrini amalga oshirganlar. 4 .2 .5 . «Yuan-shi» “ Yuan-shi” ( “Yuan sulolasi tarixi” ) — Yuan sulolosining to'liq rasmiy tarixidir. Uni Sun-lyan (1310—1381) boshchiligidagi 16 muallif-tuzuvchilar y a r a t g a n deb h i s o b l a y d i la r . K ito b M in s u l o l a s i n in g i m p e r a t o r i Tayqchuning buyrug‘i bilan 1369-yiIi yozib tamomlangan. 163 A s arto 'rt qismdan iborat: Birinchi qismda Yuan sulolasi shajarasi, ya’ni Xubilayxondan boshlab 13 mo'g'ul imperatori, ularning shaxsiy hayotida b o ‘lib o'tgan va ularning davrida mam lakatda kechgan asosiy voqealar berilgan. Ikkinchi qismda samoviy voqealar tafsiloti, mamlakatda b o ‘lib o ‘tgan hududiy voqealar, mamlakatning m a’muriy bo‘linishi haqida, mamlakatdagi daryolar va nahrlar, xalqining liboslari, amaldorlarni mansabga tayyorlash oldidan o ‘tkaziladigan imtihonlar va boshqalar haqida m a ’lumot keltiriladi. Uchinchi qismda im perator va uning xonadoni a ’zolarining shajarasi o ‘rin olgan. T o ‘itinchi qismda im perator xonadoni a ’zolarining tarjimai holi va q o ‘shni mamlakatlar haqida qisqacha m a ’lumot keltiriladi. Turkiy xalqlar tarixi va turk aslzodalarining m o ‘g ‘ul imperiyasining ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o ‘rni haqida “Y uan-shi”ning t o ‘rtinchi qismida, yettinchi bobda ju d a qimmatli m a ’lum otlar beriladi. U nda keltirilgan m a ’lumotlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, turklar, jamiyatda tutgan mavqeiga ko‘ra xitoylardan keyin ikkinchi o ‘rinda turgan xalq b o ‘lgan. Yirik turk amaldorlari, asosan uyg‘ur, qorliq, qipchoq, q o n g ‘li, o ‘ng‘ut, arg‘in, naym an va kerait qavmlaridan chiqqan. Ular, asosan mo'g'ul imperiyasining m a ’muriy idoralari va harb ishlarini boshqarganlar. Turklar orasida olimlar ham ko‘p bo‘lgan. Bular — qorluqlardan chiqqan Bayon, o ‘ng‘ut Maqchuzan, qipchoq Toybug‘a, Boboxudu, Ulchaybotir, qong'lidan chiqqan Buxulu, O lms, Tabrikchi va boshqalar. M o‘g‘ul imperatorlari xizmatida bo'lgan turklar orasida uyg'urlardan 300 mansabdor va olim bo'lgan. “Y uan-shi”ning ayrim qismlari turli yillarda N.Ya.Bichurin, Pelo, L.Gambis, E.Xyonish, S.A.Kozin, A.Vayli, G .F ranko, F.V.Klavaza va G .F .S h u rm an n tarafidan tarjima qilingan. Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling