Manbashunoslik


 .2 .3 . «Yuan-chao min-chen shi-lyue»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

4 .2 .3 . «Yuan-chao min-chen shi-lyue»
“ Y u a n - c h a o m i n - c h e n s h i - l y u e ” ( “ Y u a n s u l o l a s i m a s h h u r
mansabdorlarining qisqacha tarjimai holi”) nomli asar 15 bobdan iborat 
b o ‘lib, uni tarixchi Su Tyanszyue yaratgan. Kitobda saltanatda xizmat 
qilgan 47 yirik m ansabdorning tarjimai holi bayon etilgan. U lar orasida 
turkiy qavmlardan chiqqanlari ham bor.
Bu uch kitobdan iborat asarning ko‘pgina nashrlari mavjud. Eng yaxshi 
nashri 1962-yili N ankin universiteti professori Xan-Julin tarafidan amalga 
oshirilgan. Noshirning so‘zboshisi m uhim ilmiy ahamiyatga ega.
4 .2 .4 . «Shen-u sin chjen-lu»
“ Shen-u sin c h jen -lu ” ( “ Muqaddas sarkarda Chingizxonning harbiy 
yurishlari tafsilotlari”) nomli asarasli m o ‘g ‘ul tilida yozilgan, lekin uning 
shu nomdagi xitoycha tarjimasi bizgacha yetib kelgan, xolos. U nda 
Chingizxonning harbiy yurishlari va m o ‘g ‘ullar xuruji vaqtida turkiy 
xalqlarning ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida hikoya qilinadi.
“ S hen-u sin c h jen -lu ” asarini birinchi marta Yuan Chjon 1894-yili, 
Van Govey ismli tarixchi 1925— 1926-yillari keng izohlar bilan chop 
etgan. 1872-yili P.Kafarov asarning ruscha tarjimasini, so‘zboshi va zarur 
izohlar bilan q o ‘shib, nashr etgan. 1951-yili Pelo va G a m b u s uning 
fransuzcha nashrini amalga oshirganlar.
4 .2 .5 . «Yuan-shi»
“ Yuan-shi” ( “Yuan sulolasi tarixi” ) — Yuan sulolosining to'liq rasmiy 
tarixidir. Uni Sun-lyan (1310—1381) boshchiligidagi 16 muallif-tuzuvchilar 
y a r a t g a n deb h i s o b l a y d i la r . K ito b M in s u l o l a s i n in g i m p e r a t o r i
Tayqchuning buyrug‘i bilan 1369-yiIi yozib tamomlangan.
163


A s arto 'rt qismdan iborat:
Birinchi qismda Yuan sulolasi shajarasi, ya’ni Xubilayxondan boshlab 
13 mo'g'ul imperatori, ularning shaxsiy hayotida b o ‘lib o'tgan va ularning 
davrida mam lakatda kechgan asosiy voqealar berilgan.
Ikkinchi qismda samoviy voqealar tafsiloti, mamlakatda b o ‘lib o ‘tgan 
hududiy voqealar, mamlakatning m a’muriy bo‘linishi haqida, mamlakatdagi 
daryolar va nahrlar, xalqining liboslari, amaldorlarni mansabga tayyorlash 
oldidan o ‘tkaziladigan imtihonlar va boshqalar haqida m a ’lumot keltiriladi.
Uchinchi qismda im perator va uning xonadoni a ’zolarining shajarasi 
o ‘rin olgan.
T o ‘itinchi qismda im perator xonadoni a ’zolarining tarjimai holi va 
q o ‘shni mamlakatlar haqida qisqacha m a ’lumot keltiriladi.
Turkiy xalqlar tarixi va turk aslzodalarining m o ‘g ‘ul imperiyasining 
ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o ‘rni haqida “Y uan-shi”ning t o ‘rtinchi 
qismida, yettinchi bobda ju d a qimmatli m a ’lum otlar beriladi. U nda 
keltirilgan m a ’lumotlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, turklar, jamiyatda 
tutgan mavqeiga ko‘ra xitoylardan keyin ikkinchi o ‘rinda turgan xalq 
b o ‘lgan. Yirik turk amaldorlari, asosan uyg‘ur, qorliq, qipchoq, q o n g ‘li, 
o ‘ng‘ut, arg‘in, naym an va kerait qavmlaridan chiqqan. Ular, asosan 
mo'g'ul imperiyasining m a ’muriy idoralari va harb ishlarini boshqarganlar.
Turklar orasida olimlar ham ko‘p bo‘lgan. Bular — qorluqlardan chiqqan 
Bayon, o ‘ng‘ut Maqchuzan, qipchoq Toybug‘a, Boboxudu, Ulchaybotir, 
qong'lidan chiqqan Buxulu, O lms, Tabrikchi va boshqalar. M o‘g‘ul imperatorlari 
xizmatida bo'lgan turklar orasida uyg'urlardan 300 mansabdor va olim bo'lgan.
“Y uan-shi”ning ayrim qismlari turli yillarda N.Ya.Bichurin, Pelo, 
L.Gambis, E.Xyonish, S.A.Kozin, A.Vayli, G .F ranko, F.V.Klavaza va 
G .F .S h u rm an n tarafidan tarjima qilingan.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling