Manbashunoslik
.6 . «Kitob al-masolik val-mamolik»
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 .3 .7 . «Kitob masolik ul-mamolik»
3.3 .6 . «Kitob al-masolik val-mamolik»
Ushbu nomdagi yetti jildlik ulkan asami vatandoshimiz, davlat arbobi va olim Jayhoniy (870—942 halok bo'lgan) yoki Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Nasr al-Jayhoniy yaratgan. U Buxoroda Somoniylar davlatida katta obro'ga ega bo'lib, 914-yildan hayotining oxirigacha vazir bo'lib xizmat qilgan. Olimning asosiy asari tarixiy jug'rollyaga oid bo'lib, u yana “ Kitob nl-mamolik fi m a ’rifiyi al-m a m o lik ” ( “ Mamlakatlarni bilishda masofalar kitobi”) deb ham atalgan. Bu kitob o 'z davrida juda m ash h u r bo'lib, b archa keyingi o lim la r Beruniy, G a rdiziy, ldrisiy, M u q a d d a siy va boshqalar undan qimmatli va ishonchli m anba sifatid;i foydalanganlar, iqtibos (sitatalar) keltirganlar. Jayhoniy asarida Sharq mamlakatlari, xususan M ovarounnahr, turk qabilalari to'g'risida qim matli m a ’lumotlar bo'lgan. 149 M azkur asar bizgacha yetib kelmagan b o ‘lsa-da, uning nomi barcha yirik olimlar asarlarida zikr qilinganligi va Beruniy, Ibn Xavqal, Gardiziy va Avfiy asarlarida p archalar keltirilganligi, uning qim m atli m anba ekanligidan guvohlik beradi. 3 .3 .7 . «Kitob masolik ul-mamolik» Ushbu kitob muallifi Istaxriy yoki Abu Is’hoq lbrohim ibn M uham m ad al-Forsiy (850-934) nomi bilan m ashhur bo'lgan sayyoh va geograf olim. U 915-yildan boshlab Eron, M ovarounnahr, Suriya, Misr va Mag'rib bo'ylab sayohat qilgan. M ana shu sayohat vaqtida to'plangan boy daliliy material va zamondoshi Abu Zayd Ahm ad ibn Sahl al-Balxiyning (850— 934) “ Suvaral-aqolim” ( “ Iqlimlar surati”) kitobi asosida 930—933-yillarda o'zining “ Kitob masolik ul-mamolik” (“ Mamlakatlarga boriladigan yo‘llar haqida kitob”) nomli qimmatli asarini yozgan. Asar yigirmabobdan iborat. Unda musulmon mamlakatlari (Arabiston, M a g ‘rib, Misr, Suriya, Iroq, E ron, M o v a r o u n n a h r ) , s h u n in g d e k , Hindistonning chegaralari, iqlimi, ma'muriy boiinishi, mashhurshaharlari, ularga olib boriladigan yo'llar, aholisi va uning mashg‘uloti, atoqli kishilari, savdo-sotiq va boshqa masalalar bayon etilgan. “ Kitob masolik ul-m am olik” asarining asl matni uch m arta 1870, 1927 va 1967-yillari Leydenda chop etilgan. U Abulmahosin M uham m ad ibn S a’d ibn Muham m ad an-N ax ch iv o n iy to m o n id a n XVI asrning ikkinchi yarmida fors tiliga tarjima qilingan, qo'lyozm a nusxalari Sankt- Peterburg va Toshkentda saqlanmoqda. Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling