Manbashunoslik


 .3 .1 6 . «Sirot us-sulton Jaloluddin Mcnkburni»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

3 .3 .1 6 . «Sirot us-sulton Jaloluddin Mcnkburni»
Xalqimizning buyuk o'g'loniga bag'ishlangan noyob asar “ Sirot us-
157


sulton Jaloluddin M enkbum i” (“Sulton Jaloluddin Menkbumining taijimai 
holi”) nomli kitobni vatandoshimiz Shihobuddin M u h a m m a d Nisoviy 
(vaf. 1249, Xalab) yozgan. Muarrixning to ‘liq ismi Shihobuddin ibn Ahmad 
ibn Ali M uham m ad Nisoviydir.
Tarixchining otasi Xorazmshohlaming e ’tiborli amirlaridan biri bo'lgan. 
Niso viloyatiga qarashli Xurandiz qal’asining hokimi edi. Otasi vafot 
(1220) etgach, uning mol-mulki va mansabi o'g'liga o'tgan. U 1224- 
yilga qadar Niso viloyatining hokimi Nusratuddir Hamzaning noibi bo'lib 
xizmat qilgan. Nashjuvon (Nisoning katta qishloqlaridan) ham da al- 
Halqa (Juijon qishloqlaridan) da mo'g'ullar bilan bo'lgan janglarda shaxsan 
ishtirok etgan. So'n g Astrobod viloyatlaridan Kabud jo m a (hozirgi nomi 
Hojilar) hokimi Imom ud-davla Nusratuddin M uham m ad huzuriga kelgan 
va uning yordami bilan yana Nisoga qaytishga muvaffaq bo'lgan, lekin 
oradan k o 'p vaqt o 't m a y , N isoda o 'z a ro feodal urushlari kuchayib 
ketganligi sababli u Iroqqa ketib qoladi va 1224-yili Sulton Jaloluddin 
M enkbum ining (1220—1231) xizmatiga kiradi va uning kotibi (kotib al- 
insho) lavozimiga tayinlanadi. Shihobuddin M u h a m m a d Nisoviy bu 
lavozimda 1231 -yilgacha, y a ’ni sultonning o'limiga qadar xizmat qiladi.
Keyin u Mayofarikin (D iyorbakr viloyatida) hokimi Ayyubiy al-M alik 
al-M uzaffar G 'oziyning (1220—1224) xizmatiga kiradi. Biroq, oradan 
ko'p vaqt o 'tm ay qamalib qoladi. Q am oqdan ozod etilgach, Ildegiziylar 
(1227—1235) huzurida, so'ngra 1238-yili Xarron (Eron Ozarbayjoni) 
qal’asiga hokim etib tayinlanadi. Oxiri Xalab (Suriya) sultoni al-M alik 
an-N osir Salohiddin Yusuf ibn al-Azizning xizmatiga kiradi va umrining 
oxirigacha Xalabda istiqomat qiladi.
Shihobuddin M uham m ad an-Nisoviy O'rta Osiyo, Kavkaz, Yaqin va 
O 'rta Sharq mamlakatlarining m o'g'ul istilosi davridagi (1220—1231) 
ijtimoiy-siyosiy ahvolidan bahs yurituvchi “ Sirot us-sulton Jaloluddin 
Menkburni” nomli qimmatli kitob yozib qoldirgan. Asar 1241 -yilda Xalabda 
yozib tugallangan bo'lib, u m em uar — xotira-yodnoma tarzida yozilgan.
Kitob m uqaddim a va 108 bobdan iborat. Asarning I —IV boblarida 
m o'g 'u l-tatarlar, Chingizxonning kelib chiqishi, xon bo'lib ko'tarilishi 
masalalari ixcham tarzda bayon etilgan.
V—XXII boblar xorazmshoh Alouddin M u h am m ad n in g hayoti va 
faoliyatiga bag'ishlangan.
XXI11 bobdan boshlab kitobning to oxirigacha m o'g'ul istilosi va 
x o r a z m s h o h A l o u d d i n M u h a m m a d n i n g fojiali t a q d i r i , s u l t o n
Jaloluddinning hayoti va kurashi, fojiali halokati hikoya qilinadi.
Ushbu asarning 1224—1231-yillar voqealarini o 'z ichiga olgan boblari
! 58


original va z o 'r ilmiy ahamiyatga ega, chunki bayon etilmish voqealarning 
ko'pchiligida muallifning bevosita shaxsiy ishtiroki bor.
M ana shuning uchun ham bu kitob tarix ilmi namoyandalarining diqqat- 
e ’tiborini o ‘ziga jalb etm oqda. U ndan ham o ‘tmishdagi muarrixlar al- 
Futuw atiy (1244—1323), Ibn Xaldun (1332—1406), Badruddin Ayniy (vaf. 
1451) qimmatli m anba sifatida foydalanganlar. Zamonaviy sharqshunoslar 
ham o ‘sha daviga oid tadqiqotlarida bu asarni chetlab o ‘ta olmaydilar.
“ Sirot us-sulton Jaloluddin M en k b u m i” nomli asarning arabcha matni, 
fransuzcha tarjimasi bilan 1891 — 1895-yillari Parijda ham da Qohirada 
chop qilingan. U ning qisqartirilgan turkcha (tarjimonlar Yusuf Ziyo va 
A hm ad Tavhid) va forsiy (tarjimonlar M u h a m m a d Ali Nosih va Mujtab 
Minoviy) tarjimalari mavjud. Asarning tu rkm anlar va T urkm anistonning
XIII asrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvolidan hikoya qiluvchi qismi rus tilida 
(tarjimon S. L. Volin) nashr etilgan edi.
Kitobni t o i i q holda a w a l Bokuda, keyin Moskvada Z .M .B uniyatov 
rus tiliga tarjima qilib, ilmiy izohlar bilan nashr ettirgan.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling