ANDIJON MASHINASOZLK INSTITUTI ETEA YO’NALISHI S 25-22 GURUX TALABASI ABDULLAYEV ALIMARDONNING TTAT FANIDAN MUSTAQIL ISHI MANTIQIY DASTURLASH TEXNOLOGIYASI. Reja: - Mantiqiy dastur tuzilmasi.
- Shartli, shartsiz va tanlash operatorlari.
- Takrorlash operatorlari. Ularning turli formalari (parametrli, shartni oldin va keyin tekshiruvchi operatorlar).
- Takrorlanivchu strukturali dasturlar. Murakkab algoritmlarni ifodalaydigan soha masalalari.
Mantiqiy tur − mantiqiy ifodalarning qiymatlarini qabul qiluvchi o’zgaruvchilarni e’lon qilishda ishlatiladi. Bu turga tegishli o’zgaruvchilar 0 (yolg’on) yoki 1 (rost)qiymatlardan birini qabul qiladi. Dasturlash tillarida tuzilgan mantiqiy ifodalar to’liq matematik mantiqqonuniyatlariga asoslanadi. Matematik mantiq − fikrlashning shakli va qonuniyatlari haqidagi fan. Uning asosini mulohazalar hisobi tashkil qiladi. Mulohaza – bu ixtiyoriy jumla bo’lib, unga nisbatan rost yoki yolg’on fikrni bildirish mumkin. Masalan «-5>-25», «11–juft son», «Toshkent-Hindistonning poytaxti», «Samarqand−tarixiy shahar» va hokazolar. Lekin «78 987 256 katta son» jumlasi to’g’ri mulohaza hisoblanmaydi, chunki «katta son» tushunchasi juda ham nisbiy, ya’ni katta son deganda qanday sonni nazarda tutish aniq emas. Shuning uchun ham yuqoridagi jumlaning rost yoki yolg’onligi haqida fikr bildirish qiyin. Mulohazalarning rost yoki yolg’on bo’lishi holatlarga bog’liq ravishda ham o’zgarishi mumkin: Masalan, «hozir soat 13.00» jumlasining rost yoki yolg’onligi qaralayotgan vaqtga bog’liq. Xuddi shunday «x>0» ifodaning qiymati x o’zgaruvchisining qiymatiga bevosita bog’liq bo’ladi. C oilasidagi dasturlash tillarida mantiqiy ifodalar qurish uchun quyidagi taqqoslash amallari kiritilgan “>” (katta), “<” (kichik), “>=” (katta yoki teng), “<=” (kichik yoki teng), “==” (teng), “!=” (teng emas).
Do'stlaringiz bilan baham: |