Quyida for operatori parametrlarining vazifalari bilan tanishamiz: Agar takrorlanish jarayonida bir nechta o’zgaruvchilarning qiymati sinxron ravishda o’zgarishi kerak bo’lsa, <ifoda1> va <ifoda3> ifodalarida zarur operatorlarni ‘,’ bilan yozish orqali bunga erishish mumkin: for(int i=1,j=2;i<=15;i++,j=i+1){…} Takrorlash operatorining har bir qadamida i va jo’zgaruvchilarningqiymatlari mos ravishda o’zgarib boradi. for operatorida takrorlanish tanasi bo’lmasligi ham mumkin. Shuni ham ta'kidlash joizki, C++ tilida for operatorining parametrlari haqiqiy turga tegishli bo’lishi, takrorlanishlar qadami ham ixtiyoriy holatda belgilanishi mumkin. Bu imkoniyatlar operatorning keng qamrovli ekanligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |