Manbashunoslik


 .3 .1 7 . «Mulhaqot as-suroh»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

3 .3 .1 7 . «Mulhaqot as-suroh»
“ M ulhaqot as-su ro h ” ( “A s-suroh”ga ilova” ) nomli kitobning muallifi 
X I I I —XIV asr boshlarida yashagan tilshunos va tarixchi olim Jam ol 
Qarshiydir (1230-y. tu g 1.). Uning asli ismi Abulfazl M u h a m m a d ibn 
U m a r ibn Xolid, a m m o olim k o 'p in c h a Jam ol Qarshiy (Qarshi — 
m o ‘g ‘ulcha “qasr” demakdir.) nomi bilan m ashhur bo'lgan. Olim Olmaliq 
shahrida ( I la vodiysida, G 'uljaning g ‘arbi-shimoliy tarafida joylashgan 
yirik o'rta asr savdo va madaniyat markazlaridan biri) ruhoniv oilasida 
tug'ilgan. Otasi Olm aliqning m ashhur hofizlaridan ( “ Q u r’o n ” ni qiroat 
bilan o'quvchi), onasi esa marvlik shayx Abu Alining avlodi bo'lgan.
B o'lg'usi olim O lm aliq lik m a s h h u r shayx A sh ra f ibn N ajib al- 
Kosoniydan t a ’lim oldi, so 'n g Chingiziylarga tobe bo'lgan m ahalliy 
h u k m d o r S u g 'n o q t a k i n n in g (vaf. 1250—1253) o 'g 'l i E lb u ta rn in g
ta r b i y a c h i s i s if a t id a x i z m a t g a k ira d i. Bu h o i, s h u n i n g d e k s a d r
Burhoniddinning homiyligi tufayli, uning keyingi yuqori lavozim — devoni 
inshoga ko'tarilishiga yordam berdi. 1264-yili Jamol Qarshiy, bizga m a ’lum 
bo'lm agan sabablarga ko'ra, iste’foga chiqib, Koshg'arga ketib qoladi.
Koshg'arda Jam ol Qarshiyga sadrlardan Kamoluddin Abu Abdulloh 
ibn Husayn va S a ’duddin homiylik qildilar. Olim Koshg'arda, asosan 
she’r yozish bilan mashg'ul bo'ldi va sadr Sa’duddinning taklili bilan 
1302-yili o'zining “As-suroh min a s-S a h o h ” ( “ Foydali (m ulohaza)dan 
kelib chiqqan ochiq g a p ”) nomli asarini yozdi. Jamol Qarshiy 1269—
159


1294-yillar orasida 0 ‘rta Osiyoning ko‘pgina viloyatlari b o ‘ylab sayohat 
qilgan.
Masalan, 1269— 1270-yillari llamishda (Andijondan Talasga boradigan 
y o ‘l ustida joylashgan qadim iy shahar), bir nec ha bor (1272,1293) 
Shoshda, 1273-yili Barchinlig‘kent va Jan d d a bo'lgan. Olim an a shu 
sayohatlar vaqtida to'p langan m a ’lumotlardan o'zining yuqorida nomi 
qayd etilgan asarini yozishda keng foydalangan.
Jamol Qarshiyning ushbu asari Abu Nasr h m o il ibn H a m m o d al- 
Javhariyning (vaf. 1008) “A s-sahoh” ( “ M ukamm al lug'at”) nomli asariga 
yozilgan qo'shim cha bo'lib, ko'pincha “ M ulhaqot as-suroh” nomi bilan 
mashhurdir.
Asarda X I 11 asrda Olmaliq va unga qaram yerlarda hukmronlik qilgan 
turk hukmdorlari, Qoraxoniylar, xususan ularning Koshg'arda hukmronlik 
qilgan namoyandalari; Koshg'ar, X o'tan, Farg'ona, Shosh viloyatlari, 
shuningdek Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan bir qator yirik o 'r ta
asr shaharlari, masalan Barchinlig'kent, J an d haqida, Jam ol Qarshiy 
bilan zamondosh bo'lgan m ashhur kishilar — shayxlar, olimlar, shoirlar 
haqida diqqatga sazovor m a ’lumotlarni uchratamiz.
U m u m a n , Jam ol Qarshiyning ushbu asari M o v a ro u n n a h r ham da 
Markaziy Osiyo xalqlarining X III asrdagi tarixi, m a d a n iy a ti, yirik 
shaharlari va ularning ahvolini o'rganishda zarur m anbalardan biridir. 
“ Mulhaqot as-suroh” hozirgacha bironta tilga tarjima qilinmagan. Uning 
qo'lyozm a nusxalari Angliya, Fransiya, G e rm an iy a kutubxonalarida, 
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida va Toshkentda mavjud.*

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling