Ta’riflashga o’xshash mantiqiy usullar
Bilish jarayonida
ta’riflashga o’xshash usullar ham ishlatiladi. Ulardan tushunchani ta’riflashning
yuqorida biz ko’rib chiqqan turlarini qo’llash mumkin bo’lmay qolganda yoki unga zaruriyat bo’lmaganda
foydalaniladi:
a) ta’riflashga o’xshash usullardan biri tushunchani unga qarama-qarshi bo’lgan tushuncha orqali
ta’riflashdir. Bu usul bilan odatda kategoriyalar mazmuni ochib beriladi. Masalan, «Ong
materiyaning
miyamizdagi in’ikosidir»;
v) tasvirlashda tushunchaning mazmuni u aks ettiruvchi predmetning ba’zi tashqi belgilarini
ko’rsatish orqali aniqlanadi. Badiiy
asarlarda tabiat manzaralarini, personajlarning portretlarini chizish,
sodir bo’lgan birorta voqyeaning bayon etilishi tasvirlashga misol bo’ladi;
s) tavsiflash yordamida predmetning ba’zi bir munosabatdagi muhim tur belgilari ko’rsatiladi.
Bunga misol qilib birorta shaxsga berilgan tavsifnomani ko’rsatish mumkin.
Tafovutlash, ostensiv ta’riflash kabi usullar ham mavjuddir.
Ta’riflash bilishda katta ahamiyatga egadir. U qisqa holda predmet haqida
yaxlit fikr, tasavvur hosil
qilishga imkon beradi. Lekin predmet haqida fikr yuritganda u bilan cheklanib qolish mumkin emas. U,
albatta, bilish jarayonida boshqa bilimlar
yordamida konkretlashtirilishi, chuqurlashtirilishi zarur. Ana
shundagina tushuncha ifoda etuvchi predmet haqidagi tasavvur aniq, to’laroq bo’ladi.
Sinflar va kichik sinflar.
Tushunchaning hajmida ma’lum bir umumiy belgiga ega bo’lgan predmetlar to’plami–
sinf aks etadi.
Sinfni tashkil etuvchi predmetlar sinfning elementlari deb ataladi.Sinf elementlari cheklangan va
cheksiz,noaniq yoki bo’sh bo’ladi.Sinf faqat bir elementdan ham tashkil topishi mumkin.
Sinflar bilan mantiqiy amallarni bajarganda sinf elementlari haqida aytilganda fikr umuman sinfga
taaluqli deb ko’rsatilsa va aksincha sinfga xos belgi uning elementlariga ko’chirilsa mantiqiy xatoga yo’l
qo’yiladi.
Matematik mantiqda sinf tushunchasi to’plam deb ataladi. Sinflar (to’plamlar) kichik sinflar (kichik
to’plam)ni o’z ichiga olishi mumkin. Masalan; kvadratlar to’rtburchaklar to’plamiga
kiruvchi kichik
to’plamdir.
Elementning sinf (to’plam)ga mansubliginingsimvolik ifodasi a Є M (f m to’plamning elementi deb
o’qiladi). Kichik to’plamning to’plamga kirishi a S M ko’rinishida ifodalanadi (a M ning qismidir deb
o’qiladi