Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/25
Sana20.11.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1788504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
2 5215447146232288376

Konsruktiv mantiq – hozirgi zamondagi matematik mantiqning asosiy oqimlaridan biri. Bu mantiq 
konstruktiv matematikaga asoslanib, intuitiv mantiq qoidalarini tanqidiy o’rganish asosida paydo bo’lgan. 
Mantiqdagi bu oqim ham Kantor to’plam nazariyasidagi paradoksni hal qilishga urinish asosida paydo 
bo’ldi.Konstruktiv mantiq real voqyelikda mavjud bo’lmagan ham, lekin fikrda qurish mumkin bo’lgan 
obyektlarni mantiqiy taxlil qiladi. Xususan, Sokrat mayovtika usulini, Demokrit “Kanon”da (kanon – 
mezon, qoida) tayyor bilimlarning chin yoki xatoligini aniqlaydigan usullarni ishlab chiqqan, Arastu 
“Organon”ida (organon – bilim quroli) fikrni mantiqan to’g’ri qo’rish va bilimlarni hosil qilish vositalarini 
tadqiq etadi. Keyinchalik mantiq kanonmi yoki organonmi ? degan savol mantiqda keng muhokama 
kilingan. 
Logisizm – bu oqim ham Kantor to’plam nazariyasidagi paradokslarni hal qilishga intilish asosida 
vujudga kelgan. Logisizm ham noklassik mantiqning tarmog’i bo’lib, mantiq ilmini matematikadan ustun 
qo’yishga intilgan oqimdir. Bu tarmoq vakillari matematika va mantiq ikki xil fan emas, balki bitta yagona 
fandir, deb ta’kidlaydilar. Matematikani mantiq doirasiga to’laligicha kiritish mumkin, buning uchun xech 
qanday qo’shimcha tushunchalar talab qilinmaydi deb ko’rsatadilar. Bu fikr matematik haqiqatni 
aniqlashda juda katta ahamiyatga ega edi. Matematika rivoji uchun boshqa fanlarga nisbatan mantiq juda 
katta ahamiyat kasb etadi. Undagi teoremalar, aksiomalar kuchli mantiqiy asosga ega. Matematika 
qadimdan mantiqan izchil fan deb hisoblangan. Biroq matematikani mantiq ilmi bilangina izohlash mumkin 
emasligini ko’pchilik matematik va mantiqshunoslar tan olishadi.
Logisizmni XVIII asr nemis faylasufi Leybnis boshlab bergan bo’lib, uni XX asr ingliz faylasufi B. 
Rassel nixoyasiga yetkazdi. G. Frege, D. A. Bochvar, A. Chyorch kabi matematik va mantiqshunoslar B. 
Rassel karashini keskin tanqid qildilar va noklassik mantiqni boshqa yo’nalishlarda rivojlantirdilar. 


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling