Manbashunoslik
«Kitob ul-masolik va-l-mamolik»
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
3.3.8. «Kitob ul-masolik va-l-mamolik»
Ushbu kitobning muallifi Ibn Havqal (vaf. 976)dir. U o ‘z davrining ko'zga ko'ringan yirik geograf olimi va sayyohi bo'lgan. Olimning to'liq ismi Abulqosim ibn Havqal an-N isibiy bo'lib, nasabiga k o 'ra olim Shimoliy Mesopotamiyada joylashgan Nasibin shahridan chiqqan. Ibn Havqal 943-yildan boshlab savdogarsifatida turli mamlakatlar Markaziy Afrika, Ispaniya, ltaliya, Eron, Hindiston bo'ylab sayohat qilgan. U Istaxriy bilan shaxsan uchrashgan. Uchrashuv vaqtida Istaxriy go'yoki undan o'zasaridagi xato va chalkashliklami xalos qilish va qaytadan ishlashni iltimos qilgan. “ M en, — deb yozadi Ibn Havqal, — uning kitobidagi bir emas, bir necha xaritalarni tuzatdim, so'ngra ushbu o'z kitobimni yozishga qaror qildim. Istaxriy kitobida uchragan xatolarni tuzatdim, kitobimga bir nechta (yangi) xaritalarni ilova qildim va ularni izohlab b erdim .” Ibn Havqalning asari “ Kitob ul-masolik va-l-m am olik” ( “Yo'llar va 150 mamlakatlar haqida kitob”) yoki qisqacha “ Kitob surat a l-a rd ” ( “Yeming surati”) nom i bilan m ashhur bo'lib, H am adoniylardan Sayfulla Ali 1 ga (945—967) bag'ishlangan. Uni yozishda m u a llif sayohatlari vaqtida to'plagan, savdogarlardan so'rab-surishtirib yiqqan materiallardan ham da Ibn X urdodbeh, al-Jayhoniy, Q udam a asarlaridan foydalangan. Kitobda tavsiflangan h a r bir m am lakat va viloyatning xaritasi h am berilgan. M a s a la n , M o v a r o u n n a h r qism iga ilova q ilin g a n x a r it a d a J a y h u n (A m u d a ry o ), B u x o ro , S a m a rq a n d , U s ru s h a n a ( O ' r a t e p a ) , lspijob (Sayram), Shosh va X orazm shaharlari va viloyatlari tasvirlangan. Asarda turk va g'uzzlar. ularning m ashg'uloti, shunin g d ek , M o v a r o u n n a h r shaharlari, xalqlari xususida keltirilgan m a’lumotlar nihoyatda qimmatlidir. “ Kitob ul-masolik va-l-m am olik” asarining arabcha matni ikki marta M.Ya. de G uye (1878) ham da Kramers to m o n id a n (1938—1939) chop etilgan. K ram ers nashri (u 1086-yili ko'chirilgan va h o zir Istanbul kutubxonalaridan birida saqlanayotgan m o'tabar qo'lyozm aga asoslangan) birm uncha noyob nashr sifatida qadrlanadi. Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling