Mantiqiy masalalarni yechishda mantiqiy algebra qonunlaridan foydalanish. Muhim va nomuhim o‘zgaruvchilar. Elementar Bul funksiyalari
Download 420.27 Kb. Pdf ko'rish
|
1-2-amaliy mashgulot
Inventor sxemasi ("EMAS" elementi). Inventor sxemasini «teskari zanjir» deb atasa ham
bo'ladi. Unda bitta kirish va bitta chiqish mavjud.
"EMAS" mantiqiy amaliga mos keladigan elektr sxema tok manbai, chiroq va tugmadan iborat. Tok impulsi kirishda signal bo'lmagan holda paydo bo'ladi. Haqiqatan ham, tugma bosilsa, tutashtirgich tutashuv joyidan uziladi, ya'ni elektr zanjir ajraladi va chiroq o'chadi. Tugma qo'yib yuborilganda, ya'ni kirishda signal yo'q bo'lgan holda chiroq yonib turadi. Demak, chiroq yonishi tugmaning holatiga nisbatan teskari ekan. Zamonaviy EHMlar nafaqat raqamli, balki alfavit-raqamli ma’lumotlarni ham qayta ishlash imkoniyatiga ega. Bunday alfavit-raqamli ma’lumotlar о‘z tarkibida sonlardan tashqari sintaksis harflarni va matematik simvolllarni, boshqa belgilarni ham о‘z ichiga oladi.
Barcha simvollarning majmuasi - mashinaning kirish alfavitini tashkil etadi.
Alfavit - sonli ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash va chiqarish jarayonlari aniq kodlashtirish tizimini tanlashni taqozo etadi.
Alfavit - sonli simvollarni kodlashtirishda 8 razryadli baytlardan keng foydalaniladi. Chunki 8 - razryadli baytdan foydalanib 28= 256-ta turli simvollarni kodlashtirish mumkin. Bunday imkoniyat zamonaviy EHMlarning tо‘la alfavitini tavsiflash imkoniyatini beradi.
Zamonaviy SHEHMlarda simvollarni kodlashtirishda ASSII (Amerikada 1963 yilda ishlab chiqilgan ma’lumotlarni ayirboshlovchi standart kod) kodlari qо‘llaniladi. Shaxsiy EHMlarda ichki simvollarni ASCII kodlari orqali tavsiflashda ularni kodli jadval kо‘rinishida ifodalash qо‘laydir. Kodli jadval simvollarining shartli belgilanishi, ichki kodli bog‘lanish orasidagi moslikni ifodalaydi. Odatda kodlar о‘n oltilik yoki о‘nlik sonlar orqali tasvirlanadi.
Kodli jadval - quyidagi simvollar guruhini tasvirlashi lozim: boshqaruvchi simvollar; arifmetik amallarning belgilari; raqamlar va yozuv belgilari; lotin alifbosining harflari; psevdografik simvollar; matematik simvollar. Bosmaga chiqaruvchi qurilmani boshqarish uchun maxsus maqsadlarda foydalaniladigan boshqaruv simvollari qо‘llaniladi. Arifmetik amallarning yozuvli belgilari - ba’zi bir maxsus simvollar hamda raqamlar, shuningdek matnli va sonli ma’lumotlarni tasvirlash uchun zarurdir.
Lotin alifbosining harflari unga moslashgan algoritmik tillarning matnli ma’lumotlarini tasvirlash uchun xizmat kiladi. Shuningdek, ulardan mashinaga bog‘liq bо‘lgan va mashinaga bog‘liq bо‘lmagan algoritmik tillarning matnlarini ifodalash uchun foydalanish mumkin.
Milliy alifbo harflari esa turli tillarda matnli ma’lumotlarni tasvirlab berish uchun xizmat qiladi.
Psevdografikli simvollar о‘z navbatida matnli rejimda oddiy grafikli tasvirlarni kо‘rsatishda qо‘llaniladi. Bunday simvollar yordamida monitor ekranida va bosmaga chiqaruvchi qurilmalarda oddiy figuralar, shtrixlar va tо‘rtburchaklarni chizish mumkin.
Matematik va boshqa maxsus simvollar (yig‘indi, tenglik, katta va teng, kichik yoki teng va hokazo) matematik formulalar hamda amallarni tasvirlashda xizmat kiladi.
A-jadvalda simvollarning kodlari (ASCII kodlari) keltirilgan. Boshqaruv signallari va о‘nli kod simvollari "0"-dan "127"- gacha bо‘lgan boshqaruv signallari va о‘nli sonli simvollar ASCII kodlashtirish standartiga mos keladi va IBM PC rusumli kompyuterlarda keng qо‘llaniladi. ASCII kodlashtirish standarti ASCII-ning asosiy jadvali hisoblanib, simvollarni kodlashda atiga 7-ta bit ishlatiladi.
Jadvalda boshqaruvchi deb nomlanadigan boshlang‘ich 32ta (0-31) kod keltirilmagan. Bu kodlar ma’lumotlarni printerlarga chiqaruvchi maxsus vazifalarni bajaruvchi signallarni tasvirlashda, shuningdek signallarni modemlar orqali aloqa tarmoqlariga uzatishda ishlatiladi.
ASCII kodlarining asosiy jadvalidan kо‘rinib turibdiki, 32 dan 127 gacha bо‘lgan о‘nli kodlar - belgilar tо‘plamini, arifmetik amallarni, raqamlarni hamda lotin alifbosining harflarini kodlashtirish uchun xizmat qiladi. Jadvalning qolgan qismi (128 dan 255 gacha bо‘lgan о‘nli kodlar) ASCII standartining imkoniyatlarini oshiradi. Ular SHEHMni turli modellari uchun о‘zgarishi mumkin. Jadvalning bu ikkinchi qismida simvollarni kodlashtirish uchun 8 bitdan foydalaniladi. U asosan milliy alifbolar, psegdografikli, matematik va boshqa kо‘rinishli simvollarni kodlashtirish imkonini beradi.
Download 420.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling