Manbashunoslik
.1 2 . «Devonu Iug‘at at-turk»
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
3. 3 .1 2 . «Devonu Iug‘at at-turk»
“ Devonu lug‘at at-turk” (“Turkiy so'zlar lug'ati”) — 638 sahifadan iborat turkiy-arabiy lug‘at — Mahmud Koshg‘ariy nomi bilan mashhur bo'lgan XI asr yirik tilshunos olimining noyob asaridir. Olimning to'liq ismi Mahm ud ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Koshg‘ariy bo‘lib, Qoraxoniylarxizmatida bo‘lgan turk beklaridan birining oilasiga mansub. U 1029— 1038-yillar orasida taxminan Barsg'onda tug‘i!gan, lekin umrining ko'p qismini Bolasog'un, Koshg‘ar, Bag'dod va boshqa shaharlarda o'tkazgan. Mahmud Koshg'ariy yoshligida yaxshi m a’lumot olgan va o ‘rta asr fanining ko‘p sohalarini, xususan, arab tili, turkiy tillami, tarix hamda geografiya fanlarini chuqur bilgan. Uning qimmatli “ Devonu lug'at at-turk” asarining dunyoda yagona qo‘lyozmasi hozir Istanbulda (Turkiya) saqlanmoqda. Ushbu asarning arabcha matni 1915— 1917-yillarda uchjildda Istanbulda, mukammal o ‘zbekcha sharhli tarjimasi S.M.Mutallibov tom onidan amalga oshirildi va I960—1963-yillarda Toshkentda chop etilgan. 6727 ta lug‘at maqolasida turkiy urug‘, qabilalarning tili, adabiyoti, tarixi, urf-odatlari b o ‘yicha noyob m a ’lum otlar jam langan. Kitob hijriy 466-yili yozilgan, bizga hijriy 664-yili kotib M u h am m ad binni Abu Bakr Damashqiy ko'chirgan qo'lyozm a yetib kelgan. “ Devonu lug'at at-turk” asarining usmonli turkcha 1939— 1941 -yillarda B.Atali, inglizcha 1982— 1985-yillarda R.Dankoff bilan J.Kelli, uyg'urchasi esa 1981 — 1984-yillarda birguruh tarjimonlar tom onidan amalga oshirilib, chop ettirilgan. 154 A b u lq o s im M a h m u d ibn U m a r ibn M u h a m m a d Zam ahshariy (1 8 .0 3 .1075-iyun 1144) xorazmlik olim ning k o ‘p tillik “ Muqaddimat u l- a d a b ” asari yuzlab qo'lyozm alarda, ja h o n n in g turli kutubxona va fondlarida saqlanmoqda. Asar besh katta — ot, fe’l, bog'lovchilar, ot o ‘zgarishlari va fe’l o'zgarishlari qismlaridan iborat bo'lib, unda fanning k o ‘p sohalariga oid atam alar uchraydi. Shu sababli lug‘at yillar davomida qayta-qayta ko'chirilgan. Olim lug'atni xorazm shoh Alouddavla Otsiz (1 1 2 3 -1 156)ning buyrug'i bilan 1137-yiIda arab tilida tuzgan va turkiy tilga t a rjim a qilgan. X o r a z m s h o h O tsiz o 'z davrining yetuk, odil h u k m d o rla rid a n bo'lib, ilm ahllarini qadrlagan, o 'z atrofiga adib-u shoirlarni yig'gan va ularga homivlik qilgan. “ Muqaddim at ul-adab”ning 1492-yilda ko'chirilgan arabcha-forscha- turkiy-m o'g'ulcha nodir qo'lyozmasi O'zbekiston Fanlar akademiyasining A lisher Navoiy nom idagi Davlat adabiyot m uzeyida saqlanmoqda. Lug'atning eng nodir qo'lyozmalari uchta bo'lib, eng qadimiysi Turkiyaning Yazgat shahri maorif kutubxonasida mavjud, hijriy 655-yil uchunchi jum od ul-a w a l, yani 27-may 1257-yili yaratilgan. Ikkinchi qo'lyozma hijriy 66 yil 13 rabi’ ul-oxir, yani 1265-yili kitobat qilingan va Italiyaning Boloniya shahridagi Marsigli sharq qo'lyozm alari fondida saqlanadi. Istanbul universiteti kutubxonasida uchinchi noyob qo'lyozm a mavjud bo'lib, u hijriy 715-yil safar oyining 25 kunida, 1315 yil 1 iyunida yaratilgan. Kitob birinchi marta 1706 yili Xoja Is'hoq afandi tomonidan usmonli turk tiliga tarjima etilgan. So'ngra bir necha Yevropa, jumladan frantzuz, nem is tillariga o'girilgan. Asar matni Parij, Vena.Q ozon shaharlarida c h o p etilgan. Nemis olimi Vatzastayn 1850-yili yetti qo'lyozma asosida ikki jildlik tanqidiy matnni Leypzigda nashr etgan. Sadriddin Ayniyning fikricha, “ M uqaddim at ul-adab” asarining qim m ati o'zbek tili uchun bu tu n dunyo xazinasi bilan barobardir. Kitobni O'zbekistonda filologiya fanlari doktori Zohid Islomov tadqiq etgan. Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling