Manbashunoslik
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
4.4.2. «Siyosatnoma»
Bu mashhur asar muallifi Nizomulmulk tahallusini olgan Saljuqiylar davlatida vazir sifatida xizmat qilgan yirik davlat arbobi va tarixchi olimdir. Uning asli ismi Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Is’hoq at-Tusiy (1018—1092) boiib, Saljuqiy hukmdorlar Sulton Alp Arslon (1063—1073) hamda Sulton Malikshoh I laming bosh vaziri bo'lgan va bu davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o ‘ynagan. U saltanatdagi tarqoqlikka barham berish, markaziy davlat tuzumini mustahkamlash, davlatning moliyaviy ishlarini tartibga solish uchun harakat qilgan. Shuning uchun unga mamlakatni tartibga soluvchi, ya’ni Nizomulmulk nomi berilgan. Nizomulmulk Bag‘dodda “ Nizomiya” atalmish musulmon huquq-aqoid maktabiga asos solgan. “ S i y o s a t n o m a ” a s a r i n i n g b o s h q a n o m i “ S i y a r a l - m u l u k ” ( “ Podshohlarning turm ushi”)dir. Kitob 1092-yili yozib tugallangan. U 51 bobdan iborat bo'lib, unda davlat tizimi, moliyaviy hisob-kitob ishlari, q o ‘shin tuzulishi, m ansablar va ularga am aldorlarni tayinlash tartibi, am aldorlar faoliyati muammolari xususida fikr yuritiladi. Asarda 0 ‘zbekiston tarixiga oid m uhim va qimmatli m a ’lum otlar bor. S o m o n iy la r z a m o n id a turk g ‘ulom larini davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o ‘rni, Turkiston xonlari Qoraxoniylar saroyida xizmat qiluvchi xodimlarning maishiy ahvoli, S om oniylar xizmatida bo'lgan am irlar unvonlari, Xorazmshoh Oltintosh (1017—1032) bilan Sulton M ahm ud G'aznaviyning vaziri Ahmad ibn Hasan o'rtasidagi yozishmalar ana shular jumlasidandir. Asarda, bundan tashqari, karmatlar, botiniylar harakati, M u q an n a qo'zg'oloni haqida h am ayrim diqqatga sazovor m a ’lum otlar mavjud. “ S iyosatnoma” ning forschasi 1931, 1956-yillari, fransuzchasi 1893- yili, inglizchasi 1960-yili ham da ruschasi 1949-yili B. D. Z axode r tom o n id a n chop qilingan. Kitob o'z bek tiliga ham tarjima qilingan va bosib chiqarilgan. Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling