Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur
Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5215447146232288376
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tushunchani chegaralash
- Tushunchani umumlashtirish
Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish tushunchalar ustida olib boriladigan amallar hisoblanadi. Ular tushunchaning mazmuni va hajmi o’rtasidagi teskari nisbat qonuniga muvofiq holda amalga oshiriladi. Tushunchani chegaralash hajmi keng tushunchadan hajmi tor tushunchaga (jins tushunchadan tur tushunchaga) fikran o’tishdan iborat. Masalan, «mexanik harakat» tushunchasidan «aylanma harakat» A B A B C B C В В эмас tushunchasiga o’tsak, uning hajmini chegaralagan bo’lamiz. Chegaralashda berilgan tushuncha – «mexanik harakat» jins tushuncha, deb qabul qilinib, uning mazmuniga tur tushuncha hosil qiluvchi belgilar qo’shiladi. Natijada unga nisbatan tur hisoblangan yangi tushuncha – «aylanma harakat» tushunchasi hosil bo’ladi. Chegaralash amalini davom ettirib, «Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi» tushunchasiga o’tish mumkin. Demak, chegaralash davomida hosil bo’lgan har bir yangi tushuncha avvalgisiga nisbatan tur tushuncha bo’ladi. Chegaralash amali yakka tushuncha hosil bo’lguncha davom ettirilishi mumkin. Chunki yakka tushunchaga nisbatan tur bo’lgan tushuncha yo’q. Tushunchani chegaralash amalining tuzilmasi quyidagicha: A – Harakat. V – Mexanik harakat. S – Aylanma harakat. D – Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi. Tushunchani umumlashtirish hajmi tor tushunchadan hajmi keng tushunchaga (tur tushunchadan jins tushunchaga) fikran o’tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha tur tushuncha deb qabul qilinib, uning mazmunidan tur hosil qiluvchi belgilar chiqarib tashlanadi. Natijada mazmun jihatidan unga nisbatan torroq, lekin hajmiga ko’ra kengroq bo’lgan jins tushuncha hosil bo’ladi. Masalan, «aylanma harakat» tushunchasi mazmunidan faqat ungagina xos bo’lgan tur belgilarni chiqarib tashlasak, «mexanik harakat» tushunchasini hosil qilamiz. Umumlashtirish amalining chegarasi eng umumiy tushuncha, ya’ni kategoriyadir. Chunki kategoriyalar uchun jins bo’lgan tushuncha yo’q. Tushunchani umumlashtirish amalining tuzilmasi quyidagicha: A – Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi. V – Aylanma harakat. S – Mexanik harakat. D – Harakat. Tushunchani chegaralash va umumlashtirish amallari kundalik hayotimiz va ilmiy bilishda keng qo’llaniladi. Xususan, barcha kategoriyalar, ular yordamida ifodalanadigan nazariy qonunlar, g’oyalar, nazariyalar mavjud empirik tushunchalarni, empirik qonunlarni umumlashtirish natijasida hosil bo’ladi. Umumlashtirish muhokama yuritish jarayonida induktiv xulosa chiqarish usulida yaqqol ifodalangan bo’ladi. Tushunchalarni umumlashtirishsiz fanning fundamental tushunchalarini yaratib bo’lmaydi; mavjud bilimlarni tizimga solish qiyin va umuman, fan taraqqiy eta olmaydi. Tushunchalarni chegaralash amali esa, yaratilgan umumiy bilimlarni (nazariy tushuncha, g’oya, nazariya va shu kabilarni) talqin etishda ishlatiladi. Masalan, Nyuton mexanikasidagi «Inersiya» tushunchasi Galiley nazariyasidagi «Erkin tushish» tushunchasi yordamida tushuntirilishi mumkin. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling