Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

4.4. Fors tilidagi manbalar
4 .4 .1 . «Buxoro tarixi»
“ Buxoro tarixi”, “Tarixi Narshaxiy” va “Tahqiq ul-viloyat” (“Buxoro viloyati 
tahqiqi”) nomlari bilan mashhur bo‘lgan bu asar Buxoro va Quyi Zarafshon 
vohasida joylashgan shahar va qishloqlaming jo‘g‘rofiy holati, aholisining V ll— 
X asrlardagi ijtimoiy-siyosiy hayotini aks ettirgan qimmatli tarixiy manbadir.
Kitob muallifining nom i qisqacha Narshaxiy (899—959) deb ataladi. 
Uning to'liq ismi Abu Bakr M uham m ad ibn J a ’far ibn Zakariyo ibn 
Xattob ibn Shariq b o ‘lib, X asrda ijod qilgan buxorolik yirik tarixchi 
sifatida m ashhurdir. Tarixchi S a m ’oniyning m a ’lum otiga qaraganda 
Narshaxiy asli Buxoroning Narshax (hozirgi Vobkent yonida) qishlog‘idan. 
Narshaxiy o ‘z asarini 944-yili yozib tugallagan.
“ Buxoro tarixi” asarining Narshaxiy yozgan arab tilidagi asli saqlanib 
qolmagan. Asar 1128-yili farg'onalik (Quva shahridan) Abunasr Ahmad 
ibn M uham m ad ibn Nasr al-Qubaviy tarafidan ilk b or qisqartirilib, forsiy 
tilga tarjima qilingan. Oradan taxminan 50 yil o ‘tgach, 1178-yili kotib 
M uham m ad ibn Zufar ibn U m a rto m o n id a n “ Buxoro tarixi” asari ikkinchi 
marta tahrir etildi.
“ Buxoro tarixi” asarining bizgacha yetib kelgan nusxalarida 1178—
1220-yilgi voqealar bayoni uning tarkibiga kiritib yuborilgan. Shunga 
qaraganda, Narshaxiyning asari uchinchi m arta n o m a ’lum m uharrir 
tom onidan t o ‘ldirilgan k o ‘rinadi.
“ Buxoro tarixi” 0 ‘zbekistonning arablar tom o n id a n bosib olinishi, 
bu yerda islom dinining tarqatilishi ham da mam lakatning Somoniylar 
hukmronligi yillaridagi tarixini bayon etadigan noyob manbadir.
Bu asarning forsiy matni 1892, 1894, 1904 va 1939-yillarda Parij, 
Buxoro va Tehronda chop etilgan. Kitob rus, ingliz va o ‘zbek tillariga 
(1897, 1954, 1966-yillari) tarjima qilingan.
1 A h m e d o v B.A. 0 ‘z b c k is to n tarix i m a n b a la ri. 7 4 —7 5 -b c tla r.
166



Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling