Manbashunoslik
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
4.4. Fors tilidagi manbalar
4 .4 .1 . «Buxoro tarixi» “ Buxoro tarixi”, “Tarixi Narshaxiy” va “Tahqiq ul-viloyat” (“Buxoro viloyati tahqiqi”) nomlari bilan mashhur bo‘lgan bu asar Buxoro va Quyi Zarafshon vohasida joylashgan shahar va qishloqlaming jo‘g‘rofiy holati, aholisining V ll— X asrlardagi ijtimoiy-siyosiy hayotini aks ettirgan qimmatli tarixiy manbadir. Kitob muallifining nom i qisqacha Narshaxiy (899—959) deb ataladi. Uning to'liq ismi Abu Bakr M uham m ad ibn J a ’far ibn Zakariyo ibn Xattob ibn Shariq b o ‘lib, X asrda ijod qilgan buxorolik yirik tarixchi sifatida m ashhurdir. Tarixchi S a m ’oniyning m a ’lum otiga qaraganda Narshaxiy asli Buxoroning Narshax (hozirgi Vobkent yonida) qishlog‘idan. Narshaxiy o ‘z asarini 944-yili yozib tugallagan. “ Buxoro tarixi” asarining Narshaxiy yozgan arab tilidagi asli saqlanib qolmagan. Asar 1128-yili farg'onalik (Quva shahridan) Abunasr Ahmad ibn M uham m ad ibn Nasr al-Qubaviy tarafidan ilk b or qisqartirilib, forsiy tilga tarjima qilingan. Oradan taxminan 50 yil o ‘tgach, 1178-yili kotib M uham m ad ibn Zufar ibn U m a rto m o n id a n “ Buxoro tarixi” asari ikkinchi marta tahrir etildi. “ Buxoro tarixi” asarining bizgacha yetib kelgan nusxalarida 1178— 1220-yilgi voqealar bayoni uning tarkibiga kiritib yuborilgan. Shunga qaraganda, Narshaxiyning asari uchinchi m arta n o m a ’lum m uharrir tom onidan t o ‘ldirilgan k o ‘rinadi. “ Buxoro tarixi” 0 ‘zbekistonning arablar tom o n id a n bosib olinishi, bu yerda islom dinining tarqatilishi ham da mam lakatning Somoniylar hukmronligi yillaridagi tarixini bayon etadigan noyob manbadir. Bu asarning forsiy matni 1892, 1894, 1904 va 1939-yillarda Parij, Buxoro va Tehronda chop etilgan. Kitob rus, ingliz va o ‘zbek tillariga (1897, 1954, 1966-yillari) tarjima qilingan. 1 A h m e d o v B.A. 0 ‘z b c k is to n tarix i m a n b a la ri. 7 4 —7 5 -b c tla r. 166 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling